46
ichiga oladigan butunlikdir. «Matn lingvistikasi» qo‘llanmasida abzatsni
tashkil etgan gaplar o‘zaro sinsemantik (sintaktik va leksik-semantik) hamda,
avtosemantik (grammatik aloqalarsiz, faqat semantik) aloqa usulida birikishi
aytiladi. Shuningdek, abzatslarning strukturasiga ko‘ra quyidagi ko‘rinishlari
mavjudligi sanab o‘tiladi: 1) Sodda gapdan iborat bo‘lgan abzatslar; 2)
Qo‘shma gapdan iborat bo‘ladigan abzatslar; 3) Periodik nutq formasidan
iborat bo‘lgan abzatslar; 4) Superfrazali sintaktik butunlikdan iborat bo‘lgan
abzatslar; 5) Ko‘chirma-o‘zga gapli abzatslar.
94
Bunga aralash tipdagi nutq
formalaridan tashkil topgan abzatslarni ham kiritish mumkin. Abzatsdagi
«xabar» tema-rematik munosabatdagi gaplarda ifodalanadi. Tema (yunoncha
thema – asos bo‘lgan narsa) deb gapning aktual bo‘linishida so‘zlovchi va
tinglovchi (o‘quvchi) uchun ma’lum (tanish) bo‘lgan narsani ifodalovchi,
yangi narsani ifodalashga o‘tish uchun asos xizmatini bajaruvchi qismga
aytiladi. Rema (rheme-commentaire – ma’lumot, sharh) esa temadan keyin
kelib so‘zlovchi tinglovchiga (o‘quvchiga) bildirmoqchi, aytmoqchi bo‘lgan
yangi xabar mazmunini ifodalovchi qism, gapning yangi ma’lumot (axborot)
qismi.
95
Odatda gapning ega sostavi tema, kesim sostavi esa rema vazifasida
keladi:
Ahmad //darsga kelmadi. Sotvoldi // nima qilishini, qayoqqa borishini
bilmay, hayron turardi. U // Sotvoldining dadasi To‘lagan edi.
Lekin har doim ham ega sostavi tema bo‘lavermaydi. Buni quyidagi
misolda ko‘rishimiz mumkin:
Do‘stim menga kitob sovg‘a qildi.
Bu gapda
tema to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘z bilan ifodalangan. Rema esa ega va
kesim sostavidan iborat gap bilan ifodalangan. YUqorida tema - rematik
munosabatdagi gaplarning ketma-ket kelishi natijasida abzats yuzaga kelishini
ta’kidlagandik. Faqat bu ketma-ketlik qay tarzda namoyon bo‘ladi, degan
tabiiy savol tug‘iladi. Buni quyidagi gaplar misolida ko‘rib chiqamiz.
Do‘stim
menga kitob sovg‘a qildi.(1). Kitob
samimiy va beg‘ubor muhabbat haqida
edi.(2). Muhabbat
hech kimni befarq qoldirmaydigan tuyg‘u.(3). Birinchi
gapda qo‘shnimga so‘zi tema qolganlari rema ekanligini ko‘rib chiqdik.
Ikkinchi gapda birinchi gapning remasi yangilik xususiyatini yo‘qotib, tema
maqomiga o‘tadi. Uchinchi gapda ham shu jarayon ro‘y beradi. Bunday
bog‘lanish tarzini
izchil tema-rematik bog‘lanish deb ataymiz. Buni
quyidagi chizma orqali yanada aniqroq tasavvur qilishimiz mumkin:
Tema
1
Rema
1
Tema
2
Rema
2
Tema
3
Rema
3
va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: