Tili va adabiyoti universiteti


Key words: lexical-semantic, diplomatic terms, speech-specific terms, dictionary,  diplomacy



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Key words:
lexical-semantic, diplomatic terms, speech-specific terms, dictionary, 
diplomacy. 
 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog 
kadrlar tayyorlash bo‘limi muhandisi, 
movlanovsanjar@mail.ru
  


341 
Diplomatik terminlarning leksik - semantik xususiyatlari haqida gapirganda ularning 
nutqiy – mavzuiy guruhlariga toʻxtalib oʻtish joizligini unutmaslik kerak. Har bir hujjatda oʻziga 
xos rasmiy qolipdan tashqari, nutqqa xos atamalardan ham foydalaniladi.
Diplomatik hujjatlar juda keng qamrovli boʻlib, ularda mamlakatlarning oʻz 
mustaqilligini e’lon qilishi va boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalar oʻrnatishga oid 
masalalargina emas, xalqlarning taqdirini hal etishga qaratilgan tinchlik, betaraflik, 
qurolsizlanish, kabi siyosiy masalalar oʻzaro iqtisodiy va madaniy hamkorlik qilishga oid turli 
masalalar ham yoritiladi.
Shuning uchun, diplomatik hujjatlar bilan shugʻullanuvchi diplomatlar 
har bir davlatga aloqador an’ana va nomlanishlarni aniq bilishi talab qilinadi.
Davlat rahbarlarining, Vazir va boshqa oliy mansabdorlarning ism, shariflari toʻliq, hech 
qanday qisqartirishlarsiz yozilishi kerak. Ism, sharif, lavozimlarni asliga muvofiq yozish hurmat 
– e’tibor belgisi hisoblanadi. 

Muhammedova, Moʻydinov, 2013; 141

Bundan tashqari, ayrim rasmiy hujjatlarda shaxsiy murojaatlar, mulozamatlar doʻstona 
munosabatlarni aks ettiruvchi soʻzlardan foydalaniladi. Tadqiqotchi S. Nosirova “Hozirgi zamon
xitoy tili diplomatik terminlarning leksik – semantik va struktur tahlili“ mavzuli
dissertatsiyasida diplomatik hujjatlarda koʻp qoʻllaniladigan “protokol formulalarni“ tahlil etadi 
va ularni quyidagi nutqiy – mazmuniy guruhlarga boʻladi.
A)
murojaat soʻzlari 
B)
mulozamat soʻzlari
C)
diplomatik soʻzlarning yakuniy qismida qoʻllaniladigan mulozamat soʻzlari. 
Rasmiy hujjatning boshlanish hurmat ma’nosidagi soʻzlar diplomatik hujjatlarning ham 
bosh, ham oʻrta, mulozamat soʻzlari va iboralar rasmiy hujjatlarning yakuniy qismida 
qoʻllaniladi. Murojaat soʻzlari shaxsning gender, ijtimoiy va professional ahvoliga qarab 
turlanishi kuzatiladi. Masalan, shaxsiy notada murojaatning quyidagi shakllari mavjud:“Prizident 
janobi oliylari”, “Qirol hazrati oliylari”, “Qirolicha hazrati oliylari”, “ Vazir hazrati oliylari”, 
“Muhtama qirolicha”, “karami keng papa”, “Buyuk Vazir ” kabi va boshqalar. Ta’ziya ishor 
etilganda e’zoz soʻzlari tushirilib qoldiriladi va “Janob Prizident” , “Janob elchi”, “Janob Bosh 
Vazir” tarzida yoziladi. Agar nota yoki xat doʻstona mazmunda boʻlsa asosiy qism ham, 
hurmatni ifodalovchi soʻzlar bilan boshlanadi. Xorijiy mamlakat vakillari orqali yozishmalarda 
yoki chet el davlatlari tomonidan yuborilgan xatlarda asosan, quyidagi murojaat birliklarini 
koʻrishimiz mumkin. “Janob Prezident”, “Janob Prezident zoti oliylariga”, “Hurmatli Islom 
Abdugʻaniyevich Karimovga”, “Bosh Vazir Janobi oliylariga”, Bosh Vazir zoti oliylariga” va 
boshqa shu turdagi birliklarni uchratishimiz mumkin. 
Odatda, davlat rahbarlari, podshoh, Tashqi ishlar vaziri kabi shaxslarga mulozamat 
soʻzlari va iboralardan foydalanilganda ikki tomonning jamiyatda tutgan oʻrni, oʻzaro aloqasi va 
siyosiy vaziyatni nazarga olish lozim. Diplomatik hujjatlarda qoʻllaniluvchi murojaat 
soʻzlarining har bir turi oʻz ma’nosi va qoʻllanish doirasiga ega. Ma’lum bir murojaat 
soʻzlarining nooʻrin qoʻllanilishi suhbatdoshlar oʻrtasida tushunmovchiliklar keltirib chiqarishi 
mumkin 

Muhiddinova, Abdullayeva, 1997; 18


Diplomatik hujjatlar rasmiy uslubning asosini tashkil etadi. Ularda rasmiy soʻz va 
qoliplashgan birliklardan tashqari maqtov birliklaridan ham foydalaniladi. Bunday soʻzlarni 
tadqiqotchi S.Nosirova “Diplomatik hujjatlarning oxirida qoʻllaniluvchi soʻzlar” guruhiga 
kiritgan. Bizningcha, biz bunday soʻzlarni maqtov va hurmat – ehtirom soʻzlari deb atasak 
toʻgʻriroq boʻladi. Chunki diplomatik hujjatlarning yakunida yoki boshlanish qismida 
qoʻllaniluvchi soʻzlar yuborilayotgan shaxsga hurmat-ehtiromni bildirish maqsadida yoziladi va 
ularni madh etishadi. Masalan, “Sizga boʻlgan cheksiz hurmatimni izhor etaman”, “Yuksak 
ehtirom bilan”, “Sihat salomatlik tilab”, “Chuqur hurmatimni izhor etaman”, “Fursatdan 
foydalanib yana bir bor Sizga hurmat va ehtiromimni izhor etaman”, “Mening hurmat va 
ehtiromimga yana bir bor ishonch bildirgaysiz “ 


342 
Rasmiy xatlar va notalarda hujjatning yakunida, imzo qoʻyishdan avval ham hurmat 
ifodasi aks etishi mumkin: “Eng ezgu tilaklar ila”, “Kamoli ehtirom ila”, “Hurmat va ehtirom 
bilan”, “Sizga chuqur hurmat bilan”,“Sihat salomatlik tilab” kabi. 
Koʻrib oʻtilganiday maqtov va hurmat-ehtirom soʻzlari bir komponentli va koʻp 
komponentli boʻlishi mumkin va diplomatik hujjatlarning ayni shu qismida ba’zan 
sinonimlardan foydalanish mumkin. “Hurmat” soʻzini “ehtirom” soʻzi bilan, “rahmat” soʻzini 
“tashakkur” soʻzi bilan “sabr” soʻzini “matonat” soʻzi bilan ‘yuksak” soʻzini “ulkan”, “cheksiz” 
soʻzlari bilan bemalol almashtirib qoʻllash mumkin. Bunday hissiy-ta’siriy boʻyoqdor soʻzlar 
elchining yoki maktub yoʻllovchi hukumatni, yoʻllanuvchi shaxsga boʻlgan iliq munosabatini 
koʻrsatish bilan bir qatorda, uning mohir ustamon davlat vakili ekanligidan dalolat beradi 

Muhiddinova, Abdullayeva, 1997; 17 


Ma’lumki, har qanday soʻz (leksema) oʻzining xususiyatiga koʻra umum muomaladagi
soʻz yoki termin boʻlishi mumkin. Hozirgi zamon fanlari koʻplab sohalarga boʻlinar ekan, ularda 
ishlatiladigan leksemalarning oʻrni, mohiyatini belgilab olish muhim vazifalardan biri 
hisoblanadi. Termin va termin boʻlmagan soʻz yoki soʻz birikmalarini farqlash mezonlari aniq 
belgilangan . 
Termin umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi boʻlmish ishlab 
chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik soʻz yoki soʻz birikmadir. Termin konkret 
narsa- predmet asl mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir. 
Termin uchun muayyan ta’rif zarur, uning yordamida tegishli tushuncha mazmunini 
aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni 
mahalda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yoʻl qoʻyuvchi, 
farqlovchi belgilarni ravshanroq koʻrsatish mumkin. Terminologiya muayyan fanning 
tushunchalar tizimi bilan oʻzaro munosabatda boʻlgan terminlar jami sifatida ta’riflanadi. Har 
qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar tizimi toʻgʻri keladi. Terminologik tizimlar fan 
taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar umumiste’moldagi soʻzlardan farqli 
ravishda joriy qilinib, ularning qoʻllanilishi ma’lum darajada nazorat ostida boʻladi. 
Termin paydo boʻlib qolmaydi, aksincha, ularning zarurati anglangan holda oʻylab 
topiladi, ijod qilinadi. Shuningdek, oddiy soʻzdan farqli ravishda terminning ma’nosi konteksga 
bogʻliq boʻlmaydi. Muayyan leksema terminologik ma’nosida va oʻz terminologik va oʻz 
terminologik makonida qoʻllanilar ekan, ayni ma’no saqlanib qolaveradi. 
Biroq koʻp ma’noli terminlarning aniq ma’nosini ajratib olish uchun konteksning 
zarurligi shubha tugʻdirmaydi. 
Diplomatik terminlar esa koʻp ma’nolilikdan yiroqroq. Ular faqat bir ma’no anglatishi 
bilan ajralib turadi. Lekin ayrim terminlargina konteksga qarab koʻp ma’nolilik hosil qiladi. 
Masalan: 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish