umumiy til deb ataladi. Tarixda yunon tilining Afina attik dialekti umumxalq tili sifatida qabul
qilingan. Bunda Afina shahri Gretsiyaning madaniy, siyosiy va iqtisodiy markazi ekani ham
hisobga olingan. Bunday umumiy tilni koyne (grekcha koine- dialektos - "umumiy nutq") deb
52
oladilar. SHunga ko‘ra ikki tilliylik bilingvizm (grekcha bi - ikki, lingua- til) va ko‘p tilda
so‘zlashish - polilingvizm (grekcha poly- ko‘p, lingua - til) farqlanadi. Ikki tilda so‘zlovchilar
ayniqsa ko‘p. Masalan, O‘zbekistonning Namangan viloyatida 9% aholi, O‘rta Osiyo xalqlarining
30% (1970-yil aholi ro‘yxati natijalariga ko‘ra) ikki tilda so‘zlashadilar.
Tillarning o‘zaro ta`siri natijasida ulardan biri, odatda madaniy va iqtisodiy jihatdan yaxshi
rivojlangan xalqning tili ta`sirida ikkinchi tilda ko‘pgina so‘zlar o‘zlashadi. Masalan, Afrika
tillarida arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar juda ko‘p. Lekin, aksincha, Afrika tillaridan arab tiliga
o‘tgan so‘zlar juda kam topiladi. Bir-biriga o‘zaro ta`sir ko‘rsatgan tillarning har ikkisi ham
so‘zlarning o‘zlashishi natijasida boyiydi. Masalan, qadimiy
ғ
arbiy german tillarining lotin tili bilan
aloqasi natijasida german tillariga hayotning turli sohalariga tegishli so‘zlar kirib keldi: ingliz,
street, nemis. Strasse - "ko‘cha", ingliz. cheese, nemis. Kase - "pishloq", ingliz. toll, nemis pfund-
"boj haqqi", pound, pfund "funt" kabi. O‘z navbatida german tillaridan ham lotin tiliga qator so‘zlar
o‘zlashgan va ulardan ba`zilari ispan tilida saqlanib qolgan: ispan, espiar "ortidan bormoq", tregua
"ke-lishuv", guardar "qo‘riqlamoq", orgullo "faxr" [SHaykevt A.YA., Abduazizov A.A., Gurdjieva
e.A. Vvedenie v yaz
ғ
koznanie. T., "O‘qituvchi", 1989, s. 200-201.] kabi.
Tillarning o‘zaro ta`siri ularda so‘zlashuvchi xalqlarning yonma-yon yoki yaqin hududda
yashashiga bo
ғ
liq emas. Ba`zi baynalmilal so‘z va terminlarning bir yo‘la bir necha tillarda
qo‘llanilishi bunga misoldir. Ko‘pincha tillarning o‘zaro ta`siri leksika sohasida, xususan, so‘z
qabul qilish bilan boshlanadi va keyincha u fonetika va grammatikada kuzatiladi. O‘zbek tilida arab
va fors tillaridan o‘zlashgan so‘zlar ko‘pgina topiladi. Arab tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan ba`zi
so‘zlarda fonetik hodisalar ham mavjud: toat, talqat, soat, surqat kabi. Bu so‘zlarda arabcha
"ayn"ning cho‘ziqroq talaffuzi kuzatiladi. O‘zbek tilida /ts/ (tsirk, tsirkul), /J/ (jyuri, jurnal)
fonemalari grek tilidan kirib kelgan so‘zlar bilan birga o‘zlashgan. Bir tildan ikkinchi tilga so‘z
o‘zlashuvi natijasida ulardan birining tarkibida katta o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Bunday, ta`sir
tillardan birining yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Saqlanib qolgan tilda yo‘qolgan til
unsurlarining bo‘lishi substrat (lotincha sub - "yuqori", stratum - "qat-lam") deb ataladi.
Substratning ta`siri ko‘proq fonetika sohasida bo‘ladi. Masalan, german tillaridagi "yuz" va "ming"
sonlari qadimiy ingliz, qadimiy sakson tillarida hund, qadimiy yuqori nemis tilida hunt, boshqa
german tillarida hunda shaklida o‘zlashgan. Ming so‘zi thusundi shaklida (qadimiy ingliz tilida
thusend, qadimiy friz tilida thusend, qadimiy sakson tilida thusundig, thusint kabi) o‘zlashgan. Bu
so‘zlarda fonemalar almashuvi kuzatiladi. Qrimdagi gotlar tilida bu so‘zlarga sada "yuz" o‘rta
osetin tilida sada, fin-ugor tillardan o‘zlashgan sada va hazar "ming" (o‘rta fors tilida hazar, venger
tilida o‘zlashgan ezer shakli mavjud [Misollar olingan manba: Toporov V.N. Drevnie germanhi v
Prichernomor’e. Rezul’tati i perspektivi //Balto-slavyanskie issledovaniya. 1982. M., Nauka, 1983,
s. 239.].
Sintaksisda uchrovchi substratlarga turkiy tillarida gapda so‘z tartibining ancha erkin bo‘lib
qolgani va teskari so‘z tartibi ham qo‘llanayotgani misol bo‘ladi: Masalan:
Ozor tilida:
Danisyr Baky!
O‘zbek tilida:
Bokudan gapiramiz!
Qir
ғ
iz tilida:
YAshasyn sulh!
YAshasin tinchlik!
Berilet usul spravke
Berildi ushbu
ma`lumotnoma
Turkman tilida:
Mikrofon
onunde
joldas CHorijev
- Mikrofon oldida o‘rtoq
CHoriev
(mana shu tablitsani tekshirib ko‘rish kerak) [Baskakov N.A., Sodiqov A.S., Abduazizov A.A.
Umumiy tilshunoslik. Toshkent, O‘qituvchi, 1979, 170-bet.].
Substrat hodisalarini tilning semantikasida ko‘proq uchratish mumkin. Masalan, grek tilidagi
"marble" so‘zi "mar-mar" shaklida o‘z ma`nosida o‘zbek tiliga o‘zlashgan. Bu so‘z boshqa tillarda
ham mavjud.