Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

rud
gidronimik indikatori ham koʻp uchraydi. Rud fors-tojikcha 
roʻd
soʻzining fonetik varianti boʻlib, asarda 
“katta ariq» – kanal
” ma’nosida, ayrim oʻrinlarda daryo 
terminining sinonimi sifatida qoʻllangan:
“...Koʻhak suyi shimolidin oqar. Samarqandtin ikki kuroʻh boʻlgʻay. Bu suv bila 
Samarqand orasida bir pushta tushubtur, Koʻhak derlar. Bu rud muning tubidan oqar uchun 
Koʻhak suyi derlar. Bu suvdin bir ulugʻ rud ayiribturlar, balki daryochadur, Dargʻam suyi 
derlar. Samarqandning janubidin oqar...”.
[Bobur 1:59]. 
Keltirilgan mazkur parchada Bobur birinchi rudni 
“daryo”
ma’nosida, keyingisini “katta 
ariq” ma’nosida qoʻllagan. Hatto daryo soʻzini kichraytirish shaklida 
“daryocha”
tarzida 
qoʻllab, 
“katta ariq”
ma’nosini ifoda etgan. Bobur bu bilan fikr bayonida takrordan qochgan va 
oʻz fikrini xalqona, jonli soʻzlashuvga yaqin tarzda ifoda etishga erishgan. Rud termini oʻzbek 
tilining ayrim tarixiy gidronimlari tarkibida 
“daryo, ariq, kanal”
ma’nolarida kuzatiladi.
Ayniqsa, Samarqand va Buxoro guruh shevalarida 
“katta ariq” 
ma’nosida ishlatiladi, bir qator 
gidronimlar tarkibida ham uchraydi:
 Shahrrud 
(Shahar arigʻi), 
Koʻhnarud
(Eski ariq – Shofirkon 
tumani), 
Qalqonrud 
(Bux. v. Gʻijduvon t.) kabi.
Asarda fors-tojik tiliga oid 
joʻy, band
gidronimik indikatori ham uchraydi: 
“Togʻ 
tarafidin bir ulugʻ shahjoʻy oqar”
[Bobur 1: 35]. 
Shohjoʻy
bu oʻrinda 
“katta ariq”
ma’nosida 
qoʻllangan. 
Band 
soʻzi ham ayrim tarixiy gidronimlar tarkibida gidronimik indikator ma’nosida 
qoʻllanadi.
Band
soʻzi hozirgi oʻzbek adabiy tilida omonim va koʻpma’noli lugʻaviy birlik 
sifatida bir necha ma’nolarni anglatadi. Tarixda esa soʻz “
toʻgʻon, suv ombori
” ma’nolarida ham 
qoʻllangan: 
Bu havzning gʻarbi-shimolida Sulton Iskandar bande solibtur.
[Bobur, 
1:238].Shuningdek, «Boburnoma»da 
Bandi Solor
(ya'ni Solor bandi), 
Bandi Sixon 
(Sixon bandi) 
kabi tarixiy gidronimlar ham kuzatiladi.Ana shu gidronimlar tarkibida ham «toʻgʻon» ma’nosida 
qoʻllangan. 
Bobur oʻz asarida yirik suv obyekti – 
dengiz
gidronimik indikatori oʻrnida arabcha 
ummon
, okean oʻrnida 
muhit
terminlarini ishlatadi: 
“...Sind derlar: Gʻarb sari oqib Tatta viloyatining ichi bila oʻtub, Ummongʻa qotilur. Bu 
olti daryodin oʻzga daryolar: Juun va Gang va Rapat va Goʻmtiy va Gagar va Saru va Gandak 
va yana qalin daryolardurkim, bori Gang daryosigʻa qotilib, Gang – oʻq atanur, Sharq sari 
oqib, Bangala viloyatining orasi bila oʻtub, Muhitqa toʻkulur»
[Bobur 1:197]. 
Suv
gidronimik indikatori Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asarida 
oʻzbek tilining qarluq lahjalaridagi kabi 
suy // suv // su 
shakllarida uchraydi. Bobur mazkur 
soʻzning suv shaklini hozirgi oʻzbek adabiy tilidagi kabi 
«vodorod bilan kislorodning kimyoviy 


142 
birikmasidan iborat tuzsiz shaffof suyuqlik»
[Oʻzbek tilining izohli lugʻati,2: 79] ma’nosida 
qoʻllasa, 
suy
ni gidronimik indikator sifatida
ariq, kanal, daryo
ma’nolarida qoʻllaydi. Chunonchi, 
«Sayxun suyining shimoliy tarafidagʻi qasabalar: biri Axsidur»
[Bobur, 1: 36]. 
Bu oʻrinda 
suyi
soʻzi daryo ma’nosida qoʻllangan, ya'ni Sayxun (asli Sayhun) suyi – 
Sayhun daryosi.«Boburnoma»da 
suyi
termini bilan teng ravishda ayrim oʻrinlarda daryo 
gidronimik indikatori ham qoʻllangan: 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish