8.1 Tilning asosiy xususiyatlari
So’nggi yillarda insonning maqsadli faoliyat, o’zlikni anglash va madaniyat kabi sohalarda mavjudotlar orasida o’ziga xos maqomda turishiga qarshi fikrlar bildirilmoqda(McGrew, 1992, 2001; Butovskaya, 2000b; de Waal, 2001), va ko’p hollarda bu fikrlar ilmiy asosga ega ekanligi ham isbotlanmoqda. Til esa hozirda insonning hayvonlardan butunlay ajratib turuvchi so’nggi sohani tashkil qilmoqda. Ko’pchilik tadqiqotchilar tilni faqat insonga tegishli hodisa sifatida ko’rishadi (Dennet, 1994). Insonning til imkoniyatlar miyaning oliy psixik funksiyalari bilan, avvalo timsoliy fikrlash, shuningdek, o’z fikrlari va niyatlarini yashirish qobiliyatlari bilan bevosita bog’liqdir. Quyida keltirilganidagidek, yuqori darajada rivojlangan timsoliy fikrlash faqat insonga xos bo’lsada, insonning eng yaqin qarindoshlaridan bo’lmish odamsimon maymunlar ham yetarlicha intellectual qobiliyatlarga ega bo’lib, maymunlar bu qobiliyat yordamida timsollarni o’rganishi va bu bilim yordamida insonlar yoki o’z turdoshlari bilan muloqotga kirishishlari mumkin (Линден, 1981; Резникова, 2000; Butovskaya, 2000b).
Timsoliy muloqot muammosi haqida so’z ketganda uch tushunchani farqlash kerak. Bular: muloqot, til va nutq. Muloqot deganda biron jamiyat a’zolari orasida axborot uzatilishi va almashinishi tizimi tushuniladi. Tilga tadqiqotchilar turli xil tariflar berishadi (Chomsky, 1972). Tilning bu ta’riflarini orasidan bir muqobil variantini keltiramiz: til predmetlar, hodisalar va niyatlarni ixtiyoriy ravishda belgilovchi, o’rnatilgan birliklardan iborat spontan harakatlar tizimidir (Kimura, 1979). Nihoyat, nutqga keladigan bo’lsak, u so’zlarni talaffuz etish va ulardan iboralar yasash, va bu iboralat orqali so’zlar to’plamiga ma’no berish qobiliyatiga asoslanuvchi til shaklidir (Резникова, 2000).
Til haqidagi tasavvurlar bir qancha zaruriy belgilarning mavjudligi bilan bog’liq. Amerikalik tilshunos Ch. Hokett insonda mavjud bo’lgan tilning 8 ta asosiy xususiyatini boshqa hayvonlarda mavjud muloqot tizimlari bilan solishtiruvchi ro’yxatni takilf qiladi (Hockett, 1960). Keyinchalik esa bu ro’yxatdagi belgilar soni 16 taga yetkazilgan (Hockett, 1963). Ba’zi ajralib turuvchi belgilarni quyida ko’rib chiqamiz:
Semantiklik (ikki taraflamalilik): mavhum belgiga muayyan ma’no yuklash. Inson tili bir paytning o’zida tovushli va ma’noli tashkillash qobiliyatiga ega. Nutq fonema (tovush) lardan yaratiladi va bu tovushlarning esa nutq hosil qilishi va ma’noga ega bo’lishida ularni minglab xil usulda tashkillashtirish mumkin. Bu yerda aynan ikki taraflamalik mavhum simvollardan yaxlit ma’noli tuzilma hosil qilish imkonini beradi. Agar hayvonlarda ikki taraflamalilikni tushunish imkoniyati bo’lmasa, ular tomonidan beriladigan har qanday xabar filogenetik rivojlanish mahsuli bo’lishi zarur (Резникова, 2000). Natijada shu narsa ayon bo’ladiki, hayvonlar barcha tur uchun umumiy hisoblangan kommunikativ jarayon doirasida xabar almashishlari mumkindir.
Mahsuldorlik: ma’noga ega bo’lgan tugal miqdordagi birliklardan tuzilgan cheksiz miqdordagi xabarlarni yaratish va tushuna olish qobiliyati. Aynan mahsuldorlik tufayli til ochiq tizim hisoblanadi, va til ishlatuvchilari shuning uchun ham istalgan mavzuda cheksiz miqdorda xabarlar yaratishlari mumkin.
Ixtiyoriylik: xabarlar abstrakt birlik-timsollar asosida tashkillashtiriladi, ikonik “tasvirlar” asosida emas.
O’zaro almashinish qobiliyati: xabar yubora olish qobiliyatiga ega individ xabarni qabul qilish qobiliyatiga ham ega.
Ixtisoslashuv: xabarlar ixtisoslashgan muloqot tizimlari vositasida yuboriladi. Bunda bevosita harakat sodir bo’lmaydi, balki faqat nimadir haqida xabar yetkaziladi.
Almashuvchanlik: so’zlar turli xil ketma-ketlikda tuzilishi mumkin. xabarning ma’nosi so’zlar va gaplarning ketma-ketligi tartibiga bog’liq bo’ladi.
O’zgaruvchanlik: xabar mavzusi vaqt va makonda xabarning manbasidan uzilgan holda yetkazilishi mumkin. Tilning bu xususiyati insonlarga o’tmish yoki kelajak haqida bemalol gapirish imkonini beradi.
Madaniy davomiylik: signallar shaklidagi axborotni avloddan avlodga genetik asosga emas madaniy ta’limga asoslangan holda o’tkazish imkoniyati.
1 jadvaldan ko’rinib turibdiki, ba’zi mavjudotlarning (asalarilar) tabiiy muloqotlari ko’pchilik me’zonlar bo’yicha Ch. Hokett tomonidan keltirilgan til orqali muloqotning talablariga mos keladi. Undan tashqari, tajriba sharoitida (kar va soqov insonlar hamda kompyuter tili ustida o’tkazilgan tajribalarda) shu ma’lum bo’ldiki, insonsimon maymunlar insonlar tilini o’zlashtirishi va tilning asosiy xususiyatlariga amal qilgan holda undan foydalanishi mumkin ekan (Savage-Rumbaugh, Lewin, 1994).
Do'stlaringiz bilan baham: |