493
4.
Elliot Aronson. The Jigsaw Classroom. – CA, Sage view Edition, 2008.–197р.
https://www.teachingenglish.org.uk/
5.
Matthew C. Haug. Philosophical Methodology: The Armchair or the Laboratory? –
NYC, 2013, –480 p.
Oʻzbek tilini ikkinchi chet tili sifatida oʻrganishda ona tilining roli
(oʻzbek va rus tillari misolida)
The role of native language in learning the uzbek as a second foreign language
(in the uzbek and russian materials)
Qarayeva Begʻam Xolmanovna
*
Annotation:
This article deals with the problems of learning the Uzbek language as a
second foreign language. Comparative analysis of the study of the native and foreign languages
is carried out. Differences and similarities of the vocabulary of the Uzbek and Russian
languages are studied, effective ways of mastering vocabulary in the educational process are
recommended.
Key words:
Native language, the Uzbek language, second foreign language, educational
process, comparative analysis, vocabulary, vocabulary of the Russian and Uzbek languages,
proverbs, Uzbek and Russian national proverbs
Har bir chet tilini oʻrganish jarayonida ona tilining ishtirok etishi tabiiy hol, shuning uchun
ham bu jarayonning har bir bosqichida muntazam ravishda ona tilining ta'sir qilishi
muammosiga duch kelinadi.
Talabaning til tayyorgarligi qay darajada past boʻlsa, bu ta’sir shu darajada yuqori boʻladi.
Amaliy mashgʻulotlarga ajratilgan vaqtning yetarli emasligi oʻquv jarayoni uchun belgilangan
mavzu boʻyicha materiallarni oʻzlashtirish davomida aniq seziladi. Chet tilining oʻqitilishi
jarayoniga ona tilining ta'sir etishi muammosini oʻrganish va uni vaqtincha ajratib qoʻyish ona
tilining ta'sir doirasini kamaytiradi hamda chet tili nazariyasi va amaliyotiga nisbatan katta
qiziqish orttiradi. Shu oʻrinda oʻrganilayotgan chet tillari va ona tilining munosabatlarini hisobga
olish zarur boʻladi. Chet tilini oʻrganishning yakuniy natijasi, qoʻllanilayotgan metodik
usullarning samaradorligi talabaning til oʻrganish qobiliyatigagina emas, balki til bilishning
tayanch darajasiga va shuningdek, auditoriyada mashgʻulotlar oʻtkazish uchun ajratilagan oʻquv
soatlariga ham bogʻliq boʻladi.[Щукин, 2012:154-157].
Oʻrganilishi zarur boʻlgan har bir mavzu uchun ajratilgan dars soatlari yetarli darajada
boʻlishi ham nazariy bilimlarni oʻzlashtirish, ham amaliy mashgʻulotlarda olingan bilimlarni
yanada mustahkamlash uchun xizmat qiladi va zarur boʻlganda takrorlash imkoniyatini ham
beradi.
Chet tilini oʻrganishning asosiy maqsadi – til sistemasinigina (ya'ni, lingivistik
kompetensiya) oʻrganish emas, balki shunday darajada kommunikativ kompetensiyani oʻrganish
hamdir, ya'ni oʻrganilayotgan til vositalari yordamida faoliyatning u yoki bu sohasida nutqiy
muloqotni amalga oshira olish qobiliyatidir. Kommunikativ kompetensiya asosida tilga doir
bilimlar va nutqiy malaka va koʻnikmalarni egallash turadi, bularning barchasi esa amaliy
mashgʻulotlar jarayonida shakllantiriladi.
Chet tilini oʻrganish davomida ona tili va chet tilidagi fonetika, leksika, grammatika tizimlarini
solishtirish zarur boʻladi, chunki bularn ing barchasi birgalikda kommunikatsiya birligini tashkil
qiladi.
*
Pedagogika fanlari nomzodi, Moskva davlat lingvistika universiteti o‘qituvchisi
494
Y.A. Osinseva-Rayevskayaning talabalarning ona tiliga yoki oʻrtada vosita vazifasini
oʻtayotgan tilga murojaat etishlarining toʻrtta dolzarb usuli borligini koʻrsatib oʻtadi:
1.Oʻquv jarayonida talabalarning oʻrganilayotgan chet tili va ona tilini qiyoslashlari. Chet
tilini oʻrganayotganda talaba oʻzi mustaqil ravishda yoki oʻqituvchi yordamida uning ona tili
bilan barcha darajalarida, tilning barcha sathlarida ( fonetik, leksik va grammatik va tilning
boshqa sathlarida) oʻxshashlik tomonlari yoki farqli jihatlarini aniqlaydi, tillararo
interferensiyaning yuzaga kelishini avvaldan bilish va uning oldini olish, u tildan bu tilga
koʻchirib oʻtish imkoniyatlarida foydalanish.
2. Milliylikka yoʻnaltirilgan oʻquv materiallari va qoʻllanmalarini yaratishda talabalarning ona
tilini hisobga olish.(bu oʻrinda madaniyatga oid matnlardan foydalanish).
3.Rus tilini chet tili sifatida oʻrganish kurslarida oʻqish jarayonini olib borishda ona tili va vosita
vazifasini oʻtayotgan tildan foydalanish, tashkiliy vazifalarni bajarish, grammatik materialni
tushuntirish, soʻz ma'nolarining semantizatsiyasiga e’tibor berish.
4.Turli millat vakillari boʻlgan talabalarning oʻquv materiallariga moslashuvida ularning oʻz
ona tiliga murojaat etishlari. Universal darsliklardan foydalangan holda va ularda berilgan
materiallarning boshqa tilda soʻzlovchi talabalar tomonidan qabul qilinishiga qarab oʻqituvchi
xulosaga keladi va mashgʻulotlarning samaradorligini oshirish uchun qaysi ma'lumotlar,
qoʻshimcha sharhlar yoki oʻquv materiallaridan foydalanish zarurligi va ularni mashgʻulotlarning
yanada samaraliroq boʻlishi uchun oʻquv jarayoniga kiritishni ishlab chiqadi.[Osinseva-
Rayevskaya, 2014:96 -102].
Rossiya oliy oʻquv yurtlarida boshqa chet tillari qatorida oʻzbek tilini oʻrganish dasturlariga
fonetika, tilning lugʻat tarkibi va grammatikani reja asosida oʻrgatish kiritilgan, aytish
mumkinki, koʻproq e'tibor asosan grammatikaga qaratiladi. Nafaqat kasbiy muloqot olib borish
uchun, balki kundalik turmush tarzi bilan bogʻliq muloqotga kirishish uchun eng avvalo, ma'lum
darajada soʻz boyligiga ega boʻlish va muntazam ravishda soʻz boyligini yanada oshirish uchun
shugʻullanish zarur boʻladi.Shu maqsadda biz quyida leksikani qiyoslab oʻrganishga bir oz
toʻxtalamiz.
Oʻzbek tilini ikkinchi chet tili sifatida oʻrganish jarayonida leksikani qiyoslab oʻrganish ham
oʻzi samarasini beradi. Soʻz oʻrganish jarayonida har bir soʻzni ona tili qiyoslab oʻrganishgina
nafaqat talabaning soʻz boyligini oshiradi, balki talabaning oʻquv materialini tezroq
oʻzlashtirishida ham yordam beradi.
O.A. Azizov oʻzbek tilida soʻz yasalishining 4 usuli borligini koʻrib chiqadi: suffikslar
bilan, prefikslar bilan, soʻzlarni qoʻshish yordamida va abbreviatsiya. Oʻzbek tilida «suffikslar»
termini keng qoʻllanadi, uning ta'kidlashicha, agglyutinativ tillar uchun toʻliq mos kelmaydi.
Oʻzbek tilida soʻz yasalishida aralash usullardan qoʻllanilmaydi, soʻzlarni qoʻshib soʻz yasash
usullari, ularning xilma-xilligi, turlari u qadar koʻp emas [Azizov, 1983:154-157].
Koʻpchilik mutaxassislarning fikricha, oʻzbek tilidagi soʻz yasash usullariga nisbatan rus tilida
soʻz yasalish vositalari xilma-xil va boydir. Rus tilida soʻz yasalishi son va rodlar kabi
grammatik kategoriyalar bilan, shuningdek, turlanishlarning koʻrinishlari bilan bogʻliq, shuning
uchun ham bu jarayon oʻzbek tilidagi soʻz yasalishidan kuchli farq qiladi, chunki oʻzbek tilida
rodlar bilan bogʻliq emas va bu kategoriya oʻzbek tili grammatikasida yoʻq. Shuni aytish
lozimki, flektiv soʻz yasalish jarayonlari u yoki bu tilning qurilishi, til rivojlanishining oʻziga
xos jihatlari bilan bogʻliq [Bakieva, 2012:13].
Suffikslar bilan soʻz yasalishining usullari
– soʻz asosiga qoʻshimchalarning qoʻshilishi
bilan soʻz yasalishi. Masalan, rus va oʻzbek tillarida :
Do'stlaringiz bilan baham: