Suppletivatsia. Bir so‘zning turli grammatik formalari turli o‘zaklardan paydo bo‘lishi suppletivatsiya deyiladi. Masalan rus tilidagi: xoroshiy – luchshe, ploxoy – xuje, ingliz tilidagi: good – better, best, bad – worse kabi.
hind – evropa tillarida bo‘lmoq fe’lining tuslanishi, ayniqsa, suppletivatsiyaga yaqqol misol bo‘ladi. Masalan, ingliz tilida:
I shaxs - am
II shaxs – is
III shaxs – are ko‘rinishida bo‘ladi.
Ikki xil paradigmadagi so‘zlarning yaqinlashib, yagona ma’no kasb etishi ham suppletivatsiyani hosil qiladi. Masalan, ditya-deti, rebyonok-rebyata so‘zlarning ditya va rebyata so‘zlarining qo‘llanishi chegaralashib borib, rebyonok va deti so‘zlarining o‘zaro bir paradigmani hosil qilishi shunga misol bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |