Tili va adabiyoti universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Малайкин С. Одним словом. Книга для тех, кто хочет придумать хорошее 
название. 33 урока . (МИФ), 2018. Стр.7 
2. Lutfullayeva D., Saparniyazova M. Naming: The Technology of Creating a Name in 
the Language. Test Engineering and Management.November-December 2019. United States: 
Mattingley Publishing Co., Inc. - P. 4184. 
3. Лутфуллаева Д., Сапарниязова М. Национальная технология создания названия 
(имени) в узбекском языке. Научный электронный журнал |“Меридиан”. Выпуск 
№6(40)'2020 
4. Тейлор Н. Выбор имени или всё о нейминге // Пер. с англ. - М.: Олимп-Бизнес, 
2010. - 208 с. 
 
Til va jamiyat: oʻzaro ta’sirlashuv va takomillashuv
Language and society: interaction and improvement 
 
Odilov Yorqinjon Rahmonaliyevich

 
 
Annotation
. The article is devoted to the formation of sociolinguistics, the role of the 
state language in the processes of globalization, the interaction of language and society, to 
identify socio-linguistic changes that occur as a result of this interaction. 
Key words: 
language, society, interactions, social factors, language policy.
 
Tadqiqotlarda sotsiolingvistikaning rasman AQShda shakllangani koʻp aytilsa ham 
[Nikolskiy, 1976: 7], uning markaziy masalasi boʻlgan til va jamiyat ta’sirlashuvi, tilning 
jamiyatda tutgan oʻrni, milliy tillar va davlat tili, til siyosatiga doir qarashlar boshqa 
tilshunosliklarda: hind, yapon, ingliz, nemis, chex tilshunosliklarida sotsiolingvistika nomi ostida 
boʻlmasa-da, oʻrganilgan edi. Amerika tilshunosi U.Labov faol sotsiolingvistik tadqiqotlar koʻp 
tilli Hindistonda hindiyni yagona davlat tiliga aylantirish gʻoyasi bilan bogʻliq vaqtlardayoq 
boshlanganligini qayd etadi [Labov, 1976: 8-9].
Tadqiqotlar shundan guvohlik beradiki, AQShda olib borilgan tadqiqotlar dastlab sof 
lingvistik xarakter kasb etmagan, ularda tarixiy-etnologik, sotsiologik va antropologik jihatlar 
ustuvor boʻlgan; tilda jamiyat hayoti aks etgani sababli shunday boʻlishi tabiiy. K.Klakxon 

Filologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, e-mail: yorqinjon-
1979@yandex.ru 


28 
E.Sepir fikrlarini rivojlantirar ekan, insonning barcha xatti-harakatlari modellashganligi, 
shaxsning nima qilishi, nimani oʻylashi yoki his qilishi har qancha oʻziga xos boʻlmasin, baribir, 
xatti-harakatlarida jamiyatga xoslik seziladi, degan qarashni ilgari suradi [Yartseva, 1966: 43]. 
Bizningcha ham, bu toʻgʻri, chunki har qanday individuallikda ma’lum ma’noda ijtimoiylik – 
jamiyatga xoslik boʻladi. Shaxs umr boʻyi oʻzi ulgʻaygan jamiyatda qaror topgan odatlar, 
qadriyatlar doirasida harakat qiladi, nutqiy faoliyati ham jamiyatdagi lingvomadaniy koʻnikmalar 
asosida kechadi. Shunday ekan, tilida ham ijtimoiylik – jamiyatga xoslik belgilari boʻlmasligi 
mumkin emas.
Oʻzbek tilshunosligida tilning ijtimoiy tabiati, jamiyatning tilga ta’siri masalasiga oʻtgan 
asrning 80-yillarida “Tilshunoslikka kirish” qoʻllanmasi [Sodiqov, 1981: 17-19]da alohida 
toʻxtalingan boʻlsa ham, til va jamiyat muammolari ancha avvalroq tilga olina boshlagan. Fitrat, 
Elbek, Botu singari jadidlarning asarlarida ozmi-koʻpmi shunga oid qaydlar bor. M.Mirtojiyev 
va N.Mahmudovlarning “Til va madaniyat” risolasi (Toshkent, 1992)da ham tilning ijtimoiyligi, 
davlat tili va til siyosati haqida soʻz ketgan oʻrinlar mavjud. Mutaxassislar S.Moʻminovning 
“Oʻzbek muloqot nutqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari” nomli doktorlik dissertatsiyasini 
sotsiolingvistik aspektdagi ilk ish sifatida qayd etadilar. Keyingi yillarda bu boradagi 
tadqiqotlarning sirasi bir qadar kengaydi [Sulaymonov, 2009; Qurbonova, 2009; Raupova, 2012; 
Dadaboyev, Usmanonova, 2014; Yoʻldosheva, 2018; Qoʻshoqova, 2019].
Butun dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari sotsiolingvistik tadqiqotlarning 
naqadar zarurligini milliy tillar va ingliz tili ekspansiyasi misolida ayon etib qoʻydi. Milliy tillar 
lugʻat tarkibiga katta miqdordagi inglizcha soʻzlarning kirib borishi til siyosatida oʻzgarishlar 
qilish zarurligini ham koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyevning 2019-yil 21-oktabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va 
nufuzini tubdan oshirish chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi Farmoni oʻzbek tilining davlat tili sifatida 
qaddini roʻy-rost tiklashini, ijtimoiy maqomining yanada barqarorlashuvini ta’minladi. Ana shu 
farmonning amaliy ifodasi sifatida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Oʻzbek tili, adabiyoti va 
folklori institutida “Sotsiolingvistika” boʻlimining tashkil etilishi esa davlat tili va jamiyat 
munosabatlarini oʻrganishga yoʻnaltirilgan tadqiqotlarni kengayishi va kuchayishini ta’minladi. 
Bu boʻlim oʻz faoliyatida “oʻzbek tilining rivojlanishi bilan bogʻliq fundamental, amaliy va 
innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish va kengaytirish; oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi 
nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish borasidagi ilmiy izlanishlarni kuchaytirish; oʻzbek tilining 
yozma matni meyor va qoidalarini ishlab chiqish; oʻzbek tilining izohli lugʻatlari, davlat tilida 
ish yuritish boʻyicha qoʻllanma va adabiyotlar tayyorlash; davlat tilini rivojlantirishga oid 
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etish” [OʻR VMning qarori, 
2020] ga alohida e’tibor beradi. 
Lingvistik adabiyotlarda til va jamiyat munosabati, tilning sotsial farqlanishi, jamiyatdagi 
lisoniy vaziyat, til ijtimoiyligi, til va ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy omillarning tilga ta’siri, 
ikkitillilik va koʻptillilik, til siyosati, millat va milliy til muammolari sotsiolingvistikaning 
muhim vazifalari deyiladi [LES, 1990: 481-482; Rasulov, 2006: 10; Nurmonov, 2012: 172]. Shu 
jihatdan tilning sotsial farqlanishi turli maslak, turlicha kasb-kor, turfa aqliy-ruhiy imkoniyatdagi 
jamiyat a’zolaridan tashkil topganligidan kelib chiqadi va bunga “mos ravishda har qaysi 
ijtimoiy guruhning faol hamda nofaol lugʻat tarkibi boʻladi” [Nurmonov, 2012: 171]. Jamiyat 
a’zolarining hududiy mansubligi ham, tabiiyki, har xil. Binobarin, sotsial va hududiy dialektlar 
ijtimoiy guruhlarning maslak, kasb-kor, aqliy-ruhiy imkoniyat va hududiy kelib chiqishga koʻra 
tildan foydalanish tarzlaridir.
Shu ma’noda hozirgi zamon sotsiolingvistikasidan sotsial va hududiy dialektlarni 
shunchaki qayd qilish, lingvistik tabiatini tushuntirishgina emas, balki ulardan unumli 
foydalanish yoʻllarini koʻrsatish ham talab etiladi. Zero, adabiy tilni boyitish, oʻzlashma 
terminlarga milliy muqobillarni topishda sotsial va hududiy dialektlar muhim leksik-semantik 
manba boʻlishi aniq. Birgina sud-huquq tizimi leksikasida 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish