afv, vaj, garov, gumondor,
29
gumonlanuvchi, ijrochi, ish, tadbir, oʻzlashtirish
soʻzlarining ixtisoslashgan, maxsuslashgan
yangi ma’nolaridan adabiy tilni boyitish va rasmiy uslub imkoniyatini kengaytirishda foydalansa
boʻladi.
Kishilar oʻrtasidagi aloqani ta’minlash til ijtimoiyligining birinchi va zaruriy sharti boʻlib,
tilshunoslikning barcha davrlarida tilning bu maqomi e’tirof etilgan. Ammo tilning ijtimoiy
tabiati, “sotsial xoslanganligi uning qabila, xalq, millat tarixini, umuman, insoniyat oʻtmishini
oʻzida saqlashida ham koʻrinadi” [Filin, 1966: 19]. Jamiyat a’zolarining tilga munosabati, tildan
qanday foydalanishi, jamiyatdagi oʻzgarishlarning tilga ta’siri ham til ijtimoiyligidan begona
emas. Oʻzbek tili ham oʻz tarixiy taraqqiyotida oʻzi mansub jamiyatning faol ta’sirida boʻlgan,
oʻzbek turmushidagi oʻzgarishlar, mentalitetiga ta’sirlar bu tilda izini qoldirgan. Masalan, arab
halifaligi va Islom ta’sirida arabcha birliklar oʻzlashgan, oʻzlashtirilgan. Yoki moʻgʻul
hukmronligi moʻgʻulcha til unsurlarining kirib kelishiga zamin boʻlgan. Jadidchilik harakatining
yoyilishi bilan arabiy oʻzlashmalarni turkchalashtirishga ham kirishilgan. Ayniqsa, sobiq ittifoq
davrida ming-minglab soʻzlar rus tilidan yoki uning vositachiligida boshqa tillardan
oʻzlashtirilgan, chet soʻzlarni olishning ma’lum modellari qabul qilingan. Buni birgina
-iya, -siya
qoʻshimchasi bilan tugaydigan soʻzlar misolida koʻrish mumkin. Istiqlolning qoʻlga kiritilishi
oʻzbek tili rivojining yangi imkonlarini yaratish bilan birga, koʻplab eskirgan soʻzlarning qayta
faollashuvini ham ta’minladi. Globallashuv davri esa koʻplab tillar qatori oʻzbek tilini ham
xalqaro tillarning faol ta’siriga uchratmoqda. Diqqat qilinsa, zikr etilgan ta’sirlar va tildagi
oʻzgarishlarni sof lisoniy jarayonlar emas, tildan tashqari, masalan, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-
madaniy jarayonlar harakatlantirmoqda. Oʻzbek sotsiolingvistikasi ana shunday ta’sirlashuvlarni
xolis baholashi, milliy til va davlat tili manfaati nuqtayi nazaridan ish koʻrishi lozim boʻladi.
Tilning fikr uzatish, his-tuygʻu ifodalash vazifasi uning jamiyatda yashashini, jamiyatgina
tilning asosiy tarkib toptiruvchisi boʻlishini va ular oʻrtasida doimiy ta’sirlashuv jarayonlari
kechishini koʻrsatadi. Jamiyatning tilga ta’siri uning barcha sathlarida seziladi, biroq bu ta’sirlar
har bir til sathida oʻziga xos boʻladi. Masalan, muayyan lahja va shevalar asosida adabiy til
shakllantirilar ekan, til sathlarining barchasi jamiyat ta’siriga beriladi. Ya’ni turli lahjalar
fonemalari ichidan adabiy til uchun ma’lum fonemalarni tanlab olishda (masalan, oʻzbek tilida
qarluq, qipchoq, oʻgʻuz lahjalari bor, ammo adabiy meyor sifatida qarluq lahjasi tovushlari qabul
qilingan) fonetik sathga; muayyan tushunchani ifodalash uchun turli shevalardagi soʻzlar
orasidan ayrimlarini adabiy tilga qabul qilishda (masalan, oʻzbek tilining Buxoro, Navoiy
shevalarida “yoʻqlik kasb etmoq, mavjudligi barham topmoq” ma’nosi
yitmoq
soʻzi bilan,
Fargʻona, Toshkent dialektlarida
yoʻqolmoq
soʻzi bilan ifodalanadi, ammo adabiy meyor sifatida
yoʻqolmoq
tanlangan) leksik sathga; muayyan grammatik ma’noni ifodalash uchun turli shevalar
grammatik shakllari orasidan ma’lum bittasini tanlashda (masalan, oʻzbek tili shevalarida
fe’lning hozirgi zamon ma’nosini ifodalovchi
-op, -vot, -ut, -yap
qoʻshimchalari bor, ammo
adabiy meyor sifatida
-yap
qabul qilingan) grammatik sathga jamiyat faol ta’sir etgan.
Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tilga kamdir-koʻpdir ta’sirlar boʻlib turadi.
Ba’zan uzoq vaqt tilning biror sathi jamiyat, inson omili bilan bogʻliq ta’sirlarga, oʻzgarishlarga
uchramaydi yoki tilga ta’sir umummilliy miqyos kasb etmaydi. Biroq yozuv va imlo borasidagi
oʻzgartirish yoki yangilanishlar umummilliy miqyosda, jamiyatning ongli aralashuvi ostida hal
qilinadi. Hatto hukumat bunday lisoniy jarayonlarga faol ta’sir oʻtkazadi (oʻzbek arab, oʻzbek
lotin, oʻzbek kirill va yana oʻzbek lotin alifbolarining joriy etilishida shuni kuzatish mumkin),
milliy manfaatlar yuzasidan lisoniy jarayonlarni nazoratga olish, tartibga solishda ishtirok etadi.
Zarur meyoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi, til masalalari bilan shugʻullanuvchi vakolatli
tuzilmalarni tashkil etadi. Masalan, “Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining
qabul qilinishi, “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmonining e’lon qilinishi, Vazirlar Mahkamasi huzurida
Davlat tilini rivojlantirish departamentining tashkil etilishi, Atamalar komissiyasining ish
boshlashi shundan dalolatdir.
30
Terminologiyani tartibga solishda vertikal ta’sir choralarining oʻrni ham muhim. Shu
ma’noda oʻtgan asrning 90-yillarida faoliyat koʻrsatgan Atamaqoʻmning terminologiyani tartibga
solishdagi xizmati katta boʻlgan. Hozir tilda barqarorlashgan
Do'stlaringiz bilan baham: |