Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

tört 
yaγïz – 
«toʻrt unsur» deganidir
.
Anglashiladiki, oʻtmishda 
yaγïz
soʻzining «materiya, unsur» ma’nosi ham boʻlgan. 
Soʻzning bu ma’nosi birlamchidir: avval u «materiya, unsur» ma’nosida boʻlib, keyinchalik 
«tuproqning rangi»ni ham ifodalay boshlagan koʻrinadi. 
Shularga tayangan holda, 
Yeti yulduz, tört yaγïz, on iki ökäkniŋ erdükini ayur
sarlavhasini 
«etti yulduz, toʻrt unsur, un ikki burjning qanday ekanligini aytadi», deya tushunmoq kerak. 
Haqiqatan ham, ushbu bobda yetti yulduz, oʻn ikki burjdan tashqari, toʻrt unsur va ulardan 
olamning yaralgani haqida ham soʻz boradi. 
Asarning muayyan bir nusxasi ustida ishlaganda ba'zan mazmunni ochib berish qiyin 
kechadi. Ana shunday hollarda asarning boshqa qoʻlyozma nusxalarini chogʻishtirib oʻrganish 
ham qoʻl keladi. 
Turli nusxalarni bir-biriga chogʻishtirish yoʻli bilan matn mazmunini, uni 
koʻchirish chogʻida yoʻl qoʻyilgan chalkashliklarni aniqlashimiz mumkin
. Bunga bir-ikki 
oʻrnak keltiramiz.
«Qutadgʻu bilig»ning ezgu ishlar qilmoqlikka bagʻishlangan toʻqqizinchi bobida til va soʻz 
ta'rifida shunday bayt bor. U asarning Namangan nusxasida quyidagi koʻrinishda: 
Uquš körki söz-ol, bu til körki – söz, 
Kiši körki yüz-ol, bu yüz körki – köz
(QBN.17a.6). 
Ushbu baytning ma’nosi: 
«Uquv[ya'ni, zakovat]ning koʻrki soʻzdir, bu tilning koʻrki – soʻz, 
Kishining koʻrki yuzdir, bu yuzning koʻrki – koʻz».
E'tibor qaratilsa, birinchi satrning ma’nosi gʻaliz ekanini anglash qiyin emas: unda 
uquvning ham, tilning ham koʻrki soʻz ekani ta'kidlanmoqda.
Asarning uygʻur yozuvli Hirot nusxasida ushbu bayt boshqacharoq berilgan – mantiqda 
izchillik bor. Undagi bayt quyidagicha: 
Uquš körki til-ol, bu til körki – söz, 
Kiši körkü yüz-ol, bu yüz körkü – köz
(QBH.10a,23). 
Ma’nosi:
«Uquvning koʻrki tildir, bu tilning koʻrki – soʻz, 
Kishining koʻrki yuzdir, bu yuzning koʻrki – koʻz». 
Koʻrinadiki, asarning Namangan nusxasini koʻchirayotgan kotib, charchaganidanmi, 
behosdanmi, birinchi gapdagi 
til
soʻzining oʻrniga 
söz
deb yozib yuborgan. Hirot nusxasida esa 
ana shu bayt asos qoʻlyozmadan toʻgʻri koʻchirilgan.
Yana bir misol. «Qutadgʻu bilig»ning oʻn birinchi bobida asar muallifi Yusuf Xos 
Hojibning yoshi bilan bogʻliq muhim xabar bor. Bu xabar asarning Namangan nusxasida 
shunday berilgan: 
Tegürdi meŋä elgi elik yašïm, 
Quγu qïldï quzγun tüsi-teg bašïm. 
 
Oqïr elik emdi meŋär kel teyü, 
Pusuγ bolmasa, bardïm emdi naru
(QBN.20a.8–9). 
Ma’nosi quyidagicha boʻladi: 
«Ellik yoshim menga qoʻl tegurdi, 
Qora quzgʻun tusidek boshimni oq(qush) qildi [ya'ni: soch-soqolim oqardi]. 
Ellik (yosh) endi men tomon kel, deb chorlamoqda, 
Pistirma [ya'ni, oʻlim] boʻlmasa, endi nari boraman». 
Ushbu baytlarda adib oʻzi toʻgʻrisida xabar bera turib, yoshining ellikdan oshib oltmish 
tomon ketganligini ta'kidlayapti. Lekin birinchi satrda «Ellik yoshim menga qoʻl tegurdi» deb, 
keyingi baytda ham «Ellik (yosh) endi men tomon kel, deb chorlamoqda» deyilgani qiziq. 


134 
Chamasi, bu oʻrinda ham kotib tasodifan yanglishib ketgan: keyingi baytdagi 
altmïš
soʻzining 
oʻrniga 
elik
deb yozib yuborgan.
Asarning uygʻur yozuvli Hirot nusxasida esa ushbu baytlar toʻgʻri berilgan. Uning oʻqilishi 
shunday:
Tegürdi meŋä elgi elik yašïm, 
Quγu qïldï quzγun bušï-teg bašïm. 
 
Oqïr emdi altmïš meŋä kel teyü, 
Pusuγ čïqmasa yolda, bardïm sayu
(QBH.11b,22–23). 
Bu ikki baytning ma’nosi quyidagicha boʻladi: 
«Ellik yoshim menga qoʻl tegurdi, 
Qora quzgʻun tusidek boshimni oq(qush) qildi [ya'ni: soch-soqolim oqardi]. 
Endi oltmish (yosh) menga kel, deb chorlamoqda, 
Yoʻlda pistirma [ya'ni oʻlim] chiqmasa, u tomon boraman».
«Qutadgʻu bilig» nusxalarini oʻzaro chogʻishtirib oʻrganishning ahamiyati katta. Muhimi, 
uygʻur yozuvli Hirot qoʻlyozmasining ahamiyati boshqa nusxalardan oz emas, uning oʻziga 
yarasha yutuqlari bor. Qoʻlyozmalar bir-biriga chogʻishtirilganda asarning ilkin, muallif nusxasi 
sari yoʻl ochiladi.
Namangan nusxasining boblar mundarijasida oltinchi bob sarlavhasi 
«Yaŋluq aγïrlïqïn 
ayur»
(«Insonning qadr-qimmatini aytadi» – QBN.2b.6), asar davomida esa 
«Yaŋluq aγïrlïqïn 
tanurlayur bilig birlä»
(«Insonning qadri bilim bilan belgilanadi») deb berilgan (QBN.12b.6). 
Qohira nusxasining boblar mundarijasida ushbu sarlavha 
«Adam oγlï aγïrlïqï bilig birlä 
erdükin (ayur)», 
ya'ni «Odam oʻgʻlining qadr-qimmati bilim birla erkanligini aytadi» deb 
berilgan (QBQ.7b,7). 
Hirot nusxasining boblar mundarijasida bu sarlavha 
«Yaŋluq oγlï-qïzï aγïrlïqï uquš, bilig 
erdükin ayur», 
ya'ni «Kishi oʻgʻil-qizining qadr-qimmati uquv, bilimda ekanligini aytadi» 
(QBH.4b,10), asar davomida esa 
«Yalïnγuq oγlanï ’azizlïqï bilig, uquš birlä erdükin ayur», 
ya'ni 
«Kishi oʻgʻlonining azizligʻi bilim, uquv birla belgilanuvini aytadi» deb berilgan (QBH.8b,17). 
Oralaridagi muhim farqi: Namangan nusxasida «inson, kishi» anglamidagi 
yaŋluq
soʻzining 
oʻrnida Qohira nusxasida
Adam oγlï
, Hirot nusxasida esa 
yaŋluq oγlï-qïzï,yalïnγuq oγlanï
soʻz 
birikmalari kelgan. 
Bob sarlavhalarining berilishiga yana bir misol. Qohira nusxasining boblar mundarijasida 
oʻninchi bob sarlavhasi 
«Bilig, uquš, ’ilm erdämini ayur», 
ya'ni «Bilim, uquv, ilm fazilatini 
aytadi» deb berilgan (QBQ.4b,11). 
Hirot nusxasining boblar mundarijasida esa ushbu sarlavha: 
«Yaŋluq aγïrlïγï bilig, uquš 
bilä erdükin sözlär»
, ya'ni «Kishining qadr-qimmati bilim, uquv birla ekanligini soʻzlaydi» 
koʻrinishida (QBH.4b,13). Biroq asar davomida bobning boshidagi sarlavha 
«Yal(n)guq arïγlïγï 
bilig, uquš birlä erdükin ayur»
deb berilgan (QBH.10a,5). Muhim farqi – yuqoridagi 
aγïrlïγï 
(qadri) soʻzining oʻrnida 
arïγlïγï
keladi. Qadimgi turkiyda 
arïγlïγ
– «tozalik, soflik, poklik», 
poetik ma’noda «insoniylik» degani. Shundan kelib chiqib, bu sarlavhani «Insonning insoniyligi 
bilim, uquv birla erkanini aytadi» deb tushunmak kerak. 
Yana misollar. Asarning til ta’rifiga bagʻishlangan bobida, Namangan nusxasida shunday 
bayt keladi: 
Öküš sözläsä, yaŋšadï ter tilig, 
Yana sözlämasä, aγïn ter tilig
(QBN.13b.7). 
Ma’nosi: 
«Koʻp soʻzlasa, tilni ezmalandi deyiladi, 


135 
Aksincha, soʻzlamasa, tilni gung-soqov deyiladi». 
Hirot nusxasida ushbu bayt quyidagi koʻrinishda: 
Öküš sözläsä, igšidi ter bilig, 
Yana sözlämäsä, aγïn ter tilig
(QBH.9a,14). 
Ma’nosi: 
«Koʻp soʻzlasa, aqli dardga chalindi [ya'ni, esi ogʻdi], deyiladi, 
Aksincha, soʻzlamasa, tilni gung-soqov deyiladi». 
Yoki yana, Namangan nusxasida: 
Til asγï telim bar, basïnma öküš, 
Ara ögdilür til, ara miŋ söküš
(QBN.13b.10). 
Ma’nosi: 
«Tilning foydasi talaydir, ortiqcha xovliqma, 
Goho maqtalur til, gohida ming soʻkish eshitadi». 
Hirot nusxasida: 
Til asγï telim bar, yasï ma öküš, 
Ara ögdilür til, ara miŋ söküš
(QBH.9a,18). 
Ma’nosi: 
«Tilning foydasi talaydir, ziyoni ham koʻp, 
Goho maqtalur til, gohida ming soʻkish eshitadi». 
Ezgu ishlar qilmoqlikka bagʻishlangan bobida Namangan nusxasida:
Kiši körki söz-ol, bu söz-ök telim, 
Yurï, eδgü sözlüg kišig ög tilim
(QBN.17a.4). 
Ma’nosi: 
«Kishining koʻrki soʻzdir, soʻz esa talay, 
Kel, ey tilim, ezgu soʻzli kishi(lar)ni maqta». 
Ushbu bayt Hirot nusxasida shunday: 
Kiši körkü söz-ol, söz asγï telim, 
Yurï, edgü sözlüg kiši ög tilim
(QBH.10a,21). 
Mazmuni:
«Kishining koʻrki soʻzdir, soʻzning foydasi talay, 
Kel, ey tilim, ezgu soʻzli kishi(lar)ni maqta». 
Asar nusxalarini oʻzaro chogʻishtirish jarayonida matn va mazmun bilan bogʻliq buning 
singari misollar koʻp chiqadi.
Bulardan koʻrinadiki, 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish