t/r
|
Mavzular nomi
|
Jami
|
Ma’ruza
|
Amaliy
|
Semi
nar
|
|
1.
|
« Tilshunoslik nazariyasi» fanining mazmuni, maqsad va vazifalari
|
4
|
2
|
-
|
2
|
|
2.
|
Tilshunoslik fanining vujudga kelish tarixi. Tilshunoslik nazariyasi shakllanishining ilk davri
|
4
|
2
|
2
|
-
|
|
3.
|
Tilshunoslik maktablari ta’limotlarining asosiy mohiyati. Qadimgi hind va xitoy tilshunosligi. Qadimgi Yunoniston va Rimda tilshunoslik nazariyalari
|
6
|
2
|
2
|
2
|
|
4.
|
O‘rta asrlar tilshunosligi. Arab tilshunosligi.O‘rta asrlarda Yevropada tilshunoslik
|
6
|
2
|
2
|
2
|
|
5.
|
O‘rta Osiyoda tilshunoslik.Mahmud Koshg‘ariy turkiy tillar qiyosiy grammatikasining asoschisi. Alisher
Navoiyning chog‘ishtirma tilshunoslikka asos solishi.
|
6
|
2
|
2
|
2
|
|
6
|
Yevropa uyg‘onish davri tilshunosligi. Klassik va semit filologiyasiga qiziqish. Milliy lug‘atlar va grammatikalarni yaratish.Umumiy ratsional-grammatikaning yaratilshi. Mantiqiy-grammatik qarashlar.
|
6
|
2
|
2
|
2
|
|
7
|
XIX va XX asr tilshunosligi. Umumiy tilshunoslik va qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning vujudga kelishi. Tilshunoslik maktablari.Tilshunoslikdagi asosiy yo‘nalishlar. Naturalizm, psixologizm, til sotsiologiyasi, strukturalizm yo‘nalishlari
|
6
|
2
|
2
|
2
|
|
8.
|
XX asr jahon tilshunosligi. Fanlar integratsiyalashuvi natijasida shakllangan tutash sohalar:kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya, sotsiolingvistika, psixolingvistika, neyrolingvistika va hk.
|
6
|
2
|
2
|
2
|
|
9.
|
Lingvistik tahlil metodlari. Umumiy va xususiy metodlar. Tavsifiy metod. Qiyosiy –tarixiy metod.
|
6
|
2
|
2
|
2
|
|
10.
|
Tipologik tadqiqot metodlari. Distrubutiv metod. Transformatsion metod. Bevosita tashkil etuvchilarga ajratish metodi.Matematik tahlil metodlari.
|
6
|
2
|
2
|
2
|
|
Jami
|
56
|
20
|
18
|
18
|
|
Baholash mezonlari
Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o‘tkazish
JADVALI
5 baholik shkala
|
100 ballik shkala
|
|
5 baholik shakla
|
100 ballik shkala
|
|
5 baholik shkala
|
100 ballik shkala
|
5,00-4,96
|
100
|
|
4,31-4,26
|
86
|
|
3,60-3,56
|
72
|
4,95-4,91
|
99
|
|
4,25-4,21
|
85
|
|
3,55-3,51
|
71
|
4,90-4,86
|
98
|
|
4,20-4,16
|
84
|
|
3,50-3,46
|
70
|
4,85-4,81
|
97
|
|
4,15-4,11
|
83
|
|
3,45-3,41
|
69
|
4,80-4,76
|
96
|
|
4,10-4,06
|
82
|
|
3,40-3,36
|
68
|
4,75-4,71
|
95
|
|
4,05-4,01
|
81
|
|
3,35-3,31
|
67
|
4,70-4,66
|
94
|
|
4,00-3,96
|
80
|
|
3,30-3,26
|
66
|
4,65-4,61
|
93
|
|
3,95-3,91
|
79
|
|
3,25-3,21
|
65
|
4,60-4,56
|
92
|
|
3,90-3,86
|
78
|
|
3,20-3,16
|
64
|
4,55-4,51
|
91
|
|
3,85-3,81
|
77
|
|
3,15-3,11
|
63
|
4,50-4,46
|
90
|
|
3,80-3,76
|
76
|
|
3,10-3,06
|
62
|
4,45-4,41
|
89
|
|
3,75-3,71
|
75
|
|
3,05-3,01
|
61
|
4,40-4,36
|
88
|
|
3,70-3,66
|
74
|
|
3,00
|
60
|
4,-35-4,31
|
87
|
|
3,65-3,61
|
73
|
|
3,0 dan kam
|
60 dan kam
|
FANNING NAMUNAVIY VA ISHCHI O‘QUV DASTURI
Kirish
O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari, “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoni, “Ta‘lim to‘g‘risidagi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmun-mohiyatidan hamda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risidagi Farmoni, 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-son “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon va Qarorlaridan kelib chiqqan holda talabalarda tilshunoslik nazariyasi sohasining predmeti, vazifalarini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun mundarijasini belgilash, tilshunoslik tarixining eng muhim sahifalari borasida tasavvur hosil qilish, asosiy lisoniy ta’limotlar va maktablar, yo‘nalishlar haqida ma’lumot keltirish, ularga tilning grammatik strukturasi, til va jamiyat, til va tafakkur muammolari xususida tasavvur hosil qilish va bu boradagi olingan bilimlarni mukammallashtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
«Tilshunoslik nazariyasi» fanidan o‘quv-metodik majmua (O’MM) – davlat ta’lim standarti va fan dasturida belgilangan talabalar tomonidan egallanishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishni, o’quv jarayonini kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o’rganishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o’quv –uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, elektron ta’lim resurslari, o‘qitish texnologiyasi, baholash metodlari va mezonlarini o‘z ichiga oladi.
Fanning maqsad va vazifalari
Fanni o‘qitishning maqsadi tilshunoslik sohasining predmeti, vazifalarini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun mundarijasini belgilash, tilning ijtimoiy tabiati, shakllanishi, taraqqiyoti, til sathlari, dunyo tillari va turkiy tillar tavsifi va tasnifi, tilshunoslik maktablari, tilshunoslik metodlari, lisoniy universaliyalar va til strukturasi haqida ma’lumot berishdir.
Fanni o‘qitishning vazifalari – talabalarda “Tilshunoslik nazariyasi” fanining vujudga kelishi va rivojlanishi bo‘yicha bilimlarni shakllantirish va mustahkamlash; talabalarda tilshunoslik fani bo‘limlari, tilshunoslikda faol qo‘llaniladigan terminlarni o‘zlashtirish va tilshunoslikning nazariy masalalarining hal qilinishi va yoritilishiga ilmiy yondashuvni tarbiyalash; tilshunoslik fanining tarixi, tilshunoslik maktabdari va yo‘nalishlari, tilshunoslik metodlari, lisoniy universaliyalar va til strukturasi haqida bilim berishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yiladigan talablar
“Tilshunoslik nazariyasi” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
-tilning ijtimoiy mohiyati, til va jamiyat, til va tafakkur, til va nutq munosabati, tilning tizim sifatidagi ichki qurilishi, til birliklari va nutq birliklarining o‘zaro mutanosibligi, til sathlari, tilning tarixiy taraqqiyoti va o‘zgaruvchanligi, tilning semiotik tabiati, dunyo tillari va tillar tasnifi, til oilalariga doir masalalarini tahlil qilish usullarini bilishi kerak;
-tilshunoslikning nazariy masalalari, tilshunoslik tarixi, lingvistik maktablar va bu maktablar tomonidan yaratilgan ta’limotlar mohiyati; grammatik kategoriyalar, grammatikaga oid zamonaviy ta’limotlar, semantika, semantik kategoriyalar, tillarning tipologik tasnifi, til tiplari, til tiplarining asosiy belgilari; morfologik shakllarning xilma-xilligi, tillarning morfologik tipologiyasi, morfologik tasnif, geneologik tasnif, agglyutinativ tillar, flektiv tillar, qardosh va qardosh bo‘lmagan tillar o‘rtasidagi munosabat kabi masalalarni tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- «Tilshunoslik nazariyasi» ning tilshunoslikka oid nazariy va amaliy masalalarni hal qilishdagi asosiy fan sifatidagi ahamiyatini asoslash, til birliklari va nutq birliklarining o‘zaro munosabatini, tilning umumiy, nutqning xususiy hodisa ekanligini yoritish; nutqiy imkoniyatlar, nutq faoliyati, og‘zaki va yozma nutq, nutq faoliyati va so‘zlash jarayonini o‘rganishda psixologik tilshunoslikning usullarini bilish, til-tafakkur-nutq munosabati anglash; lingvistik tahlil metodlaridan foydalanish, lingvogenetik , areal, tipologik, distributiv, transformatsion tadqiqot metodlarini amalda tatbiq qilish malakalariga ega bo‘lishi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |