Rasmus Xristian- (1787-1832) – daniyalik tilshunos. Asarlari: “Island tili bo‘yicha qo‘llanma” (1811), “Island tilining kelib chiqishi” (1818), “Frakiy tili haqida” (1822). R.Rask tillarni leksik jihatdan qiyosladi, germanistikaga asos soldi, slavyan tillari mustaqil tarmoq ekanligini isbotladi.
Yakob Grimm- (1785-1863) – nemis tilshunosi. Asarlari: “Nemis grammatikasi” (4 tom, 1819-1837), “Nemis tili tarixi” (1848). U german tillarining tarixiy fonetikasini yaratdi, tildagi o‘zgarish va taraqqiyotni tovushlarning o‘zgarishida ko‘rdi, jumladan, buyuk ko‘chish qonuni asosida undoshlarning siljiganini isbotlab berdi. Xalq tarixini o‘rganishda tilning taraqqiyotini asosiy deb bildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |