gudek, -guday
(arziguday baho, maqtaguday koʻrk, oʻlguday dangasa, eb
qoʻygudek tikilmok, borguday boʻlmoq) qoʻshimchasi sifat, ravish, ravishdoshga xos belgilarga
ega boʻlib, tadqiqotchilar uni ravish yasovchi (A.M.Borovkov, Z.M.Ma’rufov) deb baholaydilar.
A.Hojiyevning koʻrsatishicha,
-gudek
shaklida ravishdoshlarga xos belgi kuchliroq boʻlsa ham,
uni “umuman belgi bildirishga xoslangan” shakl deyish mumkin[Oʻzbek tili grammatikasi, 1975:
524].
-gudek/-guday
shakllari kelasi-zamon sifatdosh shakli
-gu
hamda oʻxshatish-qiyoslash
ma’nosini bildiruvchi -
tek//-dek, -day
shakllarining yaxlitlanishidan hosil boʻlgan; -gu shakli faol
qoʻllangan davrda bu shakllarning birikuvi nisbatan erkin boʻlib,
-dek, -day
qoʻshimchalari
predikativ pozitsiyada kelasi zamon sifatdoshi ma’nosidagi taxmin-oʻxshatish, chamalash-
qiyoslash jilolarini kuchaytiruvchi fakultativ birlik vazifasini bajargan;
-gu
qoʻshimchasi ma’no-
vazifasidagi cheklanganlik XV asrdayoq sezilarli tus oladi. Shuning uchun ham
-gudek
birikmasi
yaxlit bir butunlikka aylanib, eski oʻzbek tilining muntazam shakllari qatoridan oʻrin oladi. Bu
shaklning xususiyatlariga Alisher Navoiy ham maxsus e’tibor berib, shunday yozadi: “Yana bir
nav’ iborat va adolari borkim, birovdin bir ishni gumon eltmak bila ul ishni ul kishiga nisbatguna
berurlar, yoʻqqi tahqiq yuzidin, balki mazanna va gumon haysiyatidin, ammo munda diqqat
koʻpdur. Andoqki, borgudek va yorgʻudek va kelgudek va bilgudek va aytkudek va qaytgudek va
urgudek va bu forsiyda boʻlmas”[A.Navoiy, 1967: 117].
Mirza Mehdixon
-gudek
shaklli yasalmalar
salurdek, qoʻzgʻalurdek
kabi qurilmalarga
ma’nodosh ekanligini qayd etadi. Lekin -
ur
qoʻshimchasining keyingi davrlarda ham faol
qoʻllanilganligi
-ur+dek
birikmasining yaxlit qoʻshimchaga aylanishiga imkon bermagan
boʻlishi mumkin.
44
Bizningcha
, -gudek/-guday
shakllari koʻp ma’noli affiks hisoblanib, -gu shaklining -dek/-
day sifat yasovchi shakli bilan birikib ketgan. Bugungi kunda
-gudek/-guday
affiksi koʻproq
hollarda sifatdosh boʻlib keladi va shu bilan bir qatorda koʻp ma’noliligini ham saqlab qolgan.
Turkiy tillarda, shuningdek, oʻzbek tilida analitik shakllar qadimdan keng tarqalgan
hodisa boʻlgan. B.A.Serebrennikov, I.Z.Gadjievaning qayd etishicha, tarz, tus nomi bilan ham
yuritiluvchi koʻmakchi fe’llarning hosil boʻlishi turkiy bobo tilning alohida tillarga boʻlinishi
(farqlanishi) davriga toʻgʻri keladi [Morfologiya, 1988: 444]. Bu holat esa ayni shakllarning
turkiy bobo til davridayoq mavjud boʻlganligidan guvohlik beradi. Demak, analitik shakllar
tarixan mavjud boʻlib, bugungi kun nuqtayi nazardan ham amalda qoʻllanmoqda.
Fe’l analitik shakllari turkiy tillarda qadimdan keng tarqalganligini hisobga olib,
O.Byotlingkdan boshlab bu xil shakllarga fe’lning perifrastik shakllari termini qoʻllangan boʻlsa,
1965-yili A.A.Yuldashevning “Аналитические форма глагола” nomli kitobi nashr etilgach,
ikkinchi termin (analitik shakl) ham keng qoʻllana boshladi. Analitik shakl hosil qiluvchi fe’llar
turkiy tillarda miqdor jihatidan turlichadir. D.M.Nasilov maxsus tadqiqotlar tahlili, lugʻat va
grammatikalar asosida qadimgi turkiy til yodgorliklarida yigirmata, oʻzbek va qoraqalpoq
tillarida yigirma ettita, tatar tilida yigirma toʻqqizta, tuva va yoqut tillarida yigirmaga yaqin, turk
tilida oʻn beshtacha koʻmakchi fe’llarni qayd etgan.
1963-yili Sankt-Peterburg (Leningrad) shahrida ikki yirik konferensiya oʻtkazildi. Bu
konferensiya soʻz va uning tuzilishi, soʻzning grammatik shakllari va ularning oʻzaro nisbatiga
bagʻishlangan edi. Birinchi yigʻin “Turli tipdagi tillarda analitik konstruksiyalar”, ikkinchisi esa
“Turli tipdagi tillarda soʻzning morfologik strukturasi” deb nomlangan. Ana shu
konferensiyalardan soʻng umumiy tilshunoslik yoʻnalishida analiz, analitizm, sintez va sintetizm,
analitik va sintetik shakl terminlari va tushunchalari turli tillarning materiallariga tatbiq etildi.
Jumladan oʻzbek tilida ham bu borada anchagina ishlar qilindi.
Oʻzbek tilshunosligida A.P. Hojiyevning “Oʻzbek tilida koʻmakchi fe’llar” (1966),
“Oʻzbek tilida toʻliqsiz fe’l” (1970), “Fe’l” (1973) kitoblarining nashr etilishi muhim hodisa
boʻldi. Bu asarlarda fe’l soʻz turkumi doirasidagi koʻmakchi fe’llar va
edi
toʻliqsiz fe’lining
ma’nolari, vazifalari sinxron jihatdan atroflicha yoritildi. Olim oʻzbek tilida oʻttizdan ortiq
koʻmakchi fe’llar borligini qayd etdi.
N.A.Baskakov analitik va sintetik grammatik shakllarni soʻzning morfologik
taraqqiyotidagi bosqichlar sifatida tavsif etadi: “Turkiy tillarda soʻzning morfologik taraqqiyoti
jarayonlari erkin soʻz birikmalarining uzluksiz grammatikalizatsiyasi bilan bogʻliq tendensiyani
aks ettiradi: mustaqil soʻzlar birikuvidagi ikkinchi (postpozitsion) komponent ma’nosi
mavhumlashadi; soʻng mustaqil soʻzning boshqa oʻrinda mustaqil ma’nosini saqlovchi
yordamchi soʻz bilan birikuvi yuzaga keladi; navbatdagi bosqichda ikkinchi komponent mustaqil
ma’nosini yoʻqotib, analitik grammatik shaklga, va nihoyat, postpozitsion komponent
morfemaga – muayyan grammatik ma’no ifodalovchi affiksga aylanadi”. Murakkab shakllarning
vujudga kelishi morfologik taraqqiyot jarayoni bilan bogʻliq. Birinchi qism ma’nosining
sustlashuvi natijasida ikkinchi qismga ehtiyoj ortadi. Keyinchalik har ikki qism bir ma’noni
ifodalash uchun murakkablashadi.
Shunday qilib, turkiy tillarda grammatik ma’nolar uch asosiy usul bilan ifodalanadi: a)
mustaqil soʻzlarning yordamchi soʻzlar bilan birikuvi orqali; b) analitik shakllar bilan; v) sintetik
shakllar orqali. Har uchala usul aniq mezonlar vositasida aniqlanadi va oʻzaro qat’iy farqli
belgilarga ega.
A.A.Yuldashev analitik shakllarga bagʻishlangan maxsus ishida turkiy tillarning fe’l
tizimida oʻttiz, ayrim tillarda qirq va hatto, ellikka yaqin fe’l shakllari oʻz mustaqil ma’nosidan
uzoqlashib asosiy fe’l bilan birikuvda muntazam modellar hosil qilib, grammatik birlikka
aylanishini koʻrsatadi. Uning ta’kidlashicha, grammatik shakllarning tiklanishi va taraqqiyoti,
umuman olganda, alohida soʻz taraqqiyoti bilan oʻxshash: grammatik shakllar ham til tizimida
qat’iylashgan va muntazamlikka ega boʻlgan vositalar orqali paydo boʻladi. Shakllar tizimida
45
qoʻshma-ikkilamchi shakllar (masalan, maqsad ma’nosini ifodalovchi
Do'stlaringiz bilan baham: |