Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

 
 
Madaniyatlararo muloqot va oʻzbek tili taraqqiyotida iboralarning oʻrni hamda 
ahamiyati 
The idioms’ role and importance at intercultural communication and development 
of Uzbek language 
Nasirov Abdurahim

 
 
Annotation:
 
In intercultural communication, the sender and recipient of the message 
belong to different nationalities and cultures, and the participants interacting are aware of each 
other’s culture, language, and their differences. Today, the way of life, ethics, behavior, national 
identity, customs, eating, drinking, dressing, talking, entertaining guests, let alone studying any 
culture, that is, to engage in intercultural communication, is first and foremost the same nation, 
must know the language of the people, and for this it is necessary to learn foreign languages. 
Through the study of a foreign language, pupils and students have the opportunity to become 
acquainted with the ethnic and cultural values and culture of the country where the language is 
studied. The article analyzes intercultural communication in the field of linguocultural studies, 
enriches it with examples of foreign and native languages, and the author emphasizes the role 
and importance of phrases in the development of intercultural communication and the Uzbek 
language. Thus, the national identity of the language is clearly reflected in the proverbs. 
Key words:
 
Culture, communication, language, foreign language, competence, 
education, membership. 
 
Chaqoloq dunyoga kelib, ingalab ovoz chiqarishni boshlagandan muloqot boshlanadi. 
Ushbu muloqot avvalo koʻrish, eshitish, his etish orqali bir tomonlama boʻlsa, tili chiqa 
boshlagandan keyin ikki tomonlama muloqotga aylanadi. Bu odatda ona va bola oʻrtasida 
kechadi. Muloqot bolalarning 1-3 yoshligida nafaqat gapirish orqali, balki turli harakatlar, ovoz 
chiqarishlar yordamida amalga oshiriladi.

Dotsent, filologiya fanlari doktori, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i maslahatchisi


244 
Katta hayotdagi muloqot – bu insonlar oʻrtasida individual yoki ommaviy tarzda ogʻzaki 
yozma, turli aloqa vositalaridan foydalangan holda ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishning 
ijtimoiy shartli jarayoni hisoblanadi. Madaniyatlararo muloqot esa bu har xil madaniyatga 
mansub shaxslar va guruhlar oʻrtasidagi munosabatlar va aloqalarning turli koʻrinishdagi 
majmuasidir.
Madaniyatlararo yoki millatlaaro muloqot tushunchasi birinchi marta G.Treyger va 
Y.Xoll tomonidan oʻtgan asrning 50-yillarida "Madaniyat va aloqa" asari orqali faol atama 
sifatida muomalaga kiritilgan. Madaniyatlararo munosabatda xabar yuboruvchi va xabar qabul 
qiluvchi turli millat va madaniyatga mansub boʻladi, munosabat qilayotgan ishtirokchilar bir-
birining madaniyatidan, tilidan va ularning farqidan xabardor boʻladi.
Bugungi kunda har qanday millat vakillari boshqa bir millatning tili, madaniy dunyosi, 
urf-odatlari, tajribasini oʻrganish, tadqiq etishi, shu bilan birga oʻzining madaniyatini, milliy urf-
odatlarini boshqa xalqlar bilan baham koʻrishi uchun hech qanday toʻsiq mavjud emas. Aynan 
shunday oʻzaro ochiqlik, xalqlararo madaniyatlarga boʻlgan munosabat madaniyatlararo 
muloqot hisoblanadi.
Oʻzga millatlarning yashash tarzi, etikasi, fe’l-atvori, milliy oʻziga xosligi, urf-odatlari, 
yeyish, ichish, kiyinish, gapirish, mehmon kutish, qoʻyingki har qanday madaniyatini oʻrganish, 
ya’ni madaniyatlararo muloqotga kirishish uchun birinchi navbatda oʻsha millatning, xalqning 
tilini bilishi kerak, buning uchun esa chet tillarni oʻrganishi lozim.
G.Treyger va boshqa tadqiqotchilarning fikriga koʻra, madaniyatning muhim tarkibiy 
qismlaridan biri bu tildir, bu fikrlarni ifoda etish vositasi, aloqa vositasi, fikrlash shakli, aniq 
inson hayot faoliyatining namoyon boʻlishi, bu esa oʻz navbatida tilning haqiqiy mavjudligidir. 
Tilning aloqa jarayonlaridagi oʻrni koʻp yillardan buyon ilmiy tahlil mavzusi boʻlib kelgan, 
ammo til va nutq aloqalarini oʻrganishda eng katta yutuqlar XX asr, til, tafakkur va 
madaniyatning uzviy aloqasiga doir tadqiqotlar boshlangan davrlarda rivojlangan. Ushbu aloqani 
G.Treyger til va madaniyatni taqqoslash orqali koʻrsatgan.
Mamlakatimizda chet tillarini oʻqitishda pragmatik jihatlar oʻquvchi va talabalarning 
bilim, koʻnikma va malakalarini shakllantirishi bilan bogʻliq. Chet tilini oʻrganuvchilar tilini 
oʻrganayotgan davlatning etnik madaniy qadriyatlari bilan tanishishi va madaniyatini oʻrganishi, 
idrok etishi jarayonida chet tilini yanada chuqurroq egallab, uni amaliy qoʻllash imkoniyatiga 
ega boʻlib boradi. Shu kabi bilim, koʻnikma va qobiliyatlar oʻquvchi-talabalardagi 
kommunikativ kompetensiya hisoblanadi.
Yurtboshimiz 2020-yil 30-sentabrda oʻqituvchilar kuniga bagʻishlangan nutqida: “Bu yil 
tavalludining 145 yilligi nishonlanayotgan ulugʻ ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxoʻja 
Behbudiy oʻz vaqtida biz uchun ikki emas, toʻrt tilni bilish zarur, deb bong urgan edi. Behbudiy 
bobomizning ushbu da’vati hozir ham gʻoyat dolzarb boʻlib turibdi”, deb bejizga aytmadi. [1, 2-
6 bet.] 
Bu, avvalo, ona tilimiz, oʻzbek tili – davlat tilini mukammal bilish va uning yuqori 
saviyada oʻqitilishi bilan bogʻliq. Bundan tashqari, mamlakatimizda oʻqitiladigan chet tillarini: 
ingliz, nemis, fransuz va boshqa gʻarbiy va sharqiy tillarni oʻqitish metodikasini 
takomillashtirish, ona tili, davlat tili va chet tillarni oʻqitish konsepsiyalarini yaratish, uzluksiz 
ta’lim tizimidagi ushbu tillarni oʻqitishning uzluksizlikni ta’minlash, dasturlarni modernizatsiya 
qilish kabi vazifalarni oldimizga qoʻyadi.
Inson chet tilini qanchalik mukammal bilsa, uning dunyoni anglash imkoniyatlari 
shunchalik katta boʻladi, oʻz ona tilini qanchalik yaxshi bilsa, milliy hayotning nozik tomonlarini 
chuqurroq biladi, – deydi "Til falsafasi muammosi" kitobining muallifi, professor 
K.X.Xanazarov. Muallif mazkur qoʻllanmada zamonaviy dunyoda til oʻrganish muammosining 
yechimi sifatida uch tillik: bir vaqtning oʻzida milliy tilni bilish, oraliq tilni bilish va makro tilni 
bilishni taklif qiladi. [Xanazarov, 2007; 61]. 


245 
Mamlakatimizda tillarni, jumladan chet tillarni oʻqitish sohasida 2012-yildan buyon 
salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Mazkur islohotlar doirasida uzluksiz ta’lim 
tizimining chet tillar boʻyicha davlat ta’lim standarti tasdiqlangan. Unda “Chet tili kommunikativ 
kompetensiyasi – oʻrganilayotgan chet tili boʻyicha egallagan bilim, koʻnikma va malakalarni 
muloqot jarayonida qoʻllash qobiliyatidir”, deb qayd etilgan. Mazkur hujjatda Lingvistik 
kompetensiya til materiali (fonetika, leksika, grammatika) haqida bilimlar va nutq faoliyati 
turlari (tinglash, gapirish, oʻqish va yozish) boʻyicha koʻnikmalarni egallashni nazarda tutadi. 
Sotsiolingvistik kompetensiya ijtimoiy-madaniy kompetensiyani oʻz ichiga olib, autentik 
nutqning milliy xususiyatlarini: oʻzi yashayotgan mamlakatning urf-odatlari, qadriyatlari, 
marosimlari va boshqa milliy-madaniy xususiyatlarni bilish hamda tili oʻrganilayotgan mamlakat 
bilan taqqoslagan holda taqdim eta olish qobiliyatini koʻzda tutishini hamda pragmatik 
kompetensiya ogʻzaki yoki yozma nutqda fikrlarni tegishli til vositalari orqali ifodalashni 
nazarda tutishi, diskurs kompetensiyasi ogʻzaki yoki yozma nutqdagi izchillikni ta’minlashda 
lingvistik signallarni tushunish va interpretatsiya qilish koʻnikmalarini nazarda tutishi 
belgilangan. Ushbu talablarga asosan ta’lim bosqichlarining har biriga A1 dan S1 gacha darajalar 
belgilanib, yuqoridagi kompetensiyalar mazmuni singdirilgan. [DTS, 2013: 6]. 
Chet tilida muloqot jarayoni faqat axborot uzatish va yoki uni qabul qilish emas, balki 
munosabatlarni tartibga solish, muloqotning holatini baholashga oʻrgatishdir. Chet tilida 
muloqot kompetensiyasi kommunikativ madaniy rivojlanish uchun asos yaratadi. 
Shunday ekan, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishda soʻz, leksik birliklar, 
grammatik, fonetik, semantik, stilistik qoidalar bilan bir qatorda

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish