ma`nosini saqlash bilan birga, yana boshqacha - o‘zakda bo‘lmagan mazmunga ham ega bo‘lishi
mumkinligini ko‘rsatadi. Ba`zan buning aksiga o‘xshaganroq holni ko‘ramiz: yasovchi so‘z ko‘p
38
ma`noli bo‘lganda, yasalmada, odatda, uning o‘sha holati, hamma ma`nosi saqlanmaydi. Masalan,
ko‘p formasidagi element a) fe`l
ko‘pmoq: xamir ko‘pdi, bo‘rtib chiqmoq, b) ruscha «mnogo»
ma`nosidagi so‘z. Bundan -chi affiksi orqali so‘z yasaganimizda (ko‘pchimoq), uning «mnogo»
ma`nosi saqlangan.
Tub so‘z motivga ega bo‘lmaganligidan, u predmet, hodisa va boshqalarni bevosita
anglatadi, yasama so‘z motivlangan so‘z bo‘lib, u vosita orqali anglatadi. Misollar: tuz, suv,
taramoq, oq — tuzluq (tuz orqali anglanadi), suvchi (suv orqali), taroq (tarash harakati orqali),
oqarmoq (rang-tus orqali). Demak, biror so‘zni yasama sanash uchun semantik korrelyatsiya
bo‘lishi shart.
Taroqchi so‘zi
taroq so‘zidan yasalgan, bunda yasovchi so‘zning o‘zi ham aslda yasama
(taroq elementi — nisbiy: yakka holda — yasama so‘z,
taroqchi so‘zining sostavida — yasovchi
so‘z). Demak, bunday so‘zlarda derivatsiya (yasalganlik) darajali — bosqichli bo‘ladi: birinchi
derivatsiya (taroq), ikkinchi derivatsiya (taroqchi); uchinchi derivatsiya (taroqchilik). Bularning
birinchisi — tub so‘zdan (o‘zakdan) yasash, ikkinchisi — yasama so‘zdan (negizdan) yasash,
uchinchisi — ikkinchi yasalmadan (negizdan hosil bo‘lgan negizdan) yasash. Bunda: taroqchi —
birinchi («birlamchi») negizdan yasash, taroqchilik — ikkinchi («ikkilamchi») negizdan yasash.
So‘zning yasamaligini belgilashda eng keyingi yasalish hisobga olinadi: bichiqchi.shk (bichiqchi
so‘zidan yasalgan: bichiqchi+lik), bichiqchi (bichiq so‘zidan yasalgan: bichiq+chi), bichiq (bich
so‘zidan yasalgan: bich+iq), bich (yasalmagan: tub so‘z, o‘zak so‘z). Demak, har gal — bir harakat,
bir yasalish: har gal — bir munosabat (yasovchi va yasalma orasidagi munosabat — so‘z yasash
munosabati). Bu yasalish tizmasi o‘z qonuniyatlariga, izchillikka ega («bichiqchilik so‘zi bich
so‘zidan yasalgan» deb bo‘lmaydi). Lekin bunday yasalish tizmasida ham dastlabki elementning
(tub so‘zning) ma`nosi (taramoq, bichmoq) oxirgacha sezilib — bo
ғ
lanib borishi shart. Qaerda bu
bo
ғ
lanish uzilsa (sezilmas holga kelgan bo‘lsa), o‘sha erda so‘z yasalish aloqasi ham yo‘qoladi.
«Bu so‘z qanday yasalgan?» degan so‘roq har gal bir butun, yaxlit so‘zni, bir protsessni
ko‘zda tutadi («to‘qimachilik so‘zi to‘qimachi so‘zidan yasalgan: to‘qimachi+lik»), «bu so‘z
qanday morfemalardan iborat?» so‘ro
ғ
i esa, so‘z yasash analizini emas, balki morfematik analizni
ko‘zda tutadi
(«to‘qimachilik so‘zi to‘rt morfemadan iborat:
to‘qi+ma+chi+lik: to‘qi — o‘zak
morfema, qolganlari — affiksal morfemalar»).
So‘zning morfologik qismlarga bo‘linishi so‘z yasashga ham, so‘zning formasini yasashga
ham aloqador: ikkalasida ham hosil qilish yo‘li (affiksatsiya) va vositasi bir xil. Lekin so‘zning
strukturasini o‘rganish —uni qismlarga bo‘lish ikki xil: morfologik analiz va so‘z yasash analizi.
Morfologik analiz (morfematik analiz deb ham yuritiladi) so‘zning morfologik strukturasini —
morfema sostavini aniqlaydi, shunga ko‘ra u morfema analizi deb ham yuritiladi. Bundagi ikki
qismga bo‘linish xususiyati «o‘zak va affiks» tusidagi grammatik zidlik holatidir. So‘z yasash
analizi so‘zning yasalish strukturasini — yasama so‘zning strukturasini aniqlaydi. Bunda: yasovchi
va yasalma, bu ikki qism orasidagi semantik-morfologik munosabat belgilanadi. Masalan, yaxshilik
(yaxshi — yasovchi so‘z,
yaxshilik — yasalma). Bu affiks orqali, affiksatsiya yo‘li bilan yasalishdir.
Demak, bu so‘z o‘zak va affiksning munosabatga kirishishi bilan hosil bo‘lgan. Bunday yasashni
derivatologiya tekshiradi: o‘zak+affiks yoki negiz+affiks: no-tinchlik. Bunda affiks derivator
sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: