Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Key words:
manuscript, Uyghur manuscript, ancient Turkic language, textual studies, 
comparative analysis of texts.

filologiya fanlari doktori, professor, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 
kasimjonsadikov@gmail.com
 


130 
«Qutadgʻu bilig» masnaviysining uch yirik qoʻlyozmasi ma'lum: shulardan ikkisi arab, biri 
turkiy-uygʻur yozuvida. Arab yozuvli qoʻlyozmalarning koʻchirilgan sanasi aniq emas: fanda 
Namangan (Fargʻona) nusxasi taxminan XIII, Qohira nusxasi esa XIV yuzyillikda koʻchirilgan 
deb qaraladi.
Uygʻur yozuvli qoʻlyozmaning koʻchirilgan joyi, yil-oyi-kuni va kotibi aniq: uni Hasan 
Qora Sayil Shams baxshi hijriy 843, qoʻy yilida, muharram oyining toʻrtinchi kuni (melodiy 
1439 yilning 18 iyunida) Hirotda koʻchirib tugatgan. Bu toʻgʻrida masnaviy tugagandan keyingi 
tarixda shunday yozib qoʻyilibdi: 
Tügändi Qutadγu kitābï tarix sekiz qïrq üč yïlda qoy yïl 
muharram aynïŋ törti Haruda
(QBH.93a,26–27 ). 
Baxshining (oʻsha chogʻlar uygʻur xatida bituvchi kotibni ana shunday ataganlar) 
masnaviyga qoʻshimcha qilingan 38 baytli qasidasidan keyin ham yuqoridagi sana qaytariladi: 
Tarix sekiz yüz qïrq üčtä qoy yïl axirï muharram aynïŋ tört yaŋïsï Haru šahrïnda bitildi
(QBH.95a,9–14).
Qoʻlyozmalarning ikki alifboda ekanligi asarning ilkin nusxasi qanday yozuvda bitilganligi 
bilan bogʻliq tortishuvga olib keldi: ba'zi olimlar muallif oʻz asarini arab xatida bitgan desalar, 
boshqa birlari bunga teskari fikrda. 
Birinchi fikr tarafdorlari roʻkach qila oladigan bir misol bor. «Qutadgʻu bilig»ning beglikka 
sazovor kishi qanday boʻlmogʻi kerakligi haqidagi bobida begning sifati ta'riflanar ekan, qiziq bir 
bayt keltiriladi. Ushbu bayt asarning arab yozuvli Namangan va Qohira nusxalarida shunday: 
«Beg» atï «bilig» birlä baγlïγ turur, 
«Bilig» «lām»ï ketsä, «beg» atï qalur
(QBN.76a,6; QBQ.53a,13).
Mazmuni: «Beg» oti «bilig» bilan bogʻliqdir, 
«Bilig» «lom»i ketsa, «beg» oti qoladi [ya'ni, 
«bilig»
soʻzidan 
«lām»
harfi ketsa, 
«beg»
soʻzi qoladi]. 
Ushbu baytda muammo san'ati ishlatilgan. Unda 
«bilig»
va 
«beg»
soʻzlarining arab 
xatidagi yozilishiga ishora qilinib, bu ikki soʻzning mohiyatan ham oʻzaro bogʻliqligi 
uqtirilmoqda. 
Yanada muhimi, ushbu bayt olimlarni qat'iy xulosaga ham olib kelgan: ularning fikricha, 
muallif asarni arab xatida bitgan, aks holda bunday badiiy san'at ishlatilmagan boʻlardi. 
Aytish oʻrinliki, bu fikr arab yozuvli qoʻlyozmaga nisbatan toʻgʻri, lekin uygʻur yozuvli 
qoʻlyozmani inobatga olganda, bunday deyish qiyin. Sababi, ushbu bayt asarning uygʻur yozuvli 
nusxasida biroz boshqacha shaklda. Mana uning oʻqilishi: 
Beg atï bilig birlä baγlïγ turur, 
Biligi bedüsä, beg atï qalur
(QBH.38a,11). 
Shunga qarab, baytning ma’nosi ham oʻzgaradi:
«Begning oti [ya'ni, nom qozonishi uning] bilimiga bogʻliqdir, 
Bilimi buyuklashsa, begning oti (mangu) qoladi [ya'ni, uning dovrugʻi olamga taraladi]». 
Baytning bunday talqin qilinuvida jon bor: u oʻzidan avvalgi va keyingi baytlarning 
mazmuni bilan ham uygʻun. 
Urgʻulash oʻrinliki, Qoraxoniylar davlatida eski turkiy-uygʻur xatining mavqei ancha 
yuqori edi. Mahmud Koshgʻariy ham oʻzining «Devonu lugʻati-t-turk» asarida turkiy xalqlarning 
milliy yozuvi toʻgʻrisida soʻz yurita turib, ana shu yozuvni keltirgan (
qarang:
DLT,16–17).
Ushbu dalillarga tayanib, shunday fikrni aytish mumkin: 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish