Tilning ijtimoiy vazifalari. Tilning paydo bo`lishi va rivojlanishi. Reja



Download 20,14 Kb.
bet3/3
Sana25.03.2022
Hajmi20,14 Kb.
#508506
1   2   3
Bog'liq
1-semenar

ijtimoiy kelishuv nazariyasi ham paydo bo`ldi. Bu nazariya vakillarining fikricha, narsa- buyum, voqea- hodisalarni nomlashda odamlar o`zaro kelishib olishgan. Bu fikr ijtimoiy kelishuv nazariyasining ham asosi aniq emasligini ko`rsatib turibdi. Vaholanki, o`zaro kelishuv vositasi, asosan, tildir. O`zaro ijtimoiy kelishuv uchun insonda yuqori darajada rivojlangan tafakkur va til bo`lmog`i zarur. Bu nazariya tilning paydo bo`lishini emas, balki til rivojlanishining ba’zi tomonlarinigina ko`rsatib bera oladi, xolos.
Yuqorida sanab o`tilgan nazariyalarning hech biri tilning paydo bo`lishi masalasini inson, tafakkur va jamiyatning paydo bo`lishi bilan bog`lab o`rganmaydi. Shunga ko`ra, ular tilning kelib chiqishi va rivojlanishi masalasini to`g`ri yoritishga ojizdir. Bu masalaga XIX asr oxiri XX asr boshlarida paydo bo`lgan dialektik matearializm asoschilari, yuqoridagilardan farqli o`laroq, bir qadar to`g`ri yondashadilar. Dialektik materializm oqimining namoyandalari nemis olimlari K.Marks va F.Engelslar bo`lib, ular “Maymunning odamga aylanish protsessida mehnatning roli”, “Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi” kabi qator asarlarida tilning paydo bo`lishi muammosiga katta e’tibor qaratganlar. Ularning yozishlaricha, bundan taxminan bir million yillar muqaddam yer yuzida odamsimon maymunlarning juda taraqqiy etgan nasli yashagan. Ular, odatda, yerda yurishgan, oldingi ikki oyoqlari qo`l vazifasini bajargan. Odamsimon maymunlar oldingi oyoqlari bilan dastlab tabiatdagi tayyor predmetlardan qurol sifatida foydalanganlar va ko`proq tik yurishni o`rgana boshlaganlar. Tik yurish asta-sekin ular uchun hayotiy zaruratga aylangan, shu tariqa ozod bo`lgan qo`l borgan sari ko`proq va turli-tuman ishlarni bajarishga moslashgan. Kishilik jamiyatining, til va tafakkurning paydo bo`lishi mehnat tufayli maymunning odamga aylanishi bilan bog`liq.
Bu nazariya bir qancha asosli biologik va sotsial faktorlarga tayanib, ilmiy farazlar qiladi. Hozirgi tarix, antropologiya kabi ko`pgina fanlar odam, jamiyat, til, tafakkur va nutqning paydo bo`lishi to`g`risidagi talqinlarda shu ilmiy farazlardan foydalanadi. Biroq, shuni ham ta’kidlash zarurki, keyingi yuz yillar davomida odamsimon maymunlar ustida olib borilayotgan maxsus tajribalar “odam odamsimon maymunlardan tarqalgan” degan fikrni bir qadar rad etmoqda.
Diniy ta’limotga oid muqaddas kitoblarda esa til insoniyatga olloh tomonidan in’om etilgan ne’matdir, mazmunidagi fikrlar ilgari suriladi.
Xullas, tilning kelib chiqishi tafakkurning paydo bo`lishi, qolaversa, yer yuzida inson zotining paydo bo`lishi kabi muammolar bilan uzviy bog`liq bo`lib, bu muammolar insoniyat tarixida uzil – kesil yechimini topgan emas.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan ma’lum bo`ladiki, til hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan kishilar ibtidoiy jamoasining mehnat jarayonida eng zaruriy ehtiyoji natijasida paydo bo`lgan. Garchi qadimgi ibtidoiy jamoa tillarning qachon paydo bo`lganligi, u tillar qanday til ekanligi, ularning lug`at tarkibi, grammatik qurilishi nimalardan iboratligini isbotlovchi dalillar bo`lmasa-da, yozuv paydo bo`lgandan keyingi, ya’ni bundan 15-20 ming yillar oldin yozib qoldirilgan yodgorliklarga asoslanib, ba’zi tillarning shakllanishi va taraqqiyoti to`g`risida mulohaza yuritish mumkin. Bu xususda keyingi mavzularimizda batafsil to`xtalamiz.

Topshiriq: Mavzulardan birini tanlab, taqdimot tayyorlang.


O`zbek xalqining shakllanish va nomlanish tarixi
Til va madaniyat
O`zbekiston hududida o`zbek millati etnik asosining shakllanishi
Adabiy til nima? M. Mirzayev bahosi.
Milliy til bilan adabiy til (nutq) orasidagi aloqa
Adabiy til (nutq) va sheva
Download 20,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish