Tilshunoslik asoslari


TILLARNING TIPOLOGIK (MORFOLOGIK) TASNIFI



Download 1,09 Mb.
bet101/105
Sana05.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#318842
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Bog'liq
TILSHUNOSLIK ASOSLARI

TILLARNING TIPOLOGIK (MORFOLOGIK) TASNIFI
Morfologik tasnif. Tillarni morfologik tasnif qilishda so‘zlarning tuzilishi eng muhim belgi qilib olinadi. Bu usulda so‘zlarning kelib chiqishini e’tirofga olinmaydi. U eng avvalo har bir tilning grammatik qurilishini nazarda tutadi, ya’ni nutqda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishidagi so‘z, turlovchi va tuslovchi qo‘shimchalarning bor- yo‘qligi ularning xususiyatlari va so‘zning yasalish tomonlarini hisobga oladi. Shunga ko‘ra, morfologik usul barcha tillarni ikki asosiy guruhlarga ajratadi.

I. Qo‘shimchali (affiksli) tillar. Bunday tillarda nutqdagi so‘zlarning bir-biriga bog‘lanishi so‘z tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.

Morfologik usulga asoslangan qo‘shimchali tillar yana ikki guruhga bo‘linadi.

1. Agglyutinativ tillar (agglutinare lotincha so‘z bo‘lib, ulash, yopishtirish demakdir).

2. Felektiv tillar (flexio lotincha so‘z bo‘lib, egilmoq, bukilmoq demakdir).

Bu ikki xil guruhdagi tillarning hammasi qo‘shimchali tillar deb hisoblansa ham, lekin ulardagi qo‘shimchalarning xarakteri va so‘zlarga ulanish, bog‘lanish xususiyatlari bir-biriga o‘xshamaydi.

II. Qo‘shimchasiz tillar. Bunday tillarda gap tarkibidagi so‘zlarning bir-biri bilan munosabati, asosan, so‘z tarkibi orqali ifodalanadi. So‘zlarning shakli esa o‘zgarmaydi (turlanmaydi, tuslanmaydi),hech qanday qo‘shimcha so‘z negiziga qo‘shilmaydi.

Umuman, bu tillarga grammatik munosabatlar sintaktik yo‘l bilan ifodalanadi. Qo‘shimchasiz tillarda yordamchi so‘zlar va so‘z yasovchi elementlar bo‘ladi. Masalan: qo‘shimchasiz tillar qatoriga kiruvchi xitoy tilidagi-chje shi xao shen-bu yaxshi odam-ta tszade xao- bu yaxshi ishlagan xao so‘zi gapdagi o‘rniga qarab aniqlovchi, ravish va kesim bo‘lib kelgan.

Morfologik tasnif tilning qurilishi va uning tuzilishini o‘rganishga, bilishga yordam beradi. Shuningdek, har qaysi tilning grammatikasini izohlab berishda, morfologik tasnifning ma’lum darajada ahamiyati bor. Biroq morfologik tasnif kamchiliklardan xoli emas. Birinchidan, morfologik tasnif tuzilish jihatdan xilma-xil bo‘lgan barcha tillarni qamrab ololmagan.U faqat grammatik tuzilishi jihatdan bir-biridan uncha farq qilmaydigan tillarnigina o‘z ichiga oladi. Ikkinchidan, morfologik belgilarga qarab til turlarini guruhlarga ajratish (tasnif qilish) nihoyatda mushkul muammo.

Tillarning morfologik (tipologik yoki struktural) tasnifi - umuman, til tiplarini ajratish—qanday maqsad bilan qilingan bo‘lishidan qat’iy nazar, dastlab tillarning strukturasini aniqlashga urinishdan kelib chiqdi.

Tillarni struktura jihatidan ayrim gruppalarga ajratish tilning fonetik sistemasini, lug‘at sostavini, va grammatik qurilishini ko‘zda tutadi. Biroq tillarning klassifikatsiyasini yaratishda asosiy e’tibor ko‘proq grammatik qurilishga beriladi. Bu o‘z-o‘zidan tushunarli: so‘zlarning gap qurilishidagi ishtiroki, o‘zaro bog‘lanishi so‘z strukturasida mavjud bo‘lgan elementlarning ishtirokida aks etadi. Shunga ko‘ra tilshunoslikda sof sintaktik qurilish asosida tillarni klassifikatsiya qilish umum tomonidan e’tirof qilinmadi. Ammo morfologik klassifikatsiya turli nuqtai nazardan tanqid qilingan, qayta-qayta ishlangan bo‘lsa ham (hatto, ba’zan inkor qilingan bo‘lsa ham), hozircha tillarni gruppalashtirib baholashda undan foydalanadilar, mavjud til tiplari nomlarini tilga oladilar (A. A. Potebnya, I. A. Bo-duen de Kurtene, L. V. Shcherba va boshqalar).

Morfologik tasnif tillarning morfologik tomonini o‘rganishga, til strukturasida juda muhim, hatto markaziy o‘rin tutgan so‘z va so‘z formalarining tuzilish xususiyatlari bilan shug‘ullanishga undaydi. Shuning uchun ham turkiy tillarda (shuningdek, o‘zbek tilida) so‘zniig morfologik xususiyatlarini – so‘z yoki so‘z formalarining morfologik strukturasini tahlil qilish ishiga kirishishdan ilgari turkiy tillarning morfologik klassifikatsiyasida tutgan o‘rniga nazar solish lozim. So‘ngra esa turkiy tillardagi agglyutinatsiyaning xususiyatini, so‘zning morfologik qismlarini (umuman, morfolagik strukturasini), so‘z formasiniig nima ekanligini va so‘z formalarining turlarini, nihoyat, sintaktik (yoki so‘z o‘zgartuvchi) formalarning yasalishida morfemalarning qanday rol o‘ynashi bilan bog‘langan ayrim muhim masalalarni yoritishga kirishish mumkin.

Tillarni tasnif qilishga urinishning dastlabki namunalari o‘rta asrlardan yangi davrga – rivojlanayotgan kapitalizm davriga o‘tishni boshlab bergan. Uyg‘onish (Renessans) davriga to‘g‘ri keladi. Lotin va grek tillari («klassik tillar») qatorida Sharq tillari, xususan, semit tillari (qadimgi yahudiy, arab, suriya tillari va boshqalar) qizg‘in ravishda o‘rganila boshlanadi. Shu bilan birga boshqa tillarga ham e’tibor kuchayadi. o‘sha davrda ilm olamiga ma’lum bo‘lgan barcha tillarning katologini tuzish va klassifikatsiya qilishga urinish frantsuz gumanisti G. Postellusning «Tillarning qarindoshligi haqida» «De finitfte linguarum» 1538 y.) nomli traktati bilan boshlanadi. Uyg‘onish davridagi mashhur olimlardan Iosif Yustus Skaliger (1540 — 1609) – Yuliy Tsezar Skaligerning (1484 – 1558) o‘g‘li – Yevropa tillarini ayrim gruppalarga ajratishga uringan edi. Bu urinishi juda qisqa bayondan iborat bo‘lgan. I. Yu. Skalyager Yevropa tillarini o‘n bitta asosiy tillarga (matrices) ajratadi. Bulardan to‘rttasi katta gruppalarni – til onalarni («materi-yazыki») tashkil qiladi. Bular: lotin tili, grek tili, tevton tili, slavyan tili. Ana shu onalarini Deus, Oeos, Godt nomlari bilan ataydi. qolgan etti til onasi yuqoridagilarga nisbatan kichik gruppalar hisoblanadi. Bular alban (epirot) tili, tatar tili, venger tili, fin tili (lopar tili bilan birga), irland tili, kimr (britt) tili (breton tili bilan birga), bask tili.

Petr I zamonidan boshlab, ayniqsa, 1725-yilda Fanlar akademiyasiga asos solinganidan keyin, rus fani jahon madanyatida katta rol o‘ynay boshladi. Kavkaz va Sibir halqlarining tillari yozib olinib, olimlar tomonidan o‘rganishga kirishildi. Bunda ayniqsa Stralenbergning xizmatlari diqqatni o‘ziga jalb qiladi. U shimoliy – sharqiy Yevropa va Osiyo tillarini klassifikatsiya qilishga urinadi. Masalan, 1739-yilda e’lon qilingan “Tavi1a ro1ug1otta” asarida bu kategoriyadagi tillarni 6 guruhga bo‘ladi: 1) fin-ugor tillari, 2) shimoldagi turkiy xalqlarning tillari, 3) samped tillari, 4) mo‘g‘ul, manjur, tibet tillari, 5) to‘ngus va paleo – osiyo tillari, 6) Kavkazdagi tog‘liklarning tillari.

O‘tmishda tillarni geografik printsip jihatidan tasnif qilishga urinish ham bo‘lgan.

Masalan, I. X. Adelung (1732—1806) o‘zining to‘rt tomli «Mitridat...» nomli asarida (III va IV tomlarini I. S. Fater (1771 —1826) nashrga tayyorlagan) ana shunday qiladi.

I. X. Adelung tillarda bo‘lgan struktura o‘xshashligini qadimiy qarindoshlik natijasi deb hisoblagan. U masalan, shu nuqtai nazardan kelib chiqib, bir bo‘g‘inli ajratuvchi tillarni bir gruppaga kiritadi.

A.Shlegel tillarni uch gruppaga bo‘ladi:

1. Hech qanday grammatik strukturaga ega bo‘lmagan tillar.

2. Affiks oluvchi tillar (ya’ni so‘zlar orasidagi grammatik munosabatlarni affikslar yordami bilan ifodalaydigan tallar).

3.Flektiv tillar.

Bu tillarda grammatik munosabatlar affikslardan tashqari ichki fleyuriya yordami bilan ham ifodalanadi. U flektiv tillarda grammatik aloqani ifodalashning ikki usuli – shntetik, va analitik usullari borligini ko‘rsatadi. (Ma’lumki, keyinchalik buni G. Shteyntalь ma’qullagan edi).

Aka–uka Shlegellarning tipologik klassifikatsiyasi oz sonli tillarnigina o‘z ichiga oldi. Juda ko‘p yirik tillar bu klassifikatsiyadan o‘z o‘rnini topmadi. Shunga qaramay, Shlegellarning klassifikatsiyasi hozirgacha morfologik klassifikatsiyaning boshi, asosi bo‘lib qoldi. Bir yarim asr, davr davomida tillarni morfologik jihatdan ajratuvchi, agglyutinativ va flektiv tiplarga bo‘lishning birinchi manbai mana shu Shlegellarning tipologik tasnifidir.

F.F.Fortunatov agglyutinativ tillarning morfologik xususiyatini shunday ta’riflayda: «Ayrim so‘z formalariga ega bo‘lgan til oilalarining talay ko‘pchiligida bu formalar so‘zlarda negiz va affiksning shunday ajralish vositasi orqali yasaladiki, bunda negiz yo fleksiyaga ega bo‘lmaydi, yoki negizda bunday fleksiya yuz bersa ham, u so‘z formasi uchun zarur narsa emas... Bunday tillarni morfologik klassifikatsiyada, garchi noaniq ravishda bo‘lsa ham, agglyutina-tsiyalashuvchi yoki agglyutinativ, ya’ni yopishtiruvchi tillar termini bilan atash odat bo‘lib qolgan. Bunda so‘z formalaridagi negiz va affiks o‘z ma’nolariga ko‘ra so‘zning bir-biriga yopishtirilgan ayrim qismlari sifatida kelaveradi».

Ikkinchi guruhga semit tillarini kiritadi. Bu tillarda so‘z negizlari o‘zlaricha zarur bo‘lgan formaga ega bo‘lib, bu formalar negiz fleksiyasi bilan, ya’ni tovush tomonining o‘zgarishi bilan yasaladi. Shu bilan birga, semit tillarida negiz bilan affiks orasidagi munosabat xuddi agglyutinativ tillardagi singaridir. Demak, bu tillarda negiz fleksiyasi affiks bilan birgalikda so‘zning ma’lum formasini hosil qiladi. Shuning uchun semit tillarini flektiv – agglyutinativ tillar deb ataydi.

Uchinchi guruhga hind – Yevropa tillari kiritiladi. Bu tillarda so‘z formasi negiz va affikslarning shunday aloqaga kirishidan tuziladiki, bunday aloqa na agglyutinativ tillarda, va na flektiv – agglyutinativ tillarda mavjud emas. Ana shunday tillarga nisbatan flektiv tillar degan nom saqlab qolinadi.

«Nihoyat, shunday tillar borki, bularda affikslar bilan yasaladigan so‘z formalari yo‘q. Bularda, umuman, ayrim so‘z formalari mavjud emas» (xitoy, siam tillari). Demak, bu tillar to‘rtinchi gruppani tashkil qiladi.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish