Superstrat hodisasida esa, kelgindilar tili mahalliy til bilan kurashib, unga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazadi, lekin uni siqib chiqara olmaydi. Bunga Britaniya orolining normandlar tomonidan bosib olinishi va normand tilining ingliz tiliga o‘tkazgan ta’siri eng yaxshi misol bo‘la oladi.
7. Til strukturasi elementlari nimalardan iborat?
Til strukturasi elementlari – til sathlari quyidagilardan iborat:
fonetik – fonologik sath , morfem – morfologik sath, so’z yasash sathi,
leksik – semantik sath, sintaktik sath.
Tilning har bir birligiga xos ichki yaxlitlikka va belgi yoki belgilar birikmasining sintagmatik, paradigmatik va ierarxik munosabatlariga asoslangan yagona mezonning qo‘llanishi til tizimida ma’lum ko‘rinishdagi sathlami ajratish imkonini yaratadi. Fonetik —fonologik sath birligi fonemadir. Fonema mavhum birlik hisoblanadi va u funkstional o‘xshash va fonetik jihatdan bir xil tovushlar yig‘indisi, umumlashmasidan iborat. Boshqacha ayxganda, fonema mavhum birlik sifatida umumiylik xususiyati va о‘г: variatitlariga egadir. Konkret tovushlar fonemalaming variantlaridir va ular «fonlar» yoki «allofonlar» deb yuritiladi. «Fonema» atamasi esa aniq fonemalar sinfming qisqacha nomidir. Fonema va fon invariant va konkret shakldagi (ma’lum vazifa bajarayotgan tovushning) yagona birlikning turli ifodalanishidir. Tovush fonemaning ajralmas bo‘lagi emas, balki u konkret fonemaning ifodasidir. Fonema morfema va so'zning tovush qobig‘i tarkibiga kiradi, morfema va so‘zlar tarkibida variantlar ko‘rinishida ifodalanadi. U ichki butunlikka va farqlovchi xususiyatlarga ega bo‘lib, eng kichik belgi sifatida mavjud. Morfem - morfologik sath asosini morfemalar tashkil qiladi. U so‘z va grammatik formalar tarkibiga kiradi, talaffuzda fonemalar yig‘indisidan iborat va grammatik shakllar tarkibida variantlarga ega bo‘ladi. U ham ichki butunlikka ega bo'lib, (barcha variantlar uchun mazmun birligi) maxsus belgi bilan ifodalaiidi. Bu belgi mustaqil mazmunga ega emas. So 'z yasash sathida til tizimida mavjud bo‘lgan so‘zlaming strukturasi («so‘zlar qanday yasalgan») va yangi so‘zlar yasash imkonivatlari («qanday yasaladi?») haqida fikr yuritiladi. Tilning so‘z yasash imkoniyatlari ushbu tizimni alohida sath sifatida ajratishga turtki bo‘ladi. So'z yasash modellari morfologik guruhlami (so‘z turkumlarini) tashkil qilishda ishtirok yetadi, so'zlar orasidagi munosabatlami umumlashtiradi, nutq tarkibida qayta. voqelanadi, model ichki yaxlitlikka ega (ma’no, 68 vosita va ifoda usullarining yaxlitligi). Morfemalaming asosiy vazifasi so'z yasash va so‘z shakllarini o‘zgartirishdir. Leksik — semantik sath tahlilida leksikologiya va semasiologiya fanlari bog‘liqligi namoyon boMadi. Leksikologiya tilning umumiy lug‘at tarkibini, semasiologiya esa leksik ma’noni o‘rganadi. Leksik-semantik tizimga lug‘aviy va frazeologik birliklaming ma’no-mazmun munosabatlari, ular tashkil qiladigan guruhlaming o‘ziga xos xususiyatlari, o‘zaro aloqadorlik xarakteri (leksik-paradigmatik) va tilning boshqa quyi tizimlari bilan bogMiq tomonlari, til birliklarining semantik o‘zgarishidagi variantlilik kabi masalalar taalluqlidir. Sintaksis sathida so‘z birikmalari va gap tuzilishi, ulaming semantikasi o'rganiladi
8. Til sistemasining 5 jihatini izohlang.
Sistemalarni mohiyatan 2 asosiy turga ajratish mumkin: material sistema va ideal sistemalar. Har qanday moddiy materialdan tayyorlangan inshoot, qurilma, imorat, tarkibiy qismlarga ajraluvchi obyektni yoki jonli organizmni esa material sistema deb hisoblash mumkin. Aynan moddiy sistemalar birlamchi material sistema deb ataladi. O`zaro muayyan munosabatlar bilan bog`langan g`oya, tushuncha yoki fikrlar ideal sistemalar bo`lib, ular semantik informatsiyaning ko`rinishlaridan biri bo`lgan boshqa material tashuvchida mustahkamlanadi. Bunday sistemalar ikkilamchi material sistemalar deb nomlanib, inson faoliyati natijasida yuzaga keladi va semiotik sistemalar deb yuritiladi. Aslida ikkilamchi sisemalar substansional, ya`ni mohiyatan mavjud bo`lmaydi. Masalan, svetofor ranglaridagi ruxsat, man qilish, harakatga tayyorlanish ma`nolari aynan shu ranglarda mavjud emas, ularga ushbu ma`nolarni ifodalash yuklatilgan, buyurilgan, xolos.
Til sistemasi uni tashkil etuvchi qismlari, strukturasiga ko`ra juda murakkabligi, ko`p yarusliligi bilan ajralib turadi. Tilning fonetik, leksik, morfologik, sintaktik sathlari struktura qatlamlari bo`lib, ular bir butunlikni tashkil etadi va o`zaro aloqadorligi bilan tilning mavjudligini ta`minlaydi. Tilning har bir birligi butunlikning qismi sifatida sistema tarkibiga kiradi. Ayni paytda til sistemasining har bir sathi o`ziga xos sistemalar bo`lib, ular ham muayyan struktural elementlardan – muayyan ijtimoiy vazifani bajaruvchi moddiy birliklardan tashkil topadi. Bunda til sathlarining yig`indisi makrosistema bo`lsa, ichki yaruslar sistemasi mikrosistema sifatida namoyon bo`ladi.
9. Nima uchun tilga ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi?
Til jamiyat tomonidan yaratilgan bo‘lib, uning taqdiri ham jamiyat taqdiri bilan chambarchas bog‘liqdir. Insonning butun hayoti til bilan bog‘liq bo‘lib, til yordamida kishilar obyektiv borliqni o‘rganadilar, o‘zaro fikr almashadilar, jamoa bo‘lib birlashadilar va mehnat qiladilar. Til ijtimoiy hodisa sifatida tabiiy hodisalardan ajralib turadi. Masalan, kishilarning tabiiy -biologik va fiziologik xususiyatlari (ovqat yeyishi, nafas olishi, rivojlanishi va hokazo) tabiat qonunlariga muvofiq, jamiyatga bogliq bo‘lmagan holda rivojlanib boradi. Ammo tilda so‘zlashish na fikrlash uchun kishilik jamiyati (sotsial muhit) bo‘lishi shart. Chunki til kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish va fikr almashish ehtiyojlari natijasida paydo bo‘lgan. Shuning uchun ham til tabiiy hodisalardan farqli o‘laroq, kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan va unga xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir
10. Paradigmatik va sintagmatik munosabatlar deganda nimani tushunasiz?
Paragmatik munosabat til birliklarining bir paradigmaga ,masalan so’zlarning vertikal yo’nalishda turlanishi yoki tuslanishi va bosh asosga ko’ra farqlanishidur.Masalan; kitob, kitobni kitobning, kitobda, kitobda so’zlarining ma’nosi bosh kelishik shakliga ko’ra olinadi.
Sintagmatik munosabatda esa til birliklarining o’zaro semantik-sintaktik munosabatlarga kirishishi va gorizontal planda birikmalar hosil qilinishi tushuniladi.Masalan; Men kitobning qadri, kitobni o’qish kabi.
11. Til taraqqiyotining ichki va tashqi qonuniyatlari haqida tushuntiring.
lil taraqqiyoti va rivoji ma’lum qonuniyatlar asosida yuzaga keladi. Til murakkab va ko‘p qirrali ijtimoiy hodisa bo‘lib, undagi birliklar barcha jihatdan o‘zaro uzviy bog‘langan. Ushbu birliklarga aloqador qonuniyatlar ham o‘zaro bog‘liq hisoblanadi. Til taraqqiyotining ichki qonuniyatlari tilning o‘z tabiati asosida (o‘z mohiyatidan) kelib chiqadigan taraqqiyot jarayonlarini ifodalovchi qonunlar hisoblanadi. Juda ko‘p tillar uchun umumiy boigan qonunlar (masalan, lug‘at tarkibining tez, grammatik qurilishning sekin o‘zgarishi) bilan birga ayrim tillaming o‘ziga xos ichki qonuniyatlari boMadi. Masalan, o‘zbek tilida singarmoni/:mning yo‘qolishi, buning natijasida unlilar sonining kamayishi; -lar affiksining vazifa doirasi kengayishi, so‘z birikmalari tuzilishida yangi turkumlaming paydo bo‘lishi va b. bunga misol bo‘la oladi. Quyida fonetik o'zgarishlar misolida til taraqqiyotining ichki qonunlarini tushuntirib berishga harakat qilamiz. Tildagi fonetik o‘zgarishlar ma’lum tarixiy fonetik qonuniyatlar asosida yuz beradi. Fonetik-fonologik o‘zgarishlar tilning ichki qonuniyatlari bilan bog‘liq hodisalardir. Til taraqqiyotidagi fonetik o‘zgarishlami tahlil qiluvchi asosiy fonetik-fonologik qonuniyatlar quyidagilar: 1. Umumiy fonetik qonuniyatlar barcha tillarga xos umumiy holdagi tartib va qoidalami tilning boshqa qonuniyatlari bilan bog'liqlikda aks ettiradi. Masalan, singarmonizm turkiy tillarga xos umumiy qonuniyatdir. 2. Xususiy fonetik qonuniyatlar muayyan til uchun xos bo‘lgan hodisalami ifodalaydi. Fonetik qonuniyatlar davriy nuqtai nazardan ikkiga bo‘linadi: 1, Tarixiy fonetik qonuniyatlar tillar yoki muayyan bir tilning tarixiy taraqqiyotida yuzaga kelgan tarixiy-fonetik hamda fonologik o‘zgarishlami o‘z ichiga oladi. 2. Davriy fonetik qonuniyatlar muayyan bir til doirasida hozirgi davrda sodir bo'layotgan fonetik o‘zgarishlami izohlaydi. 58 Umuman, til taraqqiyotining ichki qonuniyatlari asosan lingvistik (lisoniy) omillar hisobiga shakllanadi. Bularga muayyan tilning strukturaviy-sistemaviy xususiyatlari— fonemalar tizimi, lug4at boyligi, morfema tiplari, so'z yasash modellari, grammatik qurilishi, leksik, grammatik birliklaming semantk va funksional xususiyatlari, ular o‘rtasidagi aloqa va munosabatlami belgilovchi qoida-qonuniyatlar kiradi.1 Til taraqqiyotining tashqi qonuniyatlari asosan ekstralingvistik (nolisoniy) omillarga tayanadi. Bularga tildan tashqari mavjud bo‘lgan omillar kiradi: ijtimoiy tuzum shakllari, tarixiy jarayonlar, xalqlar va millatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy aloqalar, ilm-fan rivoji, ishlab chiqarish va texnika taraqqiyoti, ijtimoiy tafakkur, inson ruhiyati, his-tuyg‘ulari, til va yozuvga oid qonuri va farmonlar shular jumlasidandir.2 Masalan, 0 ‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng uning leksikasida katta o'zgarishlar sodir bo‘Idi: ayrim so‘zlar mutlaqo iste’moldan chiqib ketib, ko‘plab neologizmlar kirib keldi. Ko‘rinadiki, til taraqqiyotining ichki va tashqi qonuniyatlari lingvistik va ekstralingvistik omillarga tayanadi.
2-topshiriq.
Do'stlaringiz bilan baham: |