Tilshunoslik nazariyasi
dan ma’ruzalar to’plami
Saloxiddin SUYUNBOYEV
Fikr-mulohazalar uchun:
+99899 700 42 97 Sahifa | 27
[O] shaklning qo‘llanishi kommunikatsiyaning hech bir a’zosida
tushunmovchilik tug‘dirmaydi va uni bemalol ko‘plik shakliga
vazifadosh, ma’nodosh sifatida qabul qilaveradilar. [O] shaklni kategorial
shakllar sirasidan chiqarish tarafdorlari u ifodalagan ma’no qurshovchi matndan
kelib chaqayotganligini dalil qilib ko‘rsatadilar. Haqiqatdan ham, [O] shakl,
to‘g‘rirog‘i, har qanday shakl
GM
sini aniqlash ma’lum qurshovchi matnni talab
qiladi. A.V. Isachenko e’tiborni shunga jalb qiladi. Uningcha, GM «
...paradigmatik qurshovchi matnda aniqlanadi va bu holat biron xil «tashqi
moddiy hodisa» ning mavjud emasligini designator sifatida qo‘llash imkonini
beradi».
[O] va [-lar] shakllari hozirgi o‘zbek, tilidagi miqdor anglatish uchun xoslangan
shakllardir. Bu fikr mutlaqo ularda yana boshqa ma’nolarning qorishiq
(sintezlashgan) yoki hamroh bo‘la olishini, shuningdek, miqdoriy ma’nolar
ulardan boshqa kategorial qo‘shimchalar, xususan, egalik, shaxs-son
qo‘shimchalari kabilar bilan ham ifodalanishini rad etmaydi. Lekin yuqoridagi
ikki shakl va ular ifodalagan GM miqdor va sifat ifodalash uchun maxsus
xoslangan kategoriya—son kategoriyasini tashkil etadi.
Har bir tilning grammatik sathi so‘zlarning grammatik shakli, so‘z birikmalari va
gaplardan tashkil topadi. Tilning boshqa sathlari kabi grammatikaning ham o‘z
birliklari bor. Eng kichik grammatik birlik morfema bo‘lib, morfemalardan
so‘zlar yasaladi, so‘zlar esa o‘z navbatida so‘z birikmalari va gaplar qurilishida
qatnashadi. Gap grammatikaning yirik va mustaqil birligidir. Gapdan katta
birliklar ham mavjud: murakkab sintakik (birlik) butunlik, abzas va matn.
Til grammatik strukturasining o‘ziga xos xususiyatlari bor.
Birinchidan, tilning grammatik qurilishi: so‘zning strukturasi , tuslanish va
turlanish qoidalari, so‘z birikmalari va grammatikaning turlari tarixiy
taraqqiyotining mahsuli sifatida juda sekin o‘zgaradi.
Ikkinchidan, grammatika umumlashtirish xususiyatiga egadir. Masalan, arava,
maktab, tosh, bola kabi so‘zlarning o‘z leksik ma’nosi bor, ammo, grammatik
nuqtayi nazardan bu so‘zlar predmetlik tushunchasini ifoda qilib, ot turkumini
tashkil qiladi. Bu so‘zlarni ularning leksik ma’nosi emas, grammatik ma’nosi
umumlashtiradi. Tilning grammatik strukturasini morfologiya va sintaksis
o‘rganadi. Morfologiya so‘zning turkumlari va ularning grammatik shakllarini
tekshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |