Тилини ривожлантириш департаменти ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Download 8,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/398
Sana02.06.2023
Hajmi8,89 Mb.
#948061
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   398
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY 
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY 
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
62 
O.V.Kukushkina, А.А.Polikarpov, Ye.V.Surovsevalar tomonidan amalga oshirilgan [O.V.Kukushkina, 
А.А.Polikarpov, Ye.V.Surovseva, 2011].
Milliy til korpusi mavjud bo‘lgan tillarda mualliflik korpusi ham yaratilgan. Bugun internet 
tarmog‘ida bir necha ochiq manbali mualliflik korpuslari mavjud. Gutenberg loyihasidan olingan 250 
million so‘z bilan ingliz tilidagi taxminan 3000 ta badiiy matnlar korpusi tasvirlangan, ular 130 dan ortiq 
mualliflar (masalan, Darvin, Dikkens, Shekspir) tomonidan yozilgan badiiy va badiiy bo‘lmagan 
janrlarni qamrab olgan [https://www.gutenberg.org/]. Shekspir asarlari korpusi 2001-yilda Erik 
M.Jonson tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lib, 1864-yilgi Globe nashri asosida Shekspirning to'liq asarlari 
jamlangan [https://www.Opensourceshakespeare.org/]. Tatar badiiy matnlar korpusida tatar 
mualliflarining nasriy va she'riy asarlari, ayrim folklor janrlarining matnlari, shuningdek, boshqa tillardan 
tatar tiliga tarjima qilingan asarlar kiritilgan. “Korpus” ga joylashtirilgan har bir asar metatekst 
markirovkasiga ega bo'lib, unda muallif, asar nomi, janri va yaratilish vaqti haqida ma’lumotlar mavjud 
[http://litcorpus.antat.ru/index.html]. 
Boshqird she’riyat korpusi 1,8 milliondan ortiq so‘zni tashkil etadi, 
taxminan 450 ming satr she’riy asar, 101 shoirning 17 mingdan ortiq she’ridan iborat. Bu dunyodagi 
ikkinchi rus she’riy korpusi hisoblanadi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, matn to‘plami XX asr va XXI asr 
boshlarida boshqird shoirlarining she’riy asarlaridan iborat. 
Tojik tili milliy korpusi tarkibiga alohida 
mualliflar korpusi birlashtirilgan [http://www.termcom.tj]. Mualliflik korpusi tarkibidan mumtoz 
adabiyot namoyondalari Rudakiy, Firdavsiy, Sa’diy Sheroziy, Mavlono Rumiy, Hofiz Sheroziy va 
zamonaviy adabiyot namoyondalaridan Loyiqali Sherali, Mo‘min Qanoat, Habibullo Fayzullolar 
mualliflik korpusi joy olgan. Turk tili va adabiyoti korpusi mundarijasida xalq dostonlari, she’rlar, 
hikoyalar, kitoblarning elektron shakli, maqolalar, dramalar, komediyalar, maktublar, reportajlar va 
qardosh xalqlar, jumladan, qozoq, qirg‘iz, o‘zbek, tatar adabiyoti ham o‘rin olganini ko‘ramiz 
[https://edeb.net].
O‘zbek korpus tilshunosligida mualliflik korpusi bo‘yicha tilshunos olima Sh.Xamrayeva ilmiy 
tadqiqot olib borgan, endi uni amaliy jihatdan qo‘llash vaqti keldi [Hamroyeva Sh.M, 2018]. O‘zbekiston 
milliy universiteti Jurnalistika fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Kompyuter lingvistikasi 
mutaxassisligi professor-o‘qituvchilari hamda magistrantlari tomonidan mualliflik korpusi tuzish 
tamoyillari o‘rganib chiqilmoqda hamda o‘zbek milliy adabiyoti korpusini yaratish loyihalashtirilmoqda. 
Ushbu loyihalashtirilayotgan korpus o‘zbek milliy adabiyotiga oid matnlarni elektron holda bir joyga 
to‘plash, lug‘atlar tuzish, leksikografik manba sifatida foydalanishni ko‘zda tutadi.
Korpus mundarijasida bolalar adabiyoti, xalq dostonlari, o‘zbek folklori, mumtoz adabiyot 
bo‘stoni, jadid adabiyoti, XX asr adabiyoti, mustaqillik davri adabiyoti kabi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. 
Har bir ijodkor korpusida “Tarjimayi holi”, “She’rlari”, “Nasriy asarlari”, “To‘plamlari”, “Tarjima 
asarlari”, “Adabiy maqolalari”, “Suratlari”, “Video lavhalari”, “Audio fayllari”, “Shoir ijodi bo‘yicha 
qilingan tadqiqotlar”, “Konkordans”, “Parallel konkordans” kabi qidiruv oynalari mavjud bo‘lishi ko‘zda 
tutilgan, ijodkor asarlarini HTML, PDF shaklda (formatda) har qanday kompyuterda o‘qish va yuklab 
olish imkoni bo‘ladi. “Konkordans” oynasida ijodkorning chastotali lug‘ati alifbo tartibida beriladi. 
Bunda muallifning so‘z qo‘llash bilan bog‘liq mahorati, muallif nutqida tillarning grammatik



Download 8,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish