Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

References 
1. Nazarov K., Usmanov S., Tokhirov V. Culture of speech of a lawyer. Tashkent, 2003. 
2. Mirkhamidov M., Hasanov S. Legal language and advocate speech. Tashkent, 2004. 
3. Explanatory dictionary of the Uzbek language. Five volumes. Volume 2. Tashkent, 


295 
2006. 4. Russian-Uzbek dictionary. Tashkent, 1972. 
4. A Dictionary of Law. Sixth edition. Edited by Elizabeth A. Martin, Jonathan Law. 
Oxford University Press, 5. Handbook of Legal Terms. Michigan Judicial Institute. Lansing, MI 
48913 
 
Choʻlpon asarlarida intertekstuallik 
Intertextuality in Chulpon's work 
Axmedova Aziza Rustamovna

 
Annotation:
 In this article we will talk about the term intertextuality and the methods of 
its formation. 
Key words:
 literary text, intertextuality, lingvopoetics, intertext, transformation, epigraph 
 
Badiiy matn badiiy asar mazmunini ifodalagan, funksional jihatdan tugallangan, tilning 
tasvir imkoniyatlari asosida shakllangan, oʻzida turli uslub koʻrinishlarini muallifning badiiy 
niyatiga koʻra erkin jamlay oladigan, tinglovchi yoki oʻquvchiga estetik zavq berish, ta’sir etish 
xususiyatiga ega boʻlgan gʻoyat murakkab butunlik hisoblanadi [Yoʻldoshev, 2019: 83]. 
Badiiy matn tarkibiga olib kirilgan oʻzga matn intertekstullikni yuzaga keltiradi. 
"Intertekstuallik" atamasi (inglizcha “intertextuality”, fransuzcha “intertextualité”) 1967-yilda 
poststrukturalizm nazariyotchisi Yuliya Kristeva tomonidan kiritilgan [7]. Ammo ushbu 
tushunchaning paydo boʻlishiga rus olimi M.Baxtin sababchi boʻlgan. Uning fikricha har qanday 
matn boshqa bir matndan transformasiya qilingan va oʻzlashgan iqtiboslar mozaikasi singari 
tuzilgan. [Kristeva, 2000: 429] Intertekstuallikning bunday talqini, tabiiyki, har qanday badiiy 
matnning yangiligini, umuman, badiiy matn yaratish imkoniyatini, badiiy matnga mualliflik 
maqomini inkor etadi, ya'ni hech bir badiiy matn yangi emas, badiiy matn yaratilmaydi, balki 
tuziladi, badiiy matnning egasi muallif emas, balki oddiy tuzuvchidir qabilidagi haqiqatdan yiroq 
xulosalarga olib kelishi mumkin. [Yoʻldoshev, 2019: 108] 
M.Baxtinning intertekstuallik toʻgʻrisidagi qarashlariga keyinchalik A.Gorshkov qarshi 
chiqadi va uning notoʻgʻri ekanligini asoslaydi. Uning fikricha intertekstuallik va 
«
межтекстовые свеязи
» “matnlararo aloqalar” (oʻzb) aynan bir narsa: lotinchada inter soʻzi 
между
tushunchasini ifodalaydi, shuning uchun intertekstuallik oʻrniga «
межтекстовые 
свеязи
» atamasini qoʻllash toʻgʻri boʻladi, deb ta'kidlaydi. [Gorshkov, 2006: 72] 
M.Yoʻldoshev Gorshkovning fikrlariga qoʻshilmaydi va “matnlararo aloqalar” atamasi 
hodisa mohiyatini toʻliq ochib bermaydi deb ta'kidlaydi. “Baribir “intertekstuallik” termini 
hodisa mohiyatini, ya'ni matn ichidagi boshqa matn yoki matn unsurlari tushunchasini aniqroq va 
toʻliqroq aks ettiradi. “Matnlararo aloqalar” termini esa, avvalo, bir matn ichidagi matnlar 
aloqasiga emas, balki alohida-alohida matnlar oʻrtasidagi aloqaga ishora qiladi, qolaversa, termin 
tarkibidagi aloqa soʻzi ham butunlik sifatidagi matn hodisasi mohiyatini xiralashtiradi. ... 
Umuman aytish mumkinki, muayyan badiiy matn tarkibida oʻzga matnlarga daxldor 
unsurlarning mavjudligi shu matnning intertekstualligidir”. [Yoʻldoshev, 2019: 108] 
D.Xudoyberganova intertekstuallikka quyidagicha ta'rif beradi: Intertekstuallik (
lot
. inter 
– oraliq + 
lot.
textus – mato; toʻqish; aloqa, uygʻunlik) biror matn tarkibida boshqa matn yoki 
uning unsurlarining ochiq yoki yashirin tarzda mavjud boʻlishi. Lingvokulturologiyada 
intertekstuallikka ikki madaniy-semiotik maydonning “dialogi” sifatida yondashiladi. 
[Xudoyberganova, 2015: 24] 

Tayanch doktorant, O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, axm.aziza@mail.ru 


296 
Bizning nazarimizda ham, intertekstuallik atamasini qoʻllash maqsadga muvofiq. Badiiy 
asarning ta'sirchanligini, estetik qimmatini oshirish maqsadida olib kirilgan matn asosiy matn 
bilan mazmuni va lisoniy qurilishi bilan singishib ketishi kerak. Bu esa yozuvchidan katta 
mahorat talab qiladi. 
N.Mahmudov ilmiy matnga olib kirilgan matnga badiiy maqsad yuklatilmasligini 
ta'kidlaydi va olib kirilayotgan matnlarni struktural turlarga boʻlib tahlil qiladi. “...ilmiy matnda 
kiritmalar lingvopoetik yoki badiiy maqsadga emas (aslida, ilmiy matnda bunday maqsadlar 
qoʻyilmaydi ham!), balki mazmun ifodasining aniqligi va toʻliqligi, matnning mazmuniy 
hajmdorligi, turli qoʻshimcha ma'lumotlarni ta’kidlash, muayyan munosabatni yoʻl-yoʻlakay 
qayd etish, shu tariqa matndagi ifoda yakrangligidan qutulish, ilmiy matn idrokini qulaylashtirish 
kabi bir qancha maqsadlarga xizmat qiladi. ...Ilmiy matnlardagi kiritmalarning struktural 
turlarini quyidagicha belgilash maqbul: 1. Soʻz-kiritmalar. 2. Birikma-kiritmalar. 3. Gap-
kiritmalar. 4. Mikromatn-kiritmalar”. [Mahmudov, 2018:102-103] 
Badiiy matnning intertekstualligi xilma-xil shakllarda namoyon boʻladi. Asosiy matnga 
olib kiriladigan oʻzga matn yozuvchi niyatiga koʻra asosiy matnning turli qismlaridan joy olishi 
mumkin. Badiiy asarga intermatn sarlavha yoki epigraf tarzida kiritilishi, shuningdek, asar 
oʻrtasida yoki oxirida kelishi ham mumkin. Kiritilayotgan oʻzga matn mikromatn: maqol, 
mashhur adiblarning gaplaridan (aforizm), she’rlaridan parcha yoki faqatgina bir misrasi, 
ashulalar, yor-yor-u allalar, makromatn: hikoya, rivoyat, afsona, hadislar ham boʻlishi mumkin.
Adib asarida har bir soʻzga, har bir detalga alohida e'tibor qaratadi. Bilamizki, asarga 
sarlavha qoʻyish ijodkordan katta mahorat talab qiladi. Sarlavha badiiy asarning gʻoyaviy 
mazmuni, badiiy estetik qimmatini oʻzida jam qiladi va uning muhim tarkibiy qismi sanaladi. 
Ba'zan sarlavha qoʻyishda ham intertekstuallik hodisasi yuz beradi. 
Choʻlpon bir hikoyasini “Kleopatra” deb nomlaydi. Kleopatra nafaqat tarixiy, balki 
folklor va adabiy qahramondir. Hammaga ma'lumki, Kleopatra (mil. av. 69 — Iskandariya — 
mil. av. 30) — Misrning ptolemeylar sulolasidan boʻlgan soʻnggi podshohi, Ptolemey XIning 
qizi. Kleopatra bilimdonligi, aql zakovati hamda betimsol goʻzalligi bilan taxtga erishgan 
vafosiz, sadoqatsiz, muhabbatsiz ayol timsolida tarixda qolgan. Kleopatra mifopoetonimi 
intertekstullikni hosil qilgan va hikoyaning ta'sirchanligini oshirgan. 
Badiiy matnda intertekstuallikni yuzaga keltiradigan usullardan yana biri epigrafdir. 
Epigraflar badiiy matnda ham ilmiy va publisistik matnlardan ham qoʻllanilishi mumkin. Bu 
muallifning ixtiyoridan kelib chiqgan holda ishlatiladi. Badiiy matnda epigrafga yozuvchining 
gʻoyasini, asarning asosiy mazmuni yoritib berish vazifasi yuklatiladi. Choʻlpon ham oʻz 
asarlarida epigraflarning turli koʻrinishlaridan foydalanadi: 
1) 
Yozuvchi “Kecha va kunduz” romanida 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish