Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

(Tunu kun bunday tashvishlar bilan seni(gina) soʻradi, 
Sen uni endi hamd et, sevinchini tila.)
Masnaviy mutaqoribi musammani mahzuf vaznida yozilgan boʻlib, 
bilə - tilə
soʻzlari 
qofiyadosh soʻz sifatida ishlatilgan. Qofiyadosh soʻzlardagi 
ə
unlisi raviy, ya’ni qisqa unli 
ishlatilgan, demakki, bunday qofiya turi qofiyaning oʻzak tarkibiga koʻra mujarrad qofiya turini 
shakllantirgan. Ayni qofiyadosh soʻzlar qofiyaning qoʻshimcha tarkibiga koʻra muqayyad turini 
hosil qiladi. Muqayyad qofiya qonuniyatiga koʻra raviydan soʻng qofiya huruflari ishtirok 
etmaydi, ya’ni qofiya raviy bilan tugaydi. Ayni qofiya turlari asarda koʻp qoʻllangan.
Bir änchä türüb bäsh kɵtärdi elig, 
V - - | V - - | V - - | V - 
Bü Äytöldiqa äydi tebrət tilig. 
V - - | V - - | V - - | V - 
(Bir oz turgach, elig boshini koʻtardi, 
Oytoʻldiga aytdi: Tilingni tebrat.) 
Xuddi shu vaznda yozilgan mujarradi mutlaq qofiyali baytlar “Qutadgʻu bilig” asarida 
salmoqli hajmga ega. Yusuf Xos Hojib mohiyatni chuqurroq yetkazib berish va ohangdorlikni, 
musiqiylikni ta’minlash maqsadida mutlaq qofiya turidan juda koʻp foydalangan. Chunki mutlaq 
qofiya turida raviydan keyingi qofiya harflari oʻzaro aynan boʻladi. Bu bir xillik bayt 
musiqiyligini oshiradi.
 
 
Bü äy tugʻsa äshnü edi äz tugʻar, 
V - - | V - - | V - - | V - 
Küningə bedüyür yuqaru agʻar. 
V - - | V - - | V - - | V - 
(Oy tugʻilganda, dastlab u juda kichik tugʻiladi, 
Soʻng kundan kunga ulgʻayadi, yuqori koʻtariladi.)
Masnaviydagi 
tugʻar-agʻar
qofiyadosh soʻzlarida 

undoshi raviy boʻlsa, raviydan keyin 
qofiya harakati majro, undan soʻng vasl ishtirok etgan.
 
Raviy 
Majro
Vasl
Tu 
gʻ 



gʻ 


 
Ye
sizlik üjüz-ül änü qïldachï, 
V - - | V - - | V - - | V - 
Yāvüz ish üjüz-ül esiz boldächi. 
V - - | V - - | V - - | V - 
(Yomonlikchi, uni qiluvchi kishi tubandir, 
Yaramas ish yomonlikka olib keladigan tuban narsadir) 
 
 
Raviy
Vasl
Nafoz
Xuruj
Mazid


168 
Qï 



ch 
ï 
Bo 


ä 
ch 

Dostondagi masnaviylarning aksariyatida qofiyaning oʻzak tarkibiga koʻra murdaf va 
muqayyad qofiya turi qoʻllangan. Bu holat qofiya tarkibidagi oxirgi rukn bilan bogʻliq. Oʻta 
choʻziq hijo bilan tugagan, mutaqoribi musammani maqsur vaznida yozilgan misralar mohiyatni 
yetkazishga muhim ahamiyat kasb yetgan. 
Yürimäz yätmäz üdimäz udugʻ, 
V - - | V - - | V - - | V ̴ 
Yä menzəg yaŋzagʻ kɵtürməz bodugʻ.
V - - | V - - | V - - | V ̴ 
(
U yurmaydi yo yotmaydi, uxlamaydi, (u) uygʻoqdir, 
Yo mengzaydigan, yo oʻxshaydigan surati yoʻqdir

Raviydan oldingi choʻziq unli ridfi asliyni hosil qilib, bunday qofiya turi murdaf qofiya 
sifatida baholanadi.
Qator undos’hli boʻgʻinga asoslanadigan soʻzlar qofiyaning murdaf va muqayyad turiga 
namuna boʻlib, bu misralar mutaqoribi musammani maqsur vaznida yozilgan. Bu kabi qofiya turi 
dostonda boshqa qofiya turlariga nisbatan kamroq qoʻllangan.
Äpäŋ tegsə yemgək qadgʻu saqïnch, 
V - - | V - - | V - - | V ̴ 
Serinsə kelir otruqïra sevinch.
V - - | V - - | V - - | V ̴ 
(Agar mehnat, mashaqqat yoki qaygʻu-alam yuz ursa, 
Ularga sabr qilsang, oʻngingdan shodlik keladi) 
Hazv 
Qayd
Raviy
Saq 
ï 

ch 
Sevi 


ch 
Masnaviydagi 
saqinch – sevinch
qofiyadosh soʻzlari oʻta choʻziq hijoni qayd asosida 
yuzaga keldirgan. Shuning uchun ham bunday qofiya turi muqayyad qofiya, qofiyadosh soʻzlar 
raviy bilan tugagani bois ham qoʻshimcha tarkibiga koʻra muqayyadi muqayyad qofiya deb 
yuritiladi. 
Biri beg sɵzini qatïgʻ tütsä berk, 
V - - | V - - | V - - | V ̴ 
Yekinchi havaqa uqush qïlsa erk.
V - - | V - - | V - - | V ̴ 
(Birinchidan, beg soʻzlarini juda qattiq sir tutsa, 
Ikkinchidan, havasni bosishga zehni gʻolib boʻlsa(ya’ni irodasi kuchli boʻlsa)) 
 
Hazv 
Qayd
Raviy
B






Koʻrinib turganidek, ushbu misralarda ham yuqoridagi kabi muqayyadi muqayad qofiya 
qoʻllangan. 
Dostonning juda koʻp oʻrinlarida misralarning qofiyasiz shaklda kelish oʻrinlari ham 
uchraydi. Biroq bu qofiyasiz oʻrinlarda vazn buzilmaydi. Aksincha, muallif vaznni saqlab qolish 
maqsadi bilan ba’zi misralarni qofiyasiz shaklda keltiradi. 
Agʻïr –teg qamugʻï agʻïr qïlquqa, 
Ridf
Raviy 
Ud 

gʻ 
Bod 

gʻ 


169 
Qïlumaz bü ishni biligsiz kishi. 
(Ulugʻlashish uchun ezguning borligi yuqoriga koʻtarilish kabidir, 
Bu ishni yesa bilimsiz, nodon kishi qila olmaydi.) 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Yusuf Xos Hojib vazn talabi bilan ba’zi misralarda 
qofiyasiz radifni keltirib, ohangdoshlikni radif orqali ta’minlashga yerishgan. Doston misralari 
orasida misralar tarkibida qofiya ayblari sinod, iqvo, ikfo, iyto kabi ridf, raviy, hazv va 
majrodagi tafovutlar juda koʻp oʻrinlarda uchraydi.
Ey ül bü kitobkə qabul boldüqï, 
Bü türklər tilində äjäb kɵrdüki. 
(Ehe, bu kitobga kiritilgan narsalar, 
Bu turklar tilida qiziq koʻringan narsalardir) 
Misradagi qofiyadosh soʻzlarga e’tibor berilsa, asoslar – 
bol
va 
kɵr 
soʻzlari oʻzaro 
qofiyadosh boʻla olmaydi, biroq asosga qoʻshilgan qoʻshimchalar – 
-duqi
va 
-duki
shakllari 
oʻzaro ohangdoshlikni ta’minlagan.
Xulosa qilib shuni alohida qayd qilish lozimki, Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” 
asarida vazn qofiya uygʻunligiga asoslangan misralar boshdan-oyoq bir butunlikni tashkil qiladi. 
Muallif mohiyat va vazn, qofiya shakllarini uzviylikda shakllantirib, poetik jihatdan mukammal 
misralarni yaratgan.

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish