2.2. Metonimiya asosida ma’no ko‘chishi
Metonimiya ham nom ko‘chishi bilan yangi ma’no hosil bo‘lishiga olib
keluvchi hodisalarning asosiylaridan hisoblanadi. Shu sababli bu hodisa ham
nom ko‘chishi yo‘li bilan yangi ma’no hosil bo‘lishi haqida gap borgan
ishlarning hammasida qayd etiladi. Metonimiya — narsa-predmetlar,
belgilar, harakatlar o‘rtasidagi aloqadorlikka (bog‘liqlikka) ko‘ra nom
ko‘chishidir. Ob’yektiv borliqdagi ayrim narsa-predmetlar, belgilar,
shuningdek, harakatlar o‘rtasida ma’lum umumiylik, aloqa (bog‘lanish)
bo‘ladi. Ana shuning ta’sirida biror narsa, belgi yoki harakatning nomi u
bilan aloqasi (umumiyligi) bo‘lgan boshqa narsa, belgi, harakatni ifodalash
uchun ham qo‘llanadi, unga ham nom bo‘lib ko‘chadi.
1
Badiiy asar tilida har bir trop yoki ko‘chimning o‘ziga xos va mos o‘rni
hamda ma’no jilosi bo‘lgani kabi, poetik nutqda, metonimiya ham estetik
kategoriyalardan biri sifatida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Poeziyada, umuman, poetik
asarlarda u ifoda ta’sirchanligini oshiribgina qolmay, balki poetik asarning
ruhiyatini, tabiiy olami va ohangdorligiga, ya’ni ritmiga mos ifodaning
yaratilishida asosiy omil bo‘la oladi. Ushbu tasvir vositasi ham metafora singari
leksemalarning kognitiv ma’nosiga asoslangan bo‘lishi bilan birga, unda
o‘xshashlik ko‘chimdan predmet yoki voqea-hodisa o‘rtasidagi o‘xshatish
emas balki ular o‘rtasidagi bog‘liqlik, aloqadorlik, bir-birini taqazo etishga
1
Ўзбек тили лексикологияси. –Т., 1981, 223-бет.
40
asos qilib olinadi ya’ni metonimiyada "asosan, biror narsa yoki voqea- hodisaning
nomi boshqa bir narsa yoki hodisaga ko‘chiriladi. Bu predmet yoki voqea-
hodisa ongimizda bir-biri bilan aloqador tushunchalarni anglatishi bilan o‘zaro
uzviy bog‘langan bo‘ladi.
1
Metaforada bir-biriga o‘xshash predmetlarning o‘zaro belgi xususiyatlari
ko‘chirilsa, metonimiyada bu ikki predmet tashqi ko‘rinishi (shakl) ichki
xususiyatlari (mazmun, mohiyati) bilan bir-biriga qandaydir aloqasi bo‘lsa
ham, ammo, umuman bir-biridan farq qiluvchi (bir-biriga o‘xshamagan)
predmetlarning belgilari bilan solishtiriladi", ya’niki metafora o‘xshashlikni
metonimiya esa bog‘liqlikni nazarda tutadi.
Shu kabi bog‘liqlik asosida (nom ko‘chishini esa turlicha bo‘lishi) turli
xildagi, rang- barang nom ko‘chishlarining guvohi bo‘lamiz:
Biron bir predmet yoki voqea hodisa ichidagi narsaning yoki voqea-
hodisaning nomi anglashilayotgan predmetga o‘tkazilali.
Muayyan bir harakat yoki ushbu harakat natijasi shu harakatni bajaruvchi
qurol nomi bilan almashtiriladi.
Biror bir narsani u yasalgan material (buyum. mato) bilan almashtirish.
Muayyan bir joy, hudud, mamlakat, davlatda yashovchi kishilar ma’nosi,
shu yerga (shahar, qishloq...) mamlakat yoki davlatga ko‘chiriladi.
Konkret tushuncha nomi o‘rnida mavhum ot qo‘llanishi va aksincha abstrakt
tushuncha nomi qo‘llanishi kuzatiladi.
Prozada metonimiya keng imkoniyatlarga ega bo‘lsa-da, poeziyada, asosan,
epik asarlarda, ayniqsa, ya’ni mustaqillik davri dostonlarida ham
jonlantirish, sifatlash, o‘xshatish, mubolag‘adan ko‘ra metafora kabi
metonimiyali ifodalar ma’no ko‘chirishda o‘ziga xos xususiyatga egadir.
Masalan,
Buxorodan kelmish sangtarosh
1
Қурбонова М. Мустақиллик даври достонларида метонимия ва синекдоҳадан фойдаланиш маҳорати. Айюб Ғуломов ва ўзбек
тилшунослиги масалалари (Илмий мақолалар тўплами). –Т., 2012, 156-157 бет.
41
Farg‘onalik chilkor ham bunda
Naqqoshini yuboribli Shosh.
Xorazmlik ganchkor ham bunda...
1
Ushbu satrlarda qo‘llanilgan, qator joy nomlari satr ohangdorligini
oshirsa, "Shosh" leksemasi orqali nom ko‘chishi esa metonimiya hodisasiga
sabab bo‘ladi. Bu yerda naqqoshni yuborgan asli "Shosh" shahri emas, balki
Shoshda yashovchi insonlardir.
'"Bibixonim" gumbazi turar,
Bekasiday ko‘ngli yarimta...
Ko‘z o‘ngimda shahar yugurar.
Oqib borar nigohlarimda.
2
Bu yerda ham metonimiyaning an’anaviy turidan foydalanilganini kuzatamiz.
Ya’ni bunda "shahar" so‘zi shaharda yashovchi jami aholi, insonlar ma’nosini
anglatadi.
R.Suvonova joy nomlari bilan bog‘liq metonimiyalarni ikki xil
ko‘rinishda yuzaga kelishini ta’kidlaydi.
3
Ular joy nomini bildiruvchi
metonimiyalar va joy munosabatiga ko‘ra metonimiyaning sodir bo‘lishidir.
1. Joy nomi va joy bildiruvchn so‘zlarda metonimiya sodir bo‘lishi
nutqda ko‘plab uchraydi. Ayniqsa, joy nomini bildiruvchi so‘zlar o‘sha joyda
ishlab chiqarilgan mahsulotni bildirishi orqali metonimiya sodir bo‘lar ekan, bu
jarayon til hodisasi sifatida kuzatiladi. Masalan: Qorako‘l so‘zi asli
Buxorodagi bir tumanning nomidir. U hozir qo‘zi terisidan ishlangan
jingalak yungli mo‘ynani bildiradi. Bunday mo‘yna olinadigan qo‘zilar
dastlab shu tumanda yetishtarilgan. Bu hosila ma’no joy munosabatiga ko‘ra
yuzaga kelgan. Yana shivirg‘on, kattao‘rgon, gulja, uchqora kabi joy nomlari
1
Ойдин Ҳожиева. Ўша китоб. 58-б.
2
Муҳаммад Али. Ўша сайланма. 249-б.
3
Сувонова Р. Жой номлари билан боғлиқ метонимиялар. Айюб Ғуломов ва ўзбек тилшунослиги масалалари (Илмий мақолалар
тўплами). –Т., 2012, 81-82 бет.
42
ham bor. Bu nomlar kelib chiqishi jihatidan o‘sha joylar bilan aloqador bo‘lgan
uzum navlarini ham ifodalaydigan bo‘lgan, ya’ni metonimiya hodisasi
kechgan. Yana Samarqand shahri nomida oliy navi ham bor. Bu keltirilgan
misollarning barchasi til hodisasi bo‘lgan metonimiyaga xosdir.
Joy nomi bilan o‘sha joyda yashovchi aholnni atash orqali ham metonimiya
sodir bo‘ladi. Lekin ular deyarli nutqiy hodisa sifatida kuzataladi: Agar kerak
bo‘lsa, Sharqni va G‘arbni / Yolg‘iz bir she’riga eta olur jo (A.Oripov). Bu
gapdagi Sharq va G‘arb so‘zlari o‘sha yerlarda yashovchi barcha aholini ifoda
etgan. Toshkent chiqdi Shastri yo‘liga (E.Vohidov). Bu gapda ham Toshkent
so‘zi Toshkent aholisini ifoda etgan. Quyidagi misolda berilgan Osiyo so‘zini
ham shunday izohlash mumkin: Zabtga olib keng Osiyoni,/ Bir zot chiqdi
mag‘rur, davangir (A.Oripov). Joy nomi, ayrim hollarda, o‘sha joyga oid
kishini ham bildirishi mumkin: Tanladi Kavkazning papoq, bo‘rkini.
(A.Oripov) Bu gapdagi Kavkaz so‘zi "kavkaz kishisi" ma’nosida qo‘llangan.
Umuman joy bildiruvchi so‘zlar o‘sha joyda yashovchi aholini ifoda etishi
bilan metonmiya sodir bo‘lishi mumkin. Saroy yo‘lga chiqdi savlati bilan
(A.Oripov), Qishloq g‘ala-g‘ovur, soldatni kutar (Uyg‘un). Bu gapdaga
saroy, qishloq; so‘zlari o‘sha joydagi aholini bildirgan, ya’ni metonimiyaga
uchragan. Ba’zan joy bildiruvchi otlar faqat shu joyga oid aholini emas, har
qanday sub’yektlarni ifoda etishi ham mumkin.
Joy nomi bilan unda yashaydigan aholi ifodalanar va metonimiya sodir
bo‘lar ekan, bu nom malum xududni bildiradi. Bunga shahar, qishloq,
tuman, vodiy, mahalla, O‘zbekiston, viloyat so‘zlaridagi metonimiyani
ko‘rsatish mumkin.
Nutqiy hodisa sifatida sodir bo‘lgan metonimiyalar - joy nomini
bildiruvchi so‘zlarning ma’nosini bildirishi orqali ham kuzatiladi: Bu jonning
bor erur
Qorabog‘i? / Na O‘zgan, na O‘sha Farg‘onasi bor (A.Oripov). Bu
gapdagi O‘zgan, O‘sh, Farg‘ona, Qorabaz so‘zlari "vatan" metonimik
43
ma’nosini ifoda etgan.
Joy nomini bildiruvchi atoqli otlar o‘sha joyga ishora qiluvchi belgi
ma’nosida qo‘llanishi - metonimiyaga uchrashi ham mumkin: Ana xaritada
Mirzacho‘l, Jizzax (A.Oripov) misolidagi Mirzacho‘l, Jizzax so‘zlari aslida joy
nomlari bo‘lgani holda, xaritadagi o‘sha joylarni ko‘rsatuvchi shartli belgini
ifoda etilgan metonimik ma’noni bildirmoqda.
Ayrim hollarda joy nomi vaqt ifodasini bildiruvchi metonimik ma’noni
hosil qilishi mumkin: Baytingga bir bora qovushgan har lab/ Takrorlab
ketgusi Mashhargacha to (A.Oripov ).
Umuman joy munosabatiga ko‘ra metonimiya sodir bo‘lishini til
hodisasi hamda nutq hodisasi sifatida kuzatish mumkin.
Shu tarzda nutqiy metonimiyaning sodir bo‘lishi, o‘zbek tilida uncha
ko‘p tarqalmagan. U og‘zaki nutqda uchrab tursa ham yozma nutqda deyarli
kuzatilmaydi. Shuning uchun ham biz to‘plagan materiallar ichida unga oid
misollar ham bo‘lib chiqdi. . Joy munosabatiga ko‘ra metonimiyaning sodir
bo‘lishi ancha keng tarqalgan. So‘zlar leksik ma’no jihatdan taraqqiy etib, joy
bildiruvchi hosila ma’noni yuzaga keltiradi. Kishining bir a’zosi nomi bilan joy
ifodalanadi. Bunda kishining biror a’zosi o‘zi o‘rnashgan joy bilan tutash joyni
nomdosh qilib oladi. O‘sha tutash joyni bildirgan hosila ma’no yuzaga kelishi joy
munosabatiga ko‘ra sodir bo‘lgan metonimiya hisoblanadi. Masalan: Hoji
Kumushning boshiga kelib o‘tirdi (A.Qodiriy). U har qachon yonboshimda
(U.Nosir) gaplarida bosh so‘zi bosh bilan tutash, yonbosh so‘zi yonbosh
bilan tutash so‘zi qosh bilan tutash joyni ifoda etsa» hosila ma’no joy
aloqadorligiga ko‘ra yuzaga kelgan.
Hosil qiluvchi va hosila ma’no o‘rin ifodalamagani holda ma’no hosil
bo‘lishi o‘rin munosabatiga ko‘ra bo‘ladi. Masalan, Oq qog‘ozim senga Erkin
ochdi pinhon ishini (E.Vohidov). Bu gaplardan birinchisida bosh so‘zi
"miya" ma’nosida, qog‘oz so‘zi "asar" ma’nosida qo‘llangan. Chunki bosh
44
va qog‘ozda o‘rnashgan hosila ya’ni shu o‘rnashish o‘rniga ko‘ra yuzaga
kelgan.
Ayrim narsalar va ularning hajmi o‘rnashgan buyumi nomi bilan
atalishi ham metonimiyani yuzaga keltiradi. Bunda ham o‘rin munosabati
metonimiya sodir bo‘lishi uchun sabab hisoblanadi: Xotinining hay-hayiga
qaramay ikki piyolani ustma-ust shimirdi (A.Qahhor), Bir stakan ichdi
(N.Shukurov), Bir six yedi (N.Shukurov). Bu gaplarning birinchisida piyola
so‘zi shu hajmdagi ichkilik ikkinchi gapdagi stakan so‘zi shu hajmdagi
ichkilik uchinchi gapdagi six so‘zi shu chamadagi kabob hosila ma’nolarini
yuzaga keltirgan. Bularniig yuzaga kelnshida ham o‘rin munosabati
ahamiyatga ega bo‘lgan.
Buyum nomi bilan joy atalishi orqali ham metonimiya sodir bo‘lishi
mumkii: Mamajon yalqov samovarda yotib tush ko‘radi (G‘. G‘ulom). Bu
gapdagi samovor so‘zining leksik ma’nosi buyumni bildiradi. Uning hosila
ma’nosi esa shu buyum o‘rnashishiga asoslangan maishat joyini bildiradi. Bu
o‘rinda hosila ma’no o‘rin munosabatiga ko‘ra yuzaga kelganligi uchun u
metonimiya hodisasi deb qaraladi.
Matbuot vositasi nomi bilan undagi nashr atalishi ham metonimiyadir:
Gazetani o‘qiydir shatir (U.Nosir). Bu gapdagi gazeta so‘zi undagi nashr
qilingan narsani ifoda etgan. Material gazetada joylashganligi uchun u
gazeta nomi bilan atalgan.
O‘simlik nomi bilan u o‘rnashgan joy atalishi mumkin. Masalan: Rayhon
chopib o‘tirgan ayam birdan voyvoylab, quymichini ushlaganicha o‘zini
rayhonning ichiga tashlab yubordi (A.Qahhor). Bu gapdagi birinchi rayhon so‘zi
o‘simlikni emas, u ko‘karib turgan ariqni anglatuvchi hosila ma’noga ega. Bu
holatning aksini kuzatish ham mumkin. O‘simlik joy nomi bilan atalib,
metonimiya hosil qilishi kuzatiladi: Yer ekuvchi dehqonlarning holini ham
xo‘p o‘ylang (Cho‘lpon). Bu gapda yer so‘zi ekin ma’nosini bildirgan.
45
O‘rin munosabatiga ko‘ra sodir bo‘lgan metonimiyalar, asosan, nutqiy
holatda kuzatiladi. Chunki ularni nutq jarayoni yuzaga keltiradi.
2.3. Sinekdoxa asosida ma’no ko‘chish
Bu hodisa bir narsaning nomi bilan uning biror qismi (bo‘lagi)ni atash
yoki, aksincha, qismning nomi bilan shu qism mansub bo‘lgan butunni
atashdir. Mas, olma, anor, bodom kabi mevalar (qism) nomi bilan shu
mevalarni anglat
uvchi daraxtlarni atash, qo‘l so‘zi bilan shu a’zodagi bir qism (barmoq)ni
atash sinekdoxa asosidadir.
Bu yo‘l bilan nom ko‘chishda bo‘lak (qism) nomining butun nomiga
o‘tishi asosiy holat bo‘lib, butun nomining bo‘lak (qism) nomi bo‘lishi
bir-ikki so‘zdagina uchraydi.
Ma’lumki, borliqdagi narsalar juda oddiy va juda murakkab
komponentli bo‘lishi mumkin. Bunday narsa-predmetlar o‘zidagi hohlagan
qism (komponent) nomi bilan atalavermaydi, balki u komponent shu
narsadagi asosiy, uni harakterlovchi bo‘lsagina bo‘lak nomi butunga
ko‘chishi (butun bo‘lak nomi bilan atalishi) mumkin.
Ba’zi adabiyotlarda metaforaning bir turi sifatida e’tirof etilgan sinekdoxa
hodisasi, asli metonimiyaning bir ko‘rinishidir. Chunki sinekdoxada ham
metaforalardan farqli ravishda o‘xshashliqdan ko‘ra zamon va makonda
bog‘liqlik, aloqadorlik jihatlari ustun keladi, Bunda butun orqali qism yoki
qism orqali butun, yohud ko‘plik orqali birlik birlik orqali ko‘plab ifodalanishi
kuzatiladi.
46
Har kun ajal bilan kelib yuzma-yuz,
Har kun omon qolgan mo‘jiza kelbat,
Har kun erkaklarda tirilgan oy yuz,
Har kun xotirada joylangan suvrat
1
.
ushbu satrlarda ham sinekdoxa hodisasini kuzatishimiz mumkin. Bunda
"oy-yuz" deyish bilan go‘zal qizga ishora qilinadi.
"Chiqmaysanmi, -deb, - ey qora ko‘z!"
Qiz eshigin tak-taq urardi.
"Yo‘q, yo‘q!" - derdi idroki, biroq
Eshik taraf undardi oyoq.
Ushbu satrlarda ham "qora ko’z",
"idrok", "oyoq" leksemalari orqali
butun inson (qiz) ifodalanmoqda. Quyidaga satrlarda ham ushbu hodisa
kuzatiladi.
2.4. Vazifadoshlik asosida nom ko‘chishi
Biror narsaning nomi boshqasiga ular bajargan vazifadagi o‘xshashlik
asosida ko‘chirilishi funksional ko‘chirish deyiladi.
Funksional ko‘chirish ham o‘xshashlik asosida bo‘ladi. Bu jihatdan u
metafora yo‘li bilan ko‘chirishga juda yaqin turadi. Farq shundaki,
metafora yo‘li bilan ko‘chirishda predmetlar orasidagi tashqi ko‘rinish
jihatidan, material jihatdan o‘xshashlik asosga olinsa» funksional
ko‘chirishda vazifa jihatidan o‘xshashlik nazarda tutiladi. Masalan, qush
tanasidagi uchish uchun xizmat qiluvchi a’zo qanot deyiladi. Shunga
o‘xshash vazifani bajaruvchi qism samolyotga nisbatan ham qanot deb
nomlangan.
Shuningdek, ilgarilari ko‘mir leksemasi «ko‘mib yondirish usuli bilan
1
Ойдин Ҳожиева. Ўша китоб. 35-б.
47
o‘tindan tayyorlangan yoqilg‘i» ma’nosini anglatar edi.Hozir esa «yer
qatlamida tabiiy yo‘l bilan hosil bo‘lgan qattiq va qora rangli yoqilg‘i»
ma’nosiga ko‘chdi. Endi bu ikki ma’nodan asosan keyingisi ko‘p uchraydi.
Yuqoridagi yoqilg‘ining ikki turini farqlash lozim bo‘lib qolsa, bular
sifatlovchi keltirish yo‘li bilan farqlanadi: pistako‘mir, toshko‘mir deb
nomlanadi.
Yana misollar: chiroq (qora chiroq — sham chiroq — kerosin bilan
yonadigan, shishali chiroq—elektrolam-pochka), siyoh (yozuv uchun
ishlatiladigan qora rangli suyuqlik)—siyoh (yozuv uchun ishlatiladigan
suyuqlik, rangi har xil bo‘laveradi) kabi.
Funksional ko‘chirishda ko‘pincha shakliy o‘xshashlik ham
qatnashadi. Masalan, yuqorida keltirilgan qanot leksemasida shakl jihatidan,
ko‘mir leksemasida rang jihatidan, siyoh, leksemasida holat(suyuq) jihatidan
o‘xshashlik ham bor. Shu sababli bu ko‘chirishlarni funksional-metaforik
ko‘chirish deb baholash mumkin.
1
Nom ko‘chishi natijasida yangi ma’no hosil bo‘lishiga olib keluvchi
hodisalardan
biri
sifatida
vazifadoshlik
keltiriladi.
O‘zbek tili
leksikologiyasiga oid ishlarda ham funksiyadoshlik, metonimiya,
metafora va sinekdoxalar kabi, nom ko‘chishiga olib keluvchi asosiy
hodisa deb qaraladi. Lekin shu narsa harakterliki, metafora, metonimnya
va sinekdoxa deyarli hamma ishlarda bir xilda tushunilgani, bir xilda
ta’riflangani holda, shuningdek keltirilgan faktlar ta’rifga mos kelgani holda,
funksiyadoshlikni tushunish va ta’riflashda bir xillik yo‘q, keltirilgan faktlar
ham ko‘p hollarda fikrni tasdiqlamaydi. Mas, samolyotning ikki yonidan
o‘sib chiqqan qush qanotiga o‘xshash qismining «qanot» deb atalishi ayrim
ishlarda metafora deb ta’riflansa, ba’zi ishlarda funksiyadoshlik natijasi
deb ta’riflanadi.
1
Турсунов У.ва бошқ. Ҳозирги замон ўзбек адабий тили. –Т., 1992, 82-83-бетлар.
48
Umuman, bajaradigan vazifasidagi birlik asosida nom ko‘chishi (shu
asosda so‘zning yangi ma’no kasb etishi) o‘zbek tilida ham bor.
Masalan, qalam so‘zi tarixan ifodalagan predmet bilan uning hozirda
ifodalaydigan predmeti shakli, materiali jihatidan butunlay farqli. Bu so‘z
ilgari qamish va natdan yasalgan yozuv qurolini bildirgan. Hozirda esa
grafitli yozuv qurolini bildiradi. Ko‘rinadiki, shakli, yasalishi va materiali
qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ikkala predmet ham yozuv quroli.
Funksiyadoshlik asosida nom ko‘chishi, ya’ni shu hodisa tufayli
so‘zning yangi ma’noga ega bo‘lishi metafora, metonimiya va sinekdoxa
asosida yangi ma’no hosil bo‘lishiga nisbatan juda ham kam uchraydi.
Shunday bo‘lishi ham tabiiy. Chunki biron narsa uchun mo‘ljallangan
predmetning o‘zi bo‘lgani holda shu narsaning aynan o‘zi uchun
mo‘ljallangan yana boshqa predmetning yuzaga kelishiga ehtiyoj
bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, vazifasi tamoman bir xil, lekin boshqa-
boshqa narsaning hayotda birga yashashi mumkin emas. Demak, vazifasi
jihatdan biror predmet bilan umumiylikka ega bo‘lgan boshqa predmet
yuzaga kelar ekan, ular o‘rtasida faqat umumiylik bo‘ladi, birlik emas. Bu
predmetlar, shubhasiz, xususiy (farqli) belgi yoki belgilarga ham ega bo‘ladi.
Bunday hollarda predmetni konkret atash uchun maxsus so‘z (so‘zlar)
qo‘llanadi yoki predmet maxsus nom oladi. Mas, grafitli yozuv qurolini
dastlab karandash qalam deb atalishining sababi ham ana shunda.
Xullas, yangi ma’no hosil bo‘lishiga asos bo‘luvchi nolingvistik
faktorlar metafora, metonimiya, sinekdoxa va funksiyadoshlik bo‘lib,
bulardan metafora va metonimiya asosida nom ko‘chishi asosiy
(mahsuldor) holat hisoblanadi. Sinekdoxa, ayniqsa, fuiksiyadoshlik asosida
yangi ma’no hosil bo‘lishi kam sonni tashkil etadi.
Shuni ham aytish kerakki, nolingvistik faktorlar asosida so‘zning
semantik strukturasida leksik ma’noning ortishi nuqtan nazaridan
49
bo‘ladigan o‘zgarishlar anchagina murakkab tusda bo‘ladi. Bunda hamma
vaqt ham o‘xshashlik, aloqadorlik yoki sinekdoxaning faqat o‘zginasi asos
bo‘lavermaydi. Ba’zi ma’nolarniig hosil bo‘lishida bulardan ikki yoki
undan ortig‘ining elementi u yoki bu darajada qatnashadi. Shuning uchun
ham ayrim hollarda yangi ma’noning qaysi hodisa asosida yuzaga kelganini
belgilash qiyinroq bo‘ladi (misollarini yuqorida ko‘rdik). Lekin u yoki bu
ma’noning yuzaga kelishida yuqoridagi to‘rt hodisadan ikki
yoki undan
ortig‘ining elementi ishtirok etsa-da, ulardan bittasi asosiy bo‘ladi, yangi
ma’no xuddi shu hodisa asosida yuzaga keladi. Mas: stol, stul, karavot
kabilarning oyoqlari bilan inson yoki hayvon oyoqlari o‘rtasida tashqi
o‘xshashlik ham bor, shuningdek, funksiya o‘xshashligi ham bor, ya’ni shu
qism mazkur predmetlarni ko‘tarib turadi. Lekin bu predmetlardagi shu
qismning oyoq deb atalishi metafora asosidadir. Chunki predmetlarni ko‘tarib
turish uchun ishlangan qism ikki yoki undan ortiq bo‘lsagina oyoq deb
ataladi. Ko‘tarib turadigan qism bitta ham bo‘lishi mumkin, lekin u oyoq
deyilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |