Grammatik ma’no. So’zning shakliy qismi, grammatik shakli ifodalaydigan ma’no. Masalan, talabalar so’zi predmet-lik, bosh kelishik, ko’plik ma’nolariga ega.
Grammatik shakl. Grammatik ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladigan til vositalari. Masalan, bolalarga oti tarkibida ko’plik, jo’nalish kelishigi ma’nolarini ifodalovchi shakllar mavjud.
Grammatik shakl qo’shimchalar yoki yordamchi so’zlar vositasida hosil qilinadi.
Grammatika (yun. grammatike – harf o’qish va yozish san’ati). 1. Til-shunoslikning so’z shakllarini, so’z birikmasi va uning turlarini, gap va uning turlarini, ya’ni tuilning grammatik qurilishini o’rganuvchi bo’limi. Morfologiya va sintaksis grammatikaning tarkibiy qismlaridir.
2. ayn. Tilning grammatik: morfologik va sintaktik qurilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |