5. Polisintetik tillar. Bu tillarga amerika hindulari tili, chukot, koryak va boshqa tillar kiradi.
Bu tillarning asosiy morfologik xususiyatlari – ega, aniqlovchi, to‘ldiruvchi va holni ifodalab
kelgan so‘zlar fe`l bilan birikib, murakkab tarkibli qo‘shma so‘z shakliga o‘xshash gap hosil
qilishidir. Bunda gap boshida ega, oxirida kesim; to‘ldiruvchi, hol, aniqlovchilar esa ega bilan
kesimning o‘rtasida keladi. Mas., chukot tilida: t’mayn’valmnark’nmen – men (t’), katta (mayn),
pichoqni (vala), charxlayapman (mnarkan); ti-ata-kaa-nmi-rkiin - men semiz bu
ғ
ularni
o‘ldirayapman.
Do'stlaringiz bilan baham: |