Қаранг: Şerif Aktaş Edebiyatta üslup ve problemleri. –Ankara, «Akçağ», 1993,46.s
5
Зильберман Л.И. Лингвистика текста и обучение чтению английской научной литературы.
–М., 1988, с. 29.
6
Шамсиддинов Ҳ. Ўзбек тилида сўзларнинг функционал-семантик синонимлари.
Филол.фан.докт...дис.-Тошкент,1999, 187-б.
5
aloqalarning mavjudligi, makon va zamon izchilligi, yaxlitligi va
tugallanganligi, bir umumiy mavzuga egaligi kabilarni tushunamiz. Matn ana
shunday belgilarni o‘zida mujassamlashtirgan murakkab kommunikativ -
sintaktik butunlikdir.
7
Y.M.Lotman «matn ifodalilik (ma’lum bir fikr
ifodalangan
bo‘lishi),
chegaralanganlik
(mazmun
va
ifodadagi
me’yoriylikning bo‘lishi) va struktural butunlik belgilariga ega bo‘lishi
lozim»
8
ligini ta’kidlaydi. Ayniqsa, badiiy matn uchun mazkur belgilar
favqulodda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunga ko‘ra tilshunoslikda o‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab matn
lingvistikasi yo‘nalishi tez sur’atlarda rivojlana boshladi. G‘arbiy Evropa
mamlakatlarida matn lingvistikasi bo‘yicha davriy nashrlar, ilmiy maqolalar
to‘plami, monografiya, o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar nashr qilindi. Rus
tilshunosligida matn lingvistikasining shakllanishi va rivojlanishida
I.R.Galperin, K.Kojevnikova, E.A.Referovskaya, G.Y.Solganik, V.G.Gak,
M.V.Lyapon,
O.I.Moskalskaya,
A.A.Metsler,
O.L.Kamenskaya
kabi
olimlarning xizmati katta bo‘ldi.
O‘zbek tilshunosligiga matn nazariyasining olib kirilishi va yangi
taraqqiyot
bosqichiga
ko‘tarilishida N.M.Turniyozov, B.Yo‘ldoshev,
A.Mamajonov, E.Qilichev, M.Hakimov, M.Yo‘ldoshev, S.Boymirzayevaning
tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. Shu tariqa o‘zbek tilshunosligida ham
matn har tomonlama turli aspektlarda tadqiq qilindi va bu boradagi
tadqiqotlar davom etmoqda.
Mazkur fanni o‘qitishdan asosiy maqsad - matn lingvistikasi fanining
ilmiy-nazariy masalalari bo‘yicha atroflicha bilim berish bilan birga ularning
kelajakdagi ish faoliyatlarida amaliy ahamiyat kasb etuvchi lingvistik bilim,
ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
Mazkur fanning vazifasi - matn lingvistikasining ilmiy-nazariy
masalalari, matnning tilshunoslikda o‘rganilishi, matn birliklari, matn tiplari,
matnda parsellyasiya hodisasi, matnning tarkibi qismlarini bog‘lovchi
vositalar, matnning lingvostatistik tahlili hamda matnning kommunikativ-
pragmatik mazmuni bo‘yicha bilimlarga o‘rgatishdan iborat. Ushbu fan
talabalarni nazariy jihatdan etuk mutaxassis bo‘lishlari uchun xizmat qiladi.
Matn lingvistikasi fanining ob’ekti – matn (ilmiy, badiiy, publitsistik
matn va b).
Matn lingvistikasi fanining predmeti – matnning turli jihatlarini tadqiq
qilish,
ya’ni matnni lingvistik, sotsiolingvistik, psixolingvistik,
lingvostatistik, kognitiv-diskursiv va b. jihatlarini o‘rganishdir.
7
Ҳакимова М.К. Ўзбек тилида вақт маъноли луғавий бирликлар ва уларнинг матн
шакллантириш имкониятлари. Филол.фан.номз...дис. -Фарғона, 2004, 103-б.
8
Лотман Ю.М. Структура художественного текста. –Москва, 1970, с.67.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |