3. Gapning grammatik shaxs kategoriyasi.
Gapning grammatik shaxc
kategoriyasi harakat yoki belgi egasining nutq jarayoni ishtirokchilari bilan
munosabatini ifodalaydi. Bu kategoriya fe’llarning morfologik shaxc
kategoriyasi asosida vujudga kelsa ham,. lekin u bilan teng emas. Sintaktik
shaxs kategoriyasi morfologik shaxs kategoriyasidan birmuncha kengdir. Chunki
sintaktik shaxs kategoriyasi fe’l ishtirok etmagan gaplarda ham ifodalanadi.
Sintaktik shaxs kategoriyasi mazmun jixatidan olmoshlardagi shaxs kategoriyasi
bilan o‘xshashdir. Sintaktik shaxs kategoriyasida ham I, II, III
shaxs, noaniq shaxs, umumlashgan shaxs hamda shaxssizlik ajratiladi..
Sintaktik shaxs kategoriyasini ifodalashda; fe’lning shaxs, nisbat shakllari,
olmoshlar xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |