GLOSSARIY
Anafora -
She’riy misralarning boshida yoki nasriy asardagi
gaplarning oldida bir xil jaranglagan tovush,
ohangdosh so‘z va iboralarning takrorlanib kelishi.
Antiteza -
Badiiy asarda bir-biriga zid ma’noli so‘zlarni yonma-
yon qo‘llash, qarshilantirish san’ati.
Antifraza-
Ironiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, biror shaxs yoki
predmetga xos bo‘lgan u yoki bu ijobiy xususiyatni
kulgili intonatsiya bilan inkor qilishga aytiladi.
Allegoriya-
Qochirim, kesatish, pichingga asoslangan ma’no
ko‘chishi
Alliteratsiya-
Misralar, undagi so‘zlar boshida bir xil undosh
tovushlarning takror qo‘llanishi: Qaro qoshing,
qalam qoshing, qiyiq qayrilma qoshing, qiz...
Amfiboliya-
Ikki xil talqin etish, ikki ma’noda tushunish mumkin
bo‘ladigan gap. Bu //ahmoq odam emas. Bu ahmoq //
odam emas.
159
Apastrofa-
Jonsiz predmetlarga jonli narsadek murojaat qilish va
shunday munosabatda bo‘lish
Argo-
Yasama til. Biror ijtimoiy guruh, toifa vakillari
o‘rtasida
tushunarli
bo‘lgan,
boshqalar
tushunmaydigan lug‘aviy birliklar.
Arxaizm-
Ma’lum davr uchun eskirgan, iste’moldan chiqa
boshlagan til birligi.
Assonans-
Aynan yoki yaqin unlilarning takrorlanishi natijasida
yuzaga keladiganohangdoshlik.
Aferezis-
Oldingi so‘zning so‘nggi tovushi ta’sirida keyingi
so‘z boshidagi tovushning tushishi. Aytar edi →
aytardi.
Varvarizm-
Ona tiliga o‘zlashmagan, o‘zga til hodisasi sifatida
qo‘llangan so‘z yoki ibora: madam, missis, mersi...
Vulgarizm-
Adabiy tilga kirmaydigan dag‘al so‘z va iboralar.
Geminatsiya-
Qo‘sh undoshlik. Ikki aynan bir xil undoshli
holatning yuzaga kelishi: uchchida, teppasida...
Giperbola-
Narsa-hodisa,
jarayonlarning
belgi-xususiyatini,
holatini o‘ta bo‘rttirib tasvirlash.
Gradatsiya-
Nutq parchalaridan biri ikkinchisining ma’nosini
kuchaytirib borishidan iborat uslubiy jarayon.
Demunitiv
shakl-
Kichraytirish shakli (deminutiv shakl, deminitus):
qizcha, tugunchak, kelinchak.
Jargon-
Biror
guruh
vakillarining,
o‘z nutqi bilan
ko‘pchilikdan ajralib turish maqsadida, o‘zicha
mazmun berib ishlatadigan so‘z va iboralari.
Jonlantirish-
Jonsiz predmet, mavhum narsalarga insonga xos
xususiyatlar berib tasvirlash usuli. Personifikatsiya.
Tashxis.
Intellektual
leksika-
Ma’lum bir tushunchanigina ifodalab, qo‘shimcha
emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lmagan
so‘zlar
Ironiya-
So‘z va iboralarning kesatiq yoki piching bilan o‘z
ma’nosiga qarama-qarshi ma’noda ishlatilishi.
Kakofemizm-
(disfemizm)
Ayrim tushunchalarni qo‘pol va dag‘al usulda
ifodalash.
Evfemizmning
teskarisi.
Masalan:
o‘ldirmoq-jonini
jahannamga
jo‘natmoq,
asfalasofilinga ravona qilmoq kabi ifodalar.
Kalambur-
So‘z o‘yini. Ko‘p ma’noliligiga, fonetik tuzilishi bir
xilligiga yoki yaqinligiga asoslanadigan usul
Kanselyarizm-
Rasmiy stilga xos so‘z va nutq shakllari
Kataxraza-
Qarama-qarshi tushunchalarni bog‘lash, so‘zni o‘z
Do'stlaringiz bilan baham: |