Tili va adabiyoti universiteti


Multimedia vositalaridan foydalanish yoʻllari va afzalliklari



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet424/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   420   421   422   423   424   425   426   427   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Multimedia vositalaridan foydalanish yoʻllari va afzalliklari 
Ways and benefits of using multimedia tools 
 


507 
Kuldasheva Sanobar Xayotovna
*
Annotation.
The article discusses ways to use multimedia in the classroom. The 
organization of multimedia lessins, its importance and benefits will be explained.
Key words:
innovative technologies, multimedia tools, modeling, visual materials, 
lingvodidactics.
Zamonaviy ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalari oʻquv jarayoniga faol ta’limning 
turli shakllari, usullari va vositalarining keng joriy etilishi bilan uzviy bogʻliq. Hozirgi kunda 
multimedia texnologiyalari ta’lim jarayonida yangi axborot texnologiyalarining jadal 
rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Matn, nutq, grafika, animatsiya, musiqa, video va turli xil 
usullarning kombinatsiyasidan ona tili darslarida unumli va oʻrinli foydalanib darsning mazmuni 
va shaklini ta’minlash oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar 
eshigini ochadi: ma’lumotlardan tezkor foydalanish, audio va vizual materiallarni birlashtirib 
anglash, koʻrib idrok qilish mustaqil, ongli ravishda xulosa chiqarishni osonlashtiradi. 
Oʻqituvchi, olim va dasturchining integrativ yondashuvi yangi ta’lim muhitini yaratadi va 
sifatning oshishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Albatta, har bir oʻqituvchining oʻz ish usuli bor. Kimdir xat taxtasida ishlashga odatlangan, 
kimdir doska oldida turib tushuntirishni afzal koʻradi, kimgadir oʻquvchilar atrofida erkin yurib 
tushuntirish osonroq. Har qanday usulda ham koʻplab oʻqituvchilar darsning yangi mavzuni 
tushuntirish hamda mustahkamlash bosqichlarida koʻrgazmali materiallarni namoyish etish 
ehtiyojiga duch keladilar. Dars mashgʻulotlari shakli zamonaviy innovatsion yechimlar bilan 
uygʻunlashtirilgan boʻlishi kerak. Yangi innovatsion axborot muhitida oʻquvchilar oʻquv 
jarayonida faol qatnashadilar, mustaqil fikrlashni oʻrganadilar, oʻz nuqtayi nazarlarini ilgari 
suradilar, real vaziyatlarni tahlil qiladilar. Multimediya texnologiyalaridan foydalanish 
oʻqituvchiga koʻrgazmali materiallar namoyishini yanada samarali boshqarish, guruh ishini 
tashkil etish, odatiy ritm va ish uslubini buzmasdan oʻzlarining innovatsion ishlanmalarini 
yaratishga imkon beradi. [Yurova, 2011: 126]
Multimediali dars mashgʻulotlarida oʻquvchiga ovozli ma’lumotlar (musiqa, nutq va 
boshqalar) hamda video ma’lumotlar (videolar, animatsion filmlar va boshqalar)ni uni 
qiziqtirgan fonlar orqali berishda imkon tugʻiladi. Multfilmlar, videokliplar, harakatlanuvchi 
rasmlar va matnlar, tasvirning rangi va hajmini oʻzgartirish, uning miltillab soʻnib borishi yoki 
paydo boʻlishi, shubhasiz, bolada qiziqish uygʻotadi. 
Multimedia dasturlari orqali ma’lumotni uzatishda turli axborot bloklarining oʻzaro aloqasi 
(matn, grafika, audio va videokliplar) giperhavola orqali amalga oshiriladi. Giperhavola maxsus 
moʻljallangan shaklda ekranga joylashtiriladi va oʻz yoʻnalishini belgilaydi.
Tasvirlarning xilma-xilligi, xayoliy tafakkurni oʻquv jarayoniga faol kiritish oʻquvchiga 
beriladigan materialni yaxlit idrok etishda yordam beradi. Oʻqituvchi nazariy ma’lumotlarni 
bayon qilish hamda namoyish qilish bilan birlashtirish imkoniyatiga ega. Multimedia 
texnologiyalari shunday imkoniyatni taqdim etadiki, unda ma’lumotlar odatiy mashgʻulotda 
boʻlgani kabi ketma-ket emas, balki parallel ravishda bir necha hislar (sezgi organlari) 
tomonidan idrok etiladi. Koʻrish va eshitishning bir vaqtda amalga oshishi hamda oʻquvchining 
jarayonga faol harakat orqali ishtirok etishini ta’minlash oʻquv materiallarini oʻzlashtirish 
darajasini bir necha baravarga oshirishi muqarrar. Multimediya dasturlaridan sinfdagi dars 
mashgʻulotlarida, iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash mashgʻulotlarida, past oʻzlashtiruvchilar 
bilan ishlash mashgʻulotlarida, ona tili toʻgaraklarida, shuningdek uyda mustaqil ishlash uchun 
foydalaniladi. Faqatgina oʻqituvchi tomonidan oʻquv materialini oʻzlashtirishning tezligi, 
material miqdori, qiyinchilik darajasini belgilash hamda, eng asosiysi, oʻquvchida kerakli media 
*
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti, 
kuldashevasanobar01@gmail.com 


508 
vositalaridan oʻrinli foydalana olish malakasi va madaniyatini shakllantirgan boʻlishi talab 
etiladi. Multimediali darslar orqali quyidagi ijobiy omillarga erishish mumkin: 
1.
Oʻrganilayotgan materialni namoyish etish vositalarida yaxshiroq va chuqurroq 
tushuntirish orqali oʻquv jarayonining samaradorligini oshirish. 
2.
Muntazam operatsiyalarni avtomatlashtirish natijasida sezilarli darajada vaqtni 
tejash. 
3.
Oʻquvchini mashgʻulot jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish, ularning 
kognitiv mustaqilligi va ijodini rivojlantirish. 
4.
Obyektlar va hodisalarni modellashtirish qobiliyatini shakllantirish, kompyuter 
texnologiyalaridan unumli foydalanishni oʻrgatish. 
5.
Ma’lumotni uzoq vaqt xotirada qolishini ta’minlash. 
6.
Istagan paytda qayta takrorlashga imkoniyat yaratish. 
7.
Ta’limni zamon bilan hamnafaslikda oʻrganish motivatsiyasini oshirish. 
8.
Axborot bilan ishlash koʻnikmalarini shakllantirish (izlash, tanlash, qayta ishlash,
ajratib koʻrsatish, mantiqiy aloqalarni oʻrnatish va boshqalar). 
9.
Vizual-obrazli fikrlash, yozma va ogʻzaki muloqot qobiliyatlarini shakllantirish. 
Multimediali 
darslarda dasturiy ta’minot vositalari oʻqitishning an’anaviy 
texnologiyalarini toʻldiradi. Oʻquv ma’lumotlarini animatsiya va ovoz effektlari bilan 
jihozlangan diagrammalar, jadvallar, videoklip, audiomatnlar koʻrinishidagi koʻplab vizual 
tasvirlarni oʻquv jarayonining boshqa tarkibiy qismlari: maqsad, mazmun, oʻqitish usullari, 
oʻqituvchi va oʻquvshi faoliyati bilan uzviy bogʻliq holatda boʻlishini ta’minlash lozim. 
Shuningdek, samarali yangi pedagogik texnologiyalar va tilni oʻqitish nazariyasi va amaliyotida 
doimo mavjud boʻlgan vaqt sinovidan oʻtgan lingvodidaktik konstantalar oʻrtasidagi 
muvozanatni topish kerak. [Kashuk, 2014:48]
Multimediali darslarning ustuvor maqsadi oʻquv jarayonida zamonaviy axborotga boy 
muhitda oʻquvchilarning samarali mustaqil ijodiy faoliyat qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Shuni 
inobatga olgan holda, multimedia dasturini ishlab chiqishda oʻqituvchi nafaqat mavzudagi oʻquv 
vazifalarini, balki maqsadlari (oʻquv, tarbiyaviy, rivojlanish)ni ham belgilab oladi, qoʻshimcha 
ravishda axborot madaniyati tarkibiy qismlari (kerakli ma’lumotlarni tanlash qobiliyatini 
rivojlantirish, axborotni texnik qayta ishlashning yangi usullari bilan tanishish, axborotni 
kompyuterda qayta ishlash boʻyicha amaliy koʻnikmalarni shakllantirish va h.k. )ni ham qamrab 
oladi. 
Multimedia darslarining yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, dasturdan ochiq va 
masofaviy darslarda birdek foydalanish mumkin. Ayniqsa, bugungi karantin davrida tashkil 
etiladigan masofaviy dars mashgʻulotlarida ham multimedia vositalaridan unumli foydalanish 
ijobiy natijalarga olib keladi.

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   420   421   422   423   424   425   426   427   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish