Til va nutq hodisalarining qarama-qarshi xususiyatlari. Til va nutqning quyidagi qarama-qarshi xususiyatlari mavjud:
1. Til turli xil birliklar orasidagi barqaror munosabatning majmui bo‘lsa, nutq esa shu majmuiga oid birliklardan foydalanib, ayrim kommunikativ maqsadlar uchun hosil qilingan qurilmalar va ularning funksional realizatsiyasidir.
2. Til birliklari paradigmatik, nutq birliklari sintagmatik bog‘lanishda yashaydi.
3. Til tizimi fonema, leksema, morfema, so‘z birikmasi va gap kabi til birliklariga oid bo‘lgan kichik tizimlarning o‘zaro tashkil etuvchilik roli asosidagi bog‘lanishidan vujudga keladi.Nutq tizimi esa turli tipdagi kichik til tizimlaridan tanlab olingan birliklar yordamida hosil qilinadigan, shaxsiy kommunikativ maqsad uchun xizmat qilib, o‘zining fizik, moddiy ko‘lamiga ega bo‘lgan hosilalar bilan ish ko‘radi.
4. Til birliklari umumiylik va mohiyatni invariantlarda, nisbatan o‘zgarmas barqarorlikda, nutq birliklari esa variantlarda, xususiy ko‘rinishlarda aks ettiradi.
5. Til imkoniyat bo‘lib, nutq shu imkoniyatning ma’lum darajada yuzaga chiqarilishidir. Natijada bir til materiali asosida turli xil uslublar shakllanadi.
6. Til birliklariga avvaldan barqarorlik, doimiylik va majburiylik xususiyati, nutq birliklariga esa vaqtinchalik va erkinlik xususiyati xosdir.
7. Xullas, til uchun umumiylik, imkoniyat, tayyorlik, majburiylik, birliklari chegaralanganlik xos bo‘lsa, nutq uchun xususiylik, voqelik, hosilalik, ixtiyoriylik, birliklari chegaralanmaganlik xosdir.
2-ma’ruza: “Tilshunoslik nazariyasi” fanining vujudga kelish tarixi.
Reja:
1.Tilshunoslik nazariyasi va uning shakllanishida yozuvning o‘rni.
2.Yozuv va uning taraqqiyot bosqichlari.
3.Til haqidagi fanning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari
1. Tilshunoslikning shakllanishida yozuvning o‘rni. Tilshunoslik tarixida yozuv muhim o‘rinni egallaydi, chunki umumiy tilshunoslik masalalarini o‘rganishda yozuv asosiy manbadir.
Yozuv o‘z taraqqiyotida yozma nutq vositasi bo‘lib kelmoqda. YOzuvning paydo bo‘lishi, takomillashuvi tilshunoslik tarixi bilan, uning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘langandir. Biroq yozuv jonli so‘zlashuv tiliga qaraganda juda keyin paydo bo‘lgan. YOzuv ham, til singari, jamiyatdagi turli aloqa ehtiyojlari natijasida vujudga kelgan. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida kishilarda o‘z fikr-istaklarini turli yo‘llar bilan ifoda etganlar1.
Yozuv o‘z taraqqiyotida buyum yozuvi, piktografik, logografik, fonografik yozuv bosqichlaridan o‘tib insoniyatga xizmat qilgan.
Eramizdan bir yarim ming yil ilgari giksoslar alifbosini finikilar o‘zgartirib, o‘z tilining tovushlariga moslashtirib olganlar. Dunyodagi ko‘p tillarning fonetik yozuvlari finikilarning yozuvi asosida vujudga kelgan. Keyinchalik finikilarning bu alifbosi uch tarmoqqa bo‘linib rivojlandi: 1.Oromey-suriya tarmog‘i, u SHarqqa qarab tarqalgan. 2. Janubiy Arabiston tarmog‘i, u Janubga tomon tarqalgan. 3. Yunon-evropa tarmog‘i, u G‘arbga qarab tarqalgan.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga nazar tashlar ekanmiz, ularning bevosita qadim oromey yozuvi ta’sirida shakllanib, rivoj topganligining guvohi bo‘lamiz.
Miloddan avvalgi V-IV yuz yilliklar va milodning boshlarida oromeyxati takomillashib, uning negizida birin-ketin arab, parfeniy, baxtariy, Avesta, turk-run, xorazmiy, sug‘d, uyg‘ur alifbolari shakllangan.
Dunyo mamlakatlari ichida Misr qadimgi tarixga ega. Misr yozuvchi miloddan avvalgi IV ming yillikning ikkinchi yarmida yaratilgandir. Keyinchalik u batamom unutildi.
Jahon madaniyati uchun eng muhim ahamiyatga molik bo‘lgan hodisa 1799 yil 2 avgustda sodir bo‘lgan. SHu kuni fransuzlar inglizlarning dengiz tomondan bo‘layotgan hujumini daf etib, sohilni qo‘lda saqlab turganlar. Razettadan etti kilometr naridagi qadimiy Rashid qal’asini himoya qilayotgan askarlar xandaq qazayotib yozuvlar bitilgan qop-qora tosh topib oladilar (Razetta toshi deb atashdi). Kattaligi stol taxtasicha keladigan bu toshdagi yozuvlar uch (misr, suriya, yunon) tilida o‘n to‘rt satrlik yozuv. Bu yozuv ko‘p asrlar mobaynida jumboq bo‘lib keldi.
Razetta toshi topilganidan so‘ng ierogliflar jumbog‘ini echishga bo‘lgan ishtiyoq yanada kuchayib ketdi. Ana shu toshlarni o‘rganishga A.Kirxer, S.de Sasi, D.Okerblad, T.YUng kabilar kirishganlar. Ierogliflarning ieratik va demotik turlari haqida dastlabki ma’lumot berganlar, lekin oxiriga etkazmaganlar.
Ushbu jumboqni echishga fransuz Grenobl akademiyasining akademigi (16 yoshida) J.SHampolonning xissasi katta bo‘ldi. O‘ o‘z hayotini Misr sirlarini ochishga bag‘ishlagan. J. SHampolonning Misr bo‘yicha to‘plagan materiallari 20 jilddan iborat.
1822 yilning 14 senyatbri misrshunoslik fani dunyoga kelgan kun bo‘ldi. Bu J. SHampolon kashfiyoti bilan bog‘liqdir.
Qadimgi madaniyat uchoqlaridan yana biri Mesopotamiya (ikki daryo Dajla va Frot oralig‘idagi er) sanaladi. Bu yurtda osuriy-bobil yozuvining xilma-xil mixxat lavhalari yaratilgan. SHumerlarning bu mixxat lavhalarini o‘rganib o‘z nazariy fikrlarini E.de Sarzek, L.Vulli, K. Nibur, G. Grottefend, F.Myunter, D.Smit, O.Sulaymonov kabilar bayon etganlar.
Semit akkadlari milodgacha uch ming yilliklarda Mesopotomiyaga kelib, ular madaniy halq shumerlarga duch keladi. SHumerlar tomonidan kashf etilgan mixxatni keyinchalik akkadlar, xetlar, qadimgi forslar, ellamiylar tomonidan qabul qilindi.
Shumer mixxatlari Ur, SHurapak xarobalaridan topildi. 1840 yilda ingliz olimi Leyard Osuriya poytaxti Nineviya xarobalarini o‘rganish jarayonida 20 ming sopol kitobga ega bo‘lgan shumerlar kutubxonasini qo‘lga kiritdi. Ana shu sopol kitoblarda «Bilgamish» dostoni yozilgan.
Akkadlar, o‘zlariga notanish, shumer tilining birinchi lo‘g‘atini yaratganlar.2
2. Yozuv madaniyati tarixiga nazar tashlansa, Markaziy Osiyoda yashagan halqlar orasida yagona alifbe bilan cheklanib qolgan ulusning o‘zi yo‘q. Chunonchi, sug‘d tili o‘z tarixi mobaynida oromey, milliy sug‘d, moniy, sureniy yozuvlaridan foydalanganlar. Qadimgi xorazmiy adabiy tili uchun xorazmiy, arab alifbelari amalda bo‘lgan.bular ba’zi ishlarda «Avesto» tili va yozuvi, Xorazm tili va yozuvi, Baqtriya tili va yozuvi, sug‘d tili va yozuvi, sak tili va yozuvi degan nomlar bilan ataladi.
Turkiy halqlarning ota-bobolari 22 harfli oromey yozuvidan foydalanib, o‘zlarini 26 harfli turk-run (sak tili va yozuvi) ni kashf etganlar.Biz turk-run yozuvini oromey yozuvi asosida shakllanganligini inkor etmagan holda sak tili va yozuvi Urxun-Enasoy yozuvidan shakllangan, degan fikrdan yiroqmiz. CHunki 1970 yilgacha turkiy yozuv, eramizning VI-VII asrlarida paydo bo‘lgan, degan fikr etakchi edi. Unga nisbatan Urxun-Enasoy atamasini ishlatganlar.qadimgi turkiy yozuv uchun Urxun-Enasoy yozuvi atamasi qo‘llanilgan bo‘lib, undan voz kechish vaqti etdi. Turkiy yozuv Urxun-Enasoy tomonidan g‘arbga emas(chunki bunda 38 harfiy belgi bor), Markaziy Osiyoddan (bunda 26 harfiy belgi bor) SHarq tomon tarqalgandir3. Urxun-Enasoy atamasi yozuv yodgorliklarning mahalliy guruhinigina anglatadi.1970 yili Olmoti yaqinidagi Issiq qo‘rg‘onini tekshirganda undan miloddan oldingi ming yilliklarga tegishli ko‘plab buyumlar qatori kumush kosa topildi. Uning sirtida qadimgi sak (turkiy) yozuv bor edi.
Issiq yozuvi nomi bilan mashhur bo‘lgan bu yozuv (26 harfli) ni A.S. Omonjo‘lov o‘qib talqin etgan. Bu qadimgi turkiy yozuvning ildizlarini ikki yarim ming yillik o‘tmishdan izlamoq kerakligini ta’kidlaydi, A.S. Omonjo‘lov. Xuddi Issiq yozuviga o‘xshash yozuv Farg‘ona vodiysining Isfara, Quva, Qal’ai balo, Lo‘mbitepa, Surxandaryoning Xolchayon, Dalvarzintepa, Fayoztepa, Afg‘onistonning Dashti Navur kabi joylaridan ham topildi. Bu yozuvlarni A.N. Bernshtam, YU.A. Zadneprovskiy, S.G. Klyashtorniylar o‘qigan va ma’lumot bergan.
Yozuv asosida insoniyat bugungi kunga kelib ijtimoiy hayotning barcha sohalarida erishgan yutuqlarini aks ettiradi4.
3.Tilshunoslik alohida, mustaqil fan sifatida XIX asrning birinchi choragida (1816 yilda) fanlar olamiga kirib keldi va o‘zining alohida o‘rganish ob’ektiga va tekshirish metodiga ega bo‘ldi. Qat’iy aytish mumkinki, jahon tilshunosligi fani ham shu kungi taraqqiyot bosqichiga etib kelguncha uzoq tarixiy taraqqiyot davrini bosib o‘tdi. Tilshunoslik fanining qadimgi eng muhim manbalari, ta’limotlari, oqimlari, ilk bor, qadimgi Hindiston, qadimgi Yunoniston va qadimgi Rim mamlakatlarida maydonga keldi. O‘rta va yangi asrlarda esa til haqidagi fan Ovrupoda, Arabiston va O‘rta Osiyoda taraqqiy qildi.
Uyg‘onish davri tilshunosligi XV-XVIII asrlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrning boshlanishi bilan cherkovning obro‘-e’tibori susayib, antik davrga bo‘lgan e’tibor, qiziqish, uni qadrlash kuchaya bordi. Anig‘i, Uyg‘onish davrining vakillari, ziyolilari yunon va rimliklarning boy milliy madaniyatiga murojaat qila boshlashdi.
Uyg‘onish davrida, dastavval, dunyo tillari haqidagi ma’lumotlar ancha ko‘paydi. Tilshunoslik fanining keyingi taraqqiyoti uchun muhim va zarur bo‘lgan lisoniy materiallarni, faktlarni to‘plash, yig‘ish jarayoni amalga oshirildi. Kapitalizmga o‘tish, uning rivoji, millatlar va milliy tillarning yuzaga kelishi, milliy iftixor kabilar qator tillarning grammatikasini tuzishga, yaratishga undadi. Ayni davrda arman, fors, venger, yapon, koreys, ispan, niderland, fransuz, ingliz, polyak, chex, nemis, ukrain va boshqa tillarning grammatikasi hamda leksikasiga oid asarlar yaratildi. Ushbu davrda lisoniy materiallarni to‘plab, yig‘ib borish ularning mohiyatini tushunish, mazmunini anglash bilan birgalikda olib borildiki, natijada til haqida e’tiborli fikrlar o‘rtaga tashlandi. Jumladan, faylasuf Bekon tildan boshqa aloqa vositasi mavjud desa, faylasuf Lokk tovush bilan tushuncha o‘rtasida tabiiy bog‘lanish yo‘q, degan asosli fikrni ta’kidladi. Faylasuf Leybnits mantiqiy-matematik asosga qurilgan xalqaro til yaratish masalasini ko‘tardi.
Antik (yoki klassik filologiya) davrining adabiy asarlarini nashr qilish va ularga lisoniy sharhlar yozishda, ayniqsa, quyidagi olimlarning xizmatlari, mehnatlari katta bo‘ldi. Bular: Jyul Sezar Skaliger (1484-1558), Robert Stefanus (1503-1559), uning o‘g‘li Genrix Stefanus (1528-1598), Gerxardt Iogann Fossiy, Sharl Dyukanj, Iogann Reyxlin, Iogann Melanxton va boshqalar. Ayni vaqtda Sharq tillarini, ayniqsa, semit tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish kuchaydi, semit filologiyasi maydonga keldi. Ya’ni qadimgi yahudiy, aramiy, arab, efiopiya tillari tadqiq qilindi. Qator asarlar yaratildi. I.Reyxlin qadimgi yahudiy tili grammatikasini (1506) yarati, unda birinchi bo‘lib, «affiks» terminini qo‘lladi va bu termin XVI-XVIII asrlarda faol ishlatila boshlandi. P.de Alkam arab tili grammatikasiga oid asarlarini (1506) e’lon qildi. Yakov Xolius va Erleniylar arab tili tadqiqi bilan shug‘ullangan bo‘lsalar, Iov Ludolf efiopiya tili yuzasidan ish olib bordi. Ayniqsa, XVI asrda qator tillarning – nemis (1527), fransuz (1531), ingliz (1538), venger (1539), chex (1567), polyak (1568), slavyan (1596) va boshqa tillarning gramatikasiga oid asarlar maydonga keldi.
1696 yilda Angliyada (Oksford) Genrix Vilgelm Ludolf-ning lotin tilida tuzilgan «Rus grammatikasi» asari yaratildi. Birinchilardan bo‘lib, italyan (1612) va fransuz (1694) tili lug‘atlari chop etildi.
Agar o‘rta asr va Uyg‘onish davrida klassik filologiyaning g‘oyalari taraqqiy ettirilgan bo‘lsa, XVII va, ayniqsa, XVIII asr tilshunosligida tubdan o‘zgarish bo‘lib, yangi tipdagi grammatika, lug‘atlar-ko‘p tomli katta lug‘atlar maydonga keldi. Ana shunday lug‘atlardan biri rus sayyohi akademik Pyotr Simon Pallasning «Barcha tillar va shevalarning (lahjalarning) qiyosiy lug‘ati» asaridir. 272 tilga oid to‘rt tilli bu lug‘at Peterburgda 1786-1791 yillarda nashr qilingan bo‘lib, unda ruscha so‘zlarning 272 tilga qilingan tarjimasi beriladi va qiyoslanadi. Bu lug‘at qiyosiy-tarjima lug‘at sifatida e’lon qilinadi. Mazkur lug‘atga Osiyo, Evropa, Afrika va Amerika tillari kiritiladi, ushbu tillarga oid materiallar beriladi.
Yana bir katta lug‘at ispaniyalik Lorenso Gervasning «Ma’lum xalqlar tillarining katalogi» (Madrid 1800-1804) asaridir. Ushbu lug‘at 307 tilga oid leksik va grammatik ma’lumotlarni berishi bilan ajralib turadi.
Leksikografik tadqiqotlar yo‘nalishida ma’lum bo‘lgan ishlardan biri nemis olimlari I.K.Adelung va I.S.Faterlarning «Mitridat yoki umumiy tilshunoslik» lug‘atidir. Ushbu lug‘at 500 ta tilni qamrab olishi, ular haqida ma’lumotlar berishi bilan e’tiborga loyiq bo‘lgan.
Xullas, ko‘plab tillarni o‘z ichiga olgan qator lug‘atlarning nashr qilinishiga, ulardagi ma’lumotlarning to‘liq va mukammal emasligiga qaramay, bunday ishlar tillarni taqqoslab, qiyosiy o‘rganishga - qiyosiy – tarixiy tilshunoslikka zamin yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |