Ekstralingvistika sotsiolingvistika va mentalingvistikani o‘zida birlashtiradigan, tilni ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganuvchi fandir. Bunda sotsiolingvistika tilning tabiati va ijtimoiy vazifasini, mentalingvistika esa til va tafakkur, tilning mazmun tomonini o‘rganadi.
Intralingvistika tilning ichki tizimini, uning birliklari va kategoriyalari, tilning yaruslari hamda ularning tuzilishini o‘rganadi. Fonologiya, leksikologiya va grammatika intralingvistikaning asosiy bo‘limlari hisoblanadi.
Komparativistika qiyosiy-tarixiy tilshunoslik sifatida hind - yevropa tillarining fonetikasi va morfologiyasini qiyosiy o‘rganish asosida paydo bo‘ldi. Qiyosiy tilshunoslikda areal lingvistika, tillarni geneologik va tipologik tasniflash masalalari ham o‘rganiladi.
Kommunikativ lingvistika tilni aloqa-aralashuv vositasi sifatida o‘rganadigan, til va nutq, ularning munosabati, uning jamiyatdagi asosiy vazifasi va o‘rni masalalari bilan shug‘ullanadigan sohadir. Til kishilik jamiyatidagi asosiy ijtimoiy hodisa sifatida kommunikativ, ekspressiv va akkumulyativ vazifalarni bajaradi.
Tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va ular orasidagi o‘rni. Tilni tilshunoslik bilan bir qatorda falsafa, psixologiya, sotsiologiya, mantiq kabi fanlar ham o`rganadi. Tilni o`rganishda ishtirok etadigan har bir fanning tilga nisbatan o`z munosabati bor. «Tilshunoslikka kirish» kursini chuqur egallashni istagan talaba, albatta, shu fanga yondosh bo`lgan sohalardan ham yaxshigina xabardor bo`lmog`i lozim. Jumladan, falsafa tilshunoslikning metodologiyasini belgilab berar ekan, falsafani o`rganmagan kishi tilshunoslik uchun xarakterli bo`lgan analiz tamoyillari va metodlarini tushuna olmaydi. Dialektika qonuniyatlarini bilmagan «til o`rganuvchi» til va nutq faoliyatiga sistema sifatida yondasha olmasligi aniq. Yohud til-fikr ifodalash quroli, fikr esa mantiq fanining o`rganish obyekti ekanligini hisobga oladigan bo`lsak, logik kategoriyalarni bilish naqadar muhim ekanligini izohlashga hojat yo`q. Bu sotsiolingvistika fanining yuzaga kelishiga asos bo’ldi.
Tilshunoslikning psixologiya (inson ruhiy jarayonlarining qonuniyatlarini o`rganadigan fan) bilan bog`liqligini lingvistikaning nisbatan yangi sohasi psixolingvistika o`rganadi. Tilshunoslik tarix, pedagogika fanlari bilan ham uzviy aloqadordir. So`zlarning tarixini, tilning lug`at boyligini o`rganishda tarix tilshunoslikka katta yordam beradi. Sababki, til urug` va qabila, elat hamda millat tarixi bilan chambarchas bog`liq. Shunga ko`ra kishilik jamiyatining tarixi tilda o`z aksini topadi.
Tilshunoslik va tarixning bog`lanishi ikki tomonlama bo`lib, tarix materiallari til taraqqiyotini o`rganish uchun, til faktlari tarix uchun muhimdir. Ushbu fan arxeologiya, etnografiya, shuningdek, adabiyotshunoslik bilan ham zich bog`langandir. Zero, tilshunoslik bilan adabiyotshunoslik filologiyani tashkil etadi.
Tilni tilshunoslikdan tashqari falsafa, mantiq kabi boshqa fanlar ham o‘rganadi. Ma’lumki, tafakkurga daxldor masalalar mantiq ilmining mavzusidir. Shu tufayli mantiqchilar tafakkur qonuniyatlari bilan birga, fikrning tilda aks etishini o‘rganmasliklari mumkin emas. Undan tashqari, til va tafakkur bir-biri bilan uzviy bog‘langan, biri – ikkinchisisiz yashay olmaydigan hodisadir, tafakkur tilda yashaydi, har qanday nutq asosida esa tafakkur yotadi. Mantiq tilni ana shu yo‘nalishda o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |