C. G‘arbiy guruh:
1) chex tili – yozuvi lotin alifbosiga asoslangan, qadimgi yozma yodgorliklari XIII asrga oiddir;
2) slovak tili - yozuvi lotin alifbosiga asoslangan;
3) polyak tili - yozuvi lotin alifbosiga asoslangan, qadimgi yozma yodgorliklari XIV asrga oiddir;
4) kashub tili – mustaqil tilligini yo‘qotgan, polyak tilining lahjasi sifatida saqlanib qolgan;
5) lujitsa tili – Germaniyaning Drezden va Kotbus okruklari atrofida tarqalgan, uning ikki varianti mavjud: yuqori yoki sharqiy lujitsa va quyi yoki g‘arbiy lujitsa, yozuvi lotin alifbosiga asoslangan.
O‘lik tillar:
1) polab tili – Germaniyadagi Elьba daryosi sohillari bo‘ylab yoyilgan, u XVIII asrga qadar yashagan;
2) pomor tili – Boltiq dengizining janubiy sohilidagi Pomorьe atroflarida muoamalada bo‘lgan va o‘rta asrlarda iste’moldan qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |