Tilshunoslik asoslari


Fors-tojik tilining ta’siri



Download 1,09 Mb.
bet9/105
Sana05.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#318842
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105
Bog'liq
TILSHUNOSLIK ASOSLARI

Fors-tojik tilining ta’siri
Ma’lumki, o‘zbek xalqi juda qadimdan eroniy tilda so‘zlashuvchi aholi bilan birga yashab kelgan, shu jihatdan, ularning madaniy-iqtisodiy turmush tarzida ko‘plab mushtaraklik elementlarini uchratamiz. Biz yuqorida aytdikki, jamiyatdagi har qanday o‘zgarish, birinchi navbatda, tilda o‘z aksini topadi. Demak, o‘zbek xalqi turmush tarzidagi bu yaqinlik o‘zbek tiliga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Somoniylar sulolasi davrida (IX-X asrlar) arab tili o‘rniga «forsiyi dari» yoki forsiy til, ya’ni dariy deb atalgan mahalliy til adabiy til sifatida keng yoyilgan. «Forsiyi dari», ya’ni fors adabiy tiliga Xurosonda yashovchi tojiklarning so‘zlashuv tili asos bo‘lgan. Umuman, Somoniylar hukmronligi davrida fors-tojik tilining nufuzi yanada ortdi. Natijada, forsiy adabiy til arab tilini she’riyatdan tamoman siqib chiqardi va u fan, adabiyot va madaniyat tiliga, qolaversa, rasmiy davlat tili darajasiga ko‘tarildi. Bularning ta’sirida diniy adabiyotlargina arab tilida yozilgan bo‘lsa, fors-tojik tilida dunyoviy adabiyot namunalari yaratildi va u mahalliy turkiy tillarga, ayniqsa, o‘zbek tiliga kuchli ta’sir o‘tkaza oldi. Ґar ikki tilning o‘zaro hamkorlik qilishi o‘zbek-tojik bilingvizmi hodisasini vujudga keltirgan muhim omil hisoblanadi.

Ma’lumki, tillarning o‘zaro ta’siri ikki ko‘rinishda bo‘ladi. Birinchisi, tillarning o‘zaro genetik jihatdan yaqinligi nuqtai nazaridan, ikkinchisi, tillar o‘rtasida genetik jihatdan hech qanday aloqalar bo‘lmagan holdagi yaqinlik, ya’ni so‘z o‘zlashtirishdir. Ijtimoiy-tarixiy shart-sharoit faqatgina bir tilning ikkinchi tilga ta’sir etish yo‘nalishini belgilab beradi, xolos. Ikki til o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning natijalari nafaqat mazkur tilning taraqqiy etishidagi asosiy omil bo‘lgan tarixiy sharoitlarga, balki shu til strukturasining o‘ziga xos xususiyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi. O‘zbek tili fors-tojik tilidan har ikki jihatga ko‘ra ham ta’sirlana oldi.



Hozirgi o‘zbek tili leksikasida anchagina miqdorda forscha-tojikcha so‘zlar bo‘lib, o‘zbek tili leksikasida turkiy so‘zlardan keyin miqdor jihatidan ikkinchi o‘rinda turadi. Albatta, aytilgan bu fikrlar umumiy o‘zbek tili leksikasiga tegishlidir. O‘zbek tilining barcha terminologik sistemalarida bu miqdor ko‘rsatkichi bir xilda emas. Masalan, o‘zbek quruvchilik terminologiyasida forscha-tojikcha o‘zlashmalar arabcha o‘zlashmalarga nisbatan ko‘p miqdorni tashkil etadi. Lekin o‘zbek kitobatchilik terminologiyasida buning tamoman aksini ko‘ramiz, ya’ni forscha-tojikcha o‘zlashma terminlar arabcha o‘zlashmalarga nisbatan ancha kam miqdorni tashkil etadi. Bu hodisa, ayniqsa, siaxron aspektda yanada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki, ayni soha terminosistemasida diaxron aspektda sof holda uchrovchi forscha-tojikcha terminlar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, sinxron aspektda (nazm va nasr tilida «maktub» ma’nosida qo‘llanuvchi noma terminidan tashqari) bunday holat deyarli kuzatilmaydi. Ular aksariyat hollarda forscha-tojikcha affikslar, prefiks va affikslashgan so‘zlar o‘zbekcha yoki arabcha so‘zlar (asos)ga qo‘shilib keladi. Yoki fors-tojik tilida sof arabcha negizlar asosida forscha-tojikcha morfemalar yordamida ko‘p miqdorda yangi so‘zlar vujudga keltirildi. Bu so‘zlar poetik nutq, rasmiy yozishmalar tili va ilmiy uslub uchun qulay va zaruriy so‘z va terminlar edi. O‘zbek tili mana shunday nutqiy vositalarga muhtojlik sezganida buni fors-tojik tilidan oldi. Diaxronik aspektda sof holda uchrovchi forscha-tojikcha o‘zlashmalar (bu terminlarning ba’zilari adabiyotlarda stilistik bo‘yoqdorlikni oshirish maqsadida bugun ham muomalada bo‘lib turadi): daftar, kilk, siyoh, fihrast, xoma, xomazan, xomatarosh, iskanja, muhra, nol, noma, nomabar, nomaoro (xushxat kotib), navisanda, xushnavis, nigor (ishlangan rasm, surat, tasvir), nigoranda, nigorish, nigorxona, nishon, ro‘znoma, sarnoma, sarsuxan, sheroza (kitob muqovalarini muqovalashda uni yaxshilab tutib turuvchi ipak tasma; muqova, muqova naqshlari) va boshqalar.

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish