Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet352/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Yuvinib chiqib
qarasam, tunuka tom peshidagi tarnov bir tomonga 
qiyshayib yotibdi
 
(Oʻ.Hoshimov “Tarnov”) – I 
washed up
 and looked outside? A gutter on the verge of the iron-
roof turned out 
to have got lopsided.
 (Tarj. H.Allanazarova, “Gutter”) 
2. 
Uvallo
 
urinaman
, la'nati tarnov oʻnglansa qani! 
Zanglab ketganmi
, boʻyogʻi 
yopishib
 
qolganmi
... (Oʻ.Hoshimov “Tarnov”) – 
I made an
 
effort
 somehow, yet couldn’t mend that damn 
gutter. Either because it 
rusted
 or its stain 
sticked to
…(Tarj. H.Allanazarova “Gutter”) 
3. Aksiga olib, yomgʻir 
shivalay boshladi
. Avvaliga 
tomchilab turdi-da,
keyin 
shiddat bilan 
yogʻib ketdi.
(Oʻ.Hoshimov “Tarnov”) – As if out of spite it 
started to rain
, at first it was 
drizzling
 but then it 
almost poured down
 (Tarj. H.Allanazarova, “Gutter”) 
4. Tomda 
sirgʻalib-sirgʻadib
, narvon tomon 
yugurdim
. (Oʻ.Hoshimov “Tarnov”) – 
Sliding
on 
the roof I 
ran
 towards the ladder. (Tarj. H.Allanazarova “Gutter”) 
5. Bahor kelishi bilan bolalar tol navdalaridan hushtak 
yasashar
, qizlar boʻlsa bargak taqib, 
daraxt soyasida cherta 
oʻynashardi.
(Oʻ.Hoshimov “Hurkitilgan tush”) – As soon as spring 
came, boys 
always made
 whistles from new branches of the osier, and girls 
played
 chertal. (Tarj. 
H.Allanazarova “Frightened dream”) 
6. 
Irgʻib 
oʻrnidan 
turdi-yu
, qoʻlidagi tayoqni baland koʻtardi. (Oʻ.Hoshimov “Hurkitilgan 
tush”) – He 
leapt to his feet,
and raised his stick up. (Tarj. H.Allanazarova “Frightened 
dream”) 
Tarjima jarayonida tarz ma’nosi mutlaq boʻlgan boshlamoq, toʻxtatmoq, tugatmoq, 
davom ettirmoq fe’llari va ular negizida shakllangan koʻmakchilar sezilarli qiyinchilikni yuzaga 
keltirmaydi. Bil’aks, qoʻllanishiga koʻra nofaol boʻlgan ifoda vositalari, qolaversa, uzluksizlik, 
notoʻliqlik va uzluklilik kabi ma'nolar tarjimasi ba'zi hollarda chalkashlikka sabab boʻladi. 
Yuqorida keltirilgan jumlalar sirasidan ikkinchisida yopishib qolgan birikmasi ingliz tiliga 
notoʻgʻri vosita orqali tarjima qilingan, yaxlit jumlaning oʻzida ham yanglishish uning oʻquvchi 


413 
tomonidan notoʻgʻri anglashilishiga sabab boʻladi. Aniqrogʻi, sticked to… ifodasi stain bilan 
birikuvda kelgan va natijada zanglagan va dogʻ yopishgan ma’nosi kelib chiqadi, to stick 
yopishmoq boʻyoqqa nisbatan qoʻllanmaydi, shu sababdan uni to cling fe’li bilan almashtirish 
orqali “boʻyoq yopishib qolgan” degan ma’noni ifodalash mumkin. Toʻrtinchi jumladagi sliding 
soʻzi sliding and sliding sifatida takroran qoʻllansa, asliyatdagi harakatning “takroriylik” tarzi 
toʻlaqonli ifodalana oladi deyishimiz mumkin. Ma'lumki, “matn – keng qamrovli tushuncha. 
Oʻzining bevosita maqsadidan tashqari, matn oʻzining leksik tarkibi, lisoniy vositalarning oʻziga 
xosligi, sintaktik va mantiqiy qurilishi, uslubiy va qator boshqa oʻziga xosliklari bilan ajralib 
turadi. Yuqorida sanab oʻtilgan barcha oʻziga xosliklar oʻz tarkibiga koʻra bir muncha muayyan, 
ular ma’lum bir yoki matn turi, shuningdek, aniq bir tildan boshqasiga tarjima qilish jarayoniga 
taalluqli. Biroq umumiy tarjima nazariyasida esa matnning umumiy xususiyatlari ahamiyatli, bu 
umumiy xususiyatdan biri matnning axborot tarkibi, uning tarkibidagi ma’no asosiy qiymatga 
ega” [2; 60]. Ya’ni, aksariyat holatlarda tarz ifoda vositalariga umumiy tarjima nazariyasining 
“asosiy axborotni etkazib berish ustuvor vazifa” degan yondashuvidan kelib chiqqan holatda 
yondashish – eng maqbul yechimlardan biri. Masalan: 
1. O, oq soya – oppoq argʻumoq, xayollarim suvday sachratding. (B.Roʻzimuhammad, “Oq 
soya”) – Oh, white shadow – a white saddle-horse, you have spattered as water my thought. 
(Tarj. A.Obidov “A white shadow”) 
2. Soʻz shunday saxiy va hotam, falak toshin betin taraydi. (B.Roʻzimuhammad, “Soʻz”) – A 
word is such a lavish and generous, it combs a stone of the heavens without a cutter. (Tarj. 
A.Obidov, “Word”) 
3. Panjarani buzolmay, kuyib, tulpor tunlar qamalib yotar (B.Roʻzimuhammad, “Qamoqxona 
qoʻshigʻi”) – Unable to destruct the fence remain arrested the racer days” (Tarj. A.Obidov, 
“Prison song”) 
4. Lov-lov yonur bogʻlar oʻt qalab, daraxtlarning tili tutilgan. (B.Roʻzimuhammad 
“Musavvirga”) – Gardens are as red as ardent, trees are dumb. (Tarj. A.Obidov, “To an artist”) 
5. Notanish orolga yoʻlchi kemadan tushib qolgan kabi qalb urar qattiq. (B.Roʻzimuhammad, 
“Noma’lum odam”) – As a traveler left in a desert island my heart beats quickly. (Tarj. 
A.Obidov, “Stranger”) 
6. Vaqtning chiptasi yoʻq, tinmay talpinar qaysar yoʻlovchidek ortga burilmay. 
(B.Roʻzimuhammad, “Qaytish chiptasi”) – The time has no ticket; it is always in advance like a 
stubborn traveler does not look back. (Tarj. A.Obidov, “Return ticket”) 
Ushbu she’riy misralar va ularning ingliz tiliga tarjimasini koʻzdan kechirar ekanmiz, 
anglashiladiki, tarjimada tarz ifodalovchilari fe’l tarkibiga kiritib yuborilishi yoki leksema 
tarkibidan alohida ifoda sifatida ajralib chiqishi mumkin, bunday tafovutlar aksariyat hollarda 
misra qofiyasini shakllantirish va ohangdorlikni ushlab turish maqsadida yuzaga kelishi mumkin. 
“Muallif yaratgan badiiy-estetik voqelikni toʻlaligicha idrok etish uchun tarjimon keng 
mushohada quvvatiga ega boʻlgani holda, badiiy asar tarkibidagi lisoniy vositalarning mazmuniy 
pa uslubiy-estetik jihatlarini toʻgʻri anglashi, shu bilan birga, muallif nazarda tutgan bosh 
gʻoyani, uning niyat va maqsadlarini, ochiq-oydin koʻzga tashlanib turgan voqea-hodisalar 
tasviridan tashqari yana matn ortida turgan voqelikni, bir soʻz bilan aytganda nafaqat lisoniy, 
balki gʻayrilisoniy omillarni ham toʻla-toʻkis tasavvur etishi zarur. Toki natija shunday boʻlsinki, 
asliyat oʻz kitobxoniga qanday badiiy-estetik zavq baxsh etsa, uning tarjimasi ham asarni 
asliyatda mutolaa qila olmaydigan kitobxonga xuddi shunday taassurot in’om etsin” [3; 10]. 
Tarjimon oʻzga til matnini ona tiliga oʻgirar ekan, til va tafakkur mushtarakligi qonuniyatiga mos 
ravishda oʻz milliy lisoniy imkoniyatlarini tanlash va voqelantirishda qiyinchilik sezmasligi 
tabiiy hol. Biroq tarjimon oʻz ona tilidagi matnni chet tiliga oʻgirar ekan, bunda kerakli ifoda 
vositalarini topa bilish va, shu bilan birga, matnning uslubiyatini saqlab qolish qator 
qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Natijada, tarjimon oʻz ona tili va chet tilining lisoniy 


414 
imkoniyatini inobatga olgan holda ma'lum bir badiiy matn uslubiyatini iloji boricha toʻlaqonli 
yetkazib berish vazifasini oʻz boʻyniga oladi. Masalan: 
1. Choyni naridan-beri ichib, otxonaga yugurdim. (A.Qodiriy, “Uloqda”) – I ate a hasty snack 
and ran into the barn. (Tarj. Sh.Sattorov, “At the Ulok”) 
2. Anchagina oʻylab turganimdan keyin, akamning yugan uchun asrab qoʻygan qayishi esimga 
tushib, sekingina yertoʻladan haligi qayishni olib chiqib, umuldiriq yasadim. (A.Qodiriy, 
“Uloqda”) – For some time I thought of what I should do about this problem. Suddenly I 
remembered a band of leather which my brother was keeping to make a bridle. I went down to 
the dugout to get it. I made a curb-bit. (Tarj. Sh.Sattorov, “At the Ulok”) 
3. Toʻnimning etaklarini yigʻishtirib, qashqachamning choviga bir-ikki qamchi bergan edim, 
jonivor shataloq otib ketdi. (A.Qodiriy, “Uloqda”) - I raised the hem of my robe and put it in 
place so as to sit comfortably. I whipped the colt and it loped forward. (Tarj. Sh.Sattorov, “At the 
Ulok”) 
4. “Ha, barakalla! Chavandoz!” degan tovushini eshitib, qattiqroq qamchilab edim, jonivor 
qashqacham koʻtarib ketayozdi. (A.Qodiriy “Uloqda”) – Hearing his praise I whipped the colt 
again. He flew like an arrow from a bow. (Tarj. Sh.Sattorov, “At the Ulok”) 
5. Chuqur ariqdan toyimni sugʻorib chiqayotganimda bir toʻda uloqchi-chavandozlar uchrab 
qoldilar. (A.Qodiriy, “Uloqda”) – I took care of my colt by giving him water from an aryk 
waterway. Here I came across a group of horsemen. (Tarj. Sh.Sattorov, “At the Ulok») 
6. Biroz borgach, bizning otimizning oyogʻi bilan chavandoz yigitning sabri tugadi shekilli, otiga 
birdan shartillatib qamchi berdi va qushdek uchib ketdi (A.Qodiriy “Uloqda”) – We all went on 
together. But soon he lashed his horse and flew off like a bird. (Tarj. Sh.Sattorov, “At the Ulok”) 
Yuqoridagi jumlalardan birinchisida taqlidiy ifoda oʻzagida shakllangan fe’l 
muvaffaqqiyatli tarjima qilingan, harakatning tarzi toʻlaqonli ifodalab berilgan. Shuningdek, 
ushbu tarz ma’nosini, ya’ni harakatning boshlanib hali ancha davom etishi ma’nosini galloped 
soʻzini ham qoʻllash mumkin edi, biroq bu muallif tanlagan loped soʻzi ham ayni shu semantik 
vazifani bajara oladi. Ikkinchi jumlada asrab qoʻygan iborasi was keeping “asrayotgan” sifatida 
tarjima qilingan. Garchi bu holat matndagi umumiy axborot sifatiga ta’sir etmasa-da, ushbu 
jumlani keep up, ya’ni to keep up frazali fe’li bilan almashtirish asliyat matnidagi uslubni saqlab 
qolishga xizmat qiladi. Soʻnggi jumladagi shartillatib ravish holi harakatning kutilmaganda va 
bir necha bor takroran roʻy berganini ifodalaydi. Tarjimada lashed (to lash) fe’lini takroran juft 
qoʻllash va kutilmaganda (suddenly) degan soʻz bilan biriktirish orqali gap mazmunini ingliz 
tilida toʻlaqonli ifodalashga erishish mumkin.

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish