teginmoq, tegmoq
, ya’ni “biror
buyumni fiziologik ushlash harakati”ni ifodalovchi soʻzga “his-tuygʻulariga tegib ketmoq, ta’sir
qilmoq”semasini bergan (fransuzcha “
toucher”dan)
[Valentina X., 2012].
Umuman olganda analitik tillar sintetik tillarga taqqoslanganda koʻproq polisemantik
tabiat kasb etadi. Ammo tillarning semantik boyish xususiyatini chogʻishtirib oʻrganish ma’lum
murakkablik tugʻdiradi. Chunki amaldagi lugʻatlar soʻzlarning barcha semalarini ham
yoritavermaydi. Bundan semantik tipologik tadqiqotning diaxronik aspektda amalga oshirilishi
naqadar murakkablik yuzaga keltirishini tushunsa boʻladi.
Semantik tipologiya, shuningdek, tillarda mavjud semantik kategoriyalar polisemiyasidan
ham ibtido olishi mumkin. Bunda tillararo oʻzaro takrorlanuvchi leksemalarning yoki ularning
ekvivalentlarining mavjudligi, koʻp ma’noliligi, ma’no koʻchish xususiyatlari hamda morfologik
oʻziga xosliklarga egaligi maqsadga muvofiqdir.
Bir qarashda inson ongi oʻzida mavjud boʻlgan muhitda cheksiz sonli oʻxshashliklarni
aniqlash salohiyatiga ega. Binobarin, qancha koʻp tillarda izlanish olib borsak, shuncha koʻp
oʻziga xos metaforalarga va kutilmagan ma’no koʻchish holatlariga shohid boʻlamiz. Ammo
koʻzga yaqqol tashlanadigan namunalaga mahliyo boʻlib, semantik universallar – leksik
polisemiyaning tillararo naqadar keng tarqalganligini koʻzdan qochiramiz.
Leksik polisemiyani tadqiq qilishning eng samarali usuli – komponent tahlil metodi. Bu
nuqtayi nazardan qaralganda, polisemantik soʻzning tayanch va hosila ma’nolari orasidagi aloqa
mazkur ma’nolar uchun umumiy boʻlgan semantik belgi (komponent)dan iborat boʻladi
[Селиверстова, 1975]. Bu belgini I. Qoʻchqortoyev “taqqoslash asosi” deb nomlaydi.
Polisemantik soʻzning aksariyat sememalari hosila mano sanalib, ular asosiy tayanch
ma’nodagi biror elementga chogʻishtirilishi asosida yuzaga keladi. “Leksik polisemiya”
tushunchasi haqida toʻliq tasavvur hosil qilish uchun I. Qoʻchqortoyev A. A. Potebnyaning bu
jarayonga aloqador juda tushunarli va chiroyli tasvirini keltiradi:
“Lampaga kiydirib qoʻyilgan dumaloq oq qalpoqchani endi gapira boshlagan bolaga
koʻrsatib, “Bu nima?” deb soʻrab koʻraylik. Bola bu narsani oldin koʻp marta koʻrgan, lekin unga
ahamiyat bergan emas. Bola uni bilmaydi, chunki taassurotlarning izlari oʻzligicha bilim
boʻlolmaydi. Bizning maqsadimiz bolaning avvalgi taassurotlariga yangi taassurotlar qoʻshish
emas. Bizning maqsadimiz bolaning e’tiborini lampa haqidagi taassurotlarni oʻzining bilimga
aylangan, bir tartibga keltirilgan taassurotlari bilan bogʻlashga yoʻnaltirishdan iborat. Bola
50
savolga: “Tarvuzcha,”─deb javob berdi. Bu orada bolaning miyasida nomlash (atash) orqali
bilish amali sodir boʻladi. Boshqacha qilib aytganda, bolaning miyasida bilinayotgan, hali
nomlanmagan narsani oldin bilingan, nomlangan narsaga taqqoslash, ular orasidagi oʻxshashlikni
topish, bilish amali yuz berdi. Oq chinni sharni tarvuz deb atash bilan bola sharning rangi yashil,
ichi qizil, ta’mi shirin deb oʻylagani yoʻq... Avvalgi soʻzning ma’nosidan yangi ma’noga faqat
bir belgi, dumaloqlik belgisi oʻtdi, xolos.” [Потебня, 1958]
Yuqoridagi misolda keltirilgan bolani millat masshtabida yondashib mushohada qilsak,
denotativ borliqni mavjud millatlar oʻz tarixiy-madaniy tajribalari va necha asrlar silsilasida
shakllangan ijtimoiy onglari etiqodiga asosan talqin qilishadi. Shundan bir xil moddiy yoki
nomoddiy tushuncha ularning ongida turli kontekstual hamda ruhiy-emotsional konnotatsiyalar
hosil qiladi. Bundan kelib chiqadiki, oʻxshash tarixiy-ijtimoiy-madaniy tajribaga ega millatlar
leksikoni tashkil etuvchilari bir xil yoki oʻzaro yaqin semalarni boʻlishishadi. Bu jarayon
lingvistikada koleksifikatsiya fenomeni sifatida ma`lum.
Tillararo semantik chogʻishtiruv aniqlik bilan amalga oshirilishi uchun eng avvalo har bir
polisemantik tarmoq semantik atomlarga ajratilishi lozim. Tadqiqot obyekti sifatida tanlangan
har bir tushuncha uchun bu empirik metod quyidagi ikki bosqichni taqozo etadi:
Dastlab bir tilda shu tushunchani lugʻaviy ifodalaydigan soʻz topiladi va uning
polisemantikligini belgilovchi turli ma’nolari (“atomlari”) aniqlanadi.
Soʻngra ikkinchi til tadqiq qilinib, aniqlangan ma’nolar aynan yoki oʻxshash lugʻaviy
ifodalanishi, ya’ni koleksifikatsiya qilinishi, yangi semalar bilan roʻyxatni yanada boyitish
mumkin yo yoʻqligi oʻrganiladi.
Shu oʻrinda keltirib oʻtamizki, ixtiyoriy til agar ikki funksional xilma-xil ma’nolarni bir
xil leksik shaklda ifodalasagina, ularni koleksifikatsiyalashtirgan hisoblanadi. Koleksifikatsiya
tasviriy-semantik xarakterga ega boʻlib, soʻzning tarixiy izohlariga neytral qaraydi, ya’ni
soʻzning evolyutsiyasidagi turli tarixiy ma’nolari koleksifikatsiyalashib kelishi mumkin. Bu
ma’lum tilning semantik soʻz boyishida qaysi millatlar hissasining mavjudligini aniqlashga
yordam beradi va qanday semalar bilan kelajakda lugʻaviy birliklar semantik yuki kengayishi
mumkinligi borasida farazlar qilishga ham imkon yaratadi.
Koleksifikatsiya metodi natijalari tarixiy, madaniy, geografik va mahalliy sharoitlar bilan
tushuntirilishi tadqiqotning navbatdagi bosqichi hisoblanadi. Bunda funksional nuqtayi nazardan
qoʻllanadigan “muhit” termini nolisoniy xususiyatlarni oʻzida jamlaydi va shu til
soʻzlashiladigan jamoaga bevosita bogʻliq boʻladi. Masalan, quyidagicha faraz qilish mumkin:
deylik qoʻy va qoʻchqor soʻzlari bir xil lugʻaviy ifodalansa, demak, bu jamoada ushbu jinsiy farq
kamroq ahamiyatli, ya’ni u yerda chorvachilik an’anaviy kasbi-kor boʻlmasligi mumkin.
Polisemiya haqida gap borganda semantik freym tushunchasiga ham toʻxtalib oʻtamiz.
Lingvistik nuqtayi nazardan, hatto eng yaqin ma’noli sinonimlar ham turli boshqa soʻzlar bilan
birikmalar hosil qiladi va har bir leksik birlik atrofidagi kontekstga alohida e’tibor qaratish
lozim. Leksemaning semantik xususiyatlari uning boshqa soʻzlar bilan birika olish nuqtayi
nazaridan sistematik tahlil qilinishi maqsadga muvofiqdir. Kombinator leksik tipologik
yondashuvda freym tushunchasi funksional bir xillikka ega prototipik vaziyatlarni nazarda tutadi.
Maqolamiz fokusi ma’lum guruh fe’llar semantik tipologiyasi ekan, Mariya
Koptevskaya-Tammning suzish-harakat fe’llaridagi metaforik holatlar yuzasidan keltirgan
namunalarini misol tariqasida havola etamiz [Koptjevskaja-Tamm, 2008: 52].
Suzish (swim)
→ moʻl-koʻlchilik → pulda suzish, koʻz yoshlarda suzish
Kemada suzish, oqim boʻylab suzish (sail, drift)
→ toʻsiqsiz, cheklanmagan harakat→
Siyosiy partiya oʻz oqimi boʻylab suzdi.
Suzish (float)
→ shaklsizlik, beqarorlik→ Bu matnni oʻqiyotganimda soʻzlar koʻz
oʻngimda suzib ketyapti.
Koʻrinib turiptiki, ingliz tilidagi “suzish” fe’lining mavjud semalari uchta semantik freym
hosil qilyapti.
51
Shunday qilib, semantik tipologik tadqiqot uchun tafovutlar muhimdir. Zero,
tilshunoslikning bu aspekti tillararo xilma-xillikning shartlanganligi va tizimliligini aniqlashga
urinadi. Shu asnoda quyidagi fundamental nazariy savollarga yechim izlanadi:
o
Ma’lum hodisaning tillararo farqliligini belgilovchi mezonlar nimalardan iborat?
o
Qanday shakllarda bu mezonlar oʻzaro namoyon boʻladi?
o
Nazariy isbotlangan va taxmin qilingan shakllar orasidagi umumiyliklar nimalarni tashkil
etadi?
o
Ma’lum hodisa borasida nima universal hamda nima faqatgina shu tilgagina xoslangan
xususiyatga ega?
Tadqiqot natijasida erishilgan tipologik xususiyatlar va umumlashmalarni atrof-muhit
sharoitlari, biologik omillar, ijtimoiy-tarixiy hamda madaniy sharoitlar bilan tushuntirish
mumkin. Shu asnoda, semantik tipologiyaning pragmatika va ijtimoiy lingvistika bilan aloqasi
yuzaga chiqadi.
Xulosa qiladigan boʻlsak, semantik tipologik tadqiqot tillararo oʻzaro oʻxshash jihatlarni,
bogʻliqliklarni chogʻishtirishni taqozo etadi. Bunda lugʻatlar, turli janr va koʻrinishdagi badiiy
adabiyot namunalaridan tashqari birlamchi tadqiqot vositalari, ya’ni, maqsadli soʻrovnoma,
maqsadli uyushtirilgan intervyu va situatsion videolavhalar asnosida qoʻlga kiritilgan natijalar
ham muhim va hattoki, samaraliroq tadqiqot materiali boʻlib xizmat qiladi. Zotan leksik-
semantika tilning boshqa strukturalaridan farqli oʻlaroq juda ulkan va xilma-xilliklarga boy til
aspektidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |