Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

talqinida  namoyon  boʻladi”.  [2,167]  Deyktik  birliklar  sifatida  olmoshlar 

guruhini  (asosan,  koʻrsatish,  kishilik,  soʻroq  hamda  belgilash  olmoshlari), 

shuningdek, payt ravishlari, son soʻz turkumiga oid soʻzlarni kuzatish mumkin. 

Masalan, Mahkam zinapoyaga qarab chopdi va uning silliq yogʻoch qanotidan 



ushlab, eshkak eshayotganday siltana-siltana uchinchi qavatga yugurib chiqdi 

(P. Qodirov “Uch ildiz”). Ushbu gapda ikkita deyktik belgi qoʻllangan boʻlib, bular 

uning hamda qanotidan soʻzlaridir. Uning deyktik birligi yuqoridagi bogʻlangan 

qoʻshma  gapning  birinchi  qismidagi  zinapoyaga  soʻziga  ishora  qilgan, 



qanotidan deyktik birligi esa zinapoyaning yoniga oʻrnatilgan toʻsiq, panjaraga 

ishora qilgan. Koʻrib turganimizdek, deyktik belgilar vazifasiga koʻra har doim 

ishoraviylik  xususiyatiga  ega  boʻlgan  deyktik  birliklar  hamda  vaqtinchalik 

ishora  xususiyatiga  ega  boʻlgan  deyktik  birliklarga  boʻlinadi.  Buni  aniqlash 

uchun esa nutq vaziyati muhim ahamiyat kasb etadi. Koʻrsatish olmoshlari har 

doim ishoraviylik xususiyatiga ega. Yuqoridagi misolimizda keltirilgan qanot 

soʻzini  vaqtinchalik  (nutq  vaziyatida)  ishora  xususiyatini  namoyon  etadigan 

deyktik belgi deyish mumkin. 

Deyktik  belgilar  tasnifi  masalasi  uzoq  muhokama  qilib  kelinmoqda. 

“Koʻpchilik tilshunoslar an’anaga binoan yuzasida shaxs, narsa (predmet) makon 

va zamon deyksislarini farqlab kelmoqda” [2,171] 

Yusuf Xos Hojib ham oʻzining “Qutadgʻu bilig” (“Baxtga eltuvchi bilim”) 

dostonida bir qancha deyktik birliklardan oʻta mohirona tarzda foydalangan. 



 

119 


Quyida asarda (professor Boqijon Toʻxliyevning oʻzbek tilidagi bayoni asosida) 

qoʻllangan rang-barang deyktik belgilarni koʻrib oʻtamiz va tahlil qilamiz. 



Bilimni buyuk bil, uquvni ulugʻ,  

Shu ikkov ulugʻlar kishini toʻliq. 

 

Yuqoridagi  misralarda  deyktik  belgi  ishtirok  etgan  boʻlib,  u 



ikkinchi  misradagi  ikkov  soʻzi  orqali  ifodalangan.  Ma’lumki,  bu  soʻz  son  soʻz 

turkumiga mansub boʻlib, keltirilgan baytda birinchi misradagi bilim va uquv 

soʻzlariga ishora qilgan va narsa deyksisini yuzaga keltirgan. Bu kabi deyktik 

belgilarning qoʻllanilishi takrorlar orqali yuzaga keladigan gʻalizlikning oldini 

olishga va ta’sirchanlikni oshirishga xizmat qiladi.  

Til arslon misoli yotar qafasda, 

Bexabar boshini u yer nafasda. 

Dostonning “Tilngni avayla – omondir boshing” deb nomlangan bobida 

keltirilgan mazkur baytda ikkinchi misradagi olmoshi birinchi misradagi til 

soʻziga ishora qilgan. Natijada narsa deyksisi yuzaga kelgan. 

Quyida  keltiriladigan  baytda  deyktiklik  xususiyatiga  ega  boʻlgan 

koʻrsatish olmoshi birgina soʻzga emas, balki bir nechta gapga ishora qilganini 

kuzatish mumkin: 

Tilidan tutilgan ne deyar, eshit,  

Amal qil bu soʻzga, oʻzingga ish et. 

 

Balo keltiradi boshga bu tilim,  

Boshimni u kesmay, qilayin tilim. 

 

Soʻzingni tiyib yur, boshing yormasin,  

Tilingni tiyib tur, tishing sinmasin. 

Koʻrib turganimizdek, birinchi baytning ikkinchi misrasidagi bu deyktik 

belgisi  orqali  ikkinchi  va  uchinchi  baytlardagi  butun  gaplarga  ishora  qilgan. 

Demak,  deyktik  belgilar  faqatgina  oʻzidan  oldingi  birlikarga  emas,  oʻzidan 

keyingi  birliklarga  ham  ishora  qiladi.  Bu  oʻrinda  yuqoridagi  baytlar 



 

120 


fikrimizning  dalili  desak,  xato  boʻlmaydi.  Shuni  alohida  ta’kidlash  joizki, 

mazkur baytlar ham badiiy-estetik jihatdan, ham tarbiyaviy ahamiyatga egaligi 

bilan kitobxon e’tiborini jalb qiladi. 

Kishi koʻngli goʻyo tubi yoʻq dengiz,  

Bilim bor tubida, u inju tengsiz. 

Mazkur  baytning  ikkinchi  misrasidagi  u  koʻrsatish olmoshi oʻzidan 

oldingi  bilim  soʻziga  ishora  qilgan.  Ya’ni  kishining  koʻngli  tubsiz  dengiz  kabi 

boʻlsa, bilim oʻsha koʻngil tubida misoli inju kabidir. Deyktik belgi vositasida 

bilim injuga qiyoslangan. 

Ikki xil nom qolar tilda begumon, 

Biri yaxshilig-u birisi - yomon. 

Ushbu baytda son soʻz turkumidagi soʻzlar oʻzidan keyin kelgan yaxshilik 

va yomon soʻzlariga ishora qiladi. Bu ishora birliklari (deyktik begilar) baytning 

badiiyligini yanada oshirishga xizmat qilgan. 



Kimga yetsa xorlik, qilurman himmat, 

Mening huzurimdan topgay adolat. 

 

Shakar ichgandek shod boʻlar ul kishi, 

Sevinchga toʻladi, tarqar tashvishi. 

Keltirilgan yuqoridagi misoldagi ikkinchi baytda ul kishi deyktik belgisi 

qoʻllangan boʻlib, u birinchi baytning birinchi misrasidagi xor boʻlgan kishiga 

ishora qilgan. Natijada, shaxs  deyksisi  yuzaga kelgan. Ya’ni mazkur jumlalar 

dostondagi Kuntugʻdi tilidan aytilgan va uning aytishicha, kimga xorlik yetsa, u 

Kuntugʻdining  huzuridan  adolat  topadi,  tashvishi  tarqab,  xuddi  shakar 

ichgandek shodon boʻladi.  

Yuqorida deyksis hodisasini yuzaga keltiruvchi, deyktik belgi vazifasini 

bajaruvchi  birliklar  sifatida  olmoshlar,  sonlar,  ayrim  payt  va  oʻrin ravishlari 

ta’kidlangan  edi.  Kuzatuvlarimiz  va  lingvistik  tahlilimiz  mobaynida  sifat 

turkumiga  kiruvchi  soʻzlar  ham  nutq  vaziyatida  deyktiklik  xususiyatiga  ega 



 

121 


ekanligining guvohi boʻldik. Fikrlarimiz dalili oʻlaroq quyida ana shunday birlik 

qoʻllangan baytni keltiramiz: 



Agar boʻlsa ezgu yomonga ulfat, 

Yomondan koʻra koʻp keltirar kulfat. 

Bu baytda birinchi misradagi ezgu va yomon sifatlari otlashgan hamda 

ular ana shunday xislatlarga ega boʻlgan shaxsga ishora qilgan, shaxs deyksisini 

yuzaga  keltirgan.  Ya’ni  ezgu  kishi  yomon  odamga  ulfat  boʻlsa,  u  yomon 

odamdan koʻra koʻproq kulfat keltiradi. Bu kabi betakror baytlar asarda koʻplab 

uchraydi va ular muallifning badiiy mahoratini oʻzida yaqqol namoyon etadi: 



Ezgu ezgulikdan chekmagay figʻon,  

Yomon oʻz fe’lidan boʻlar pushaymon.  

Yomonlik qilganning ulushi - oʻkinch,  

Yomonga yaxshi boʻl, mayli, har qachon. 

Yuqoridagi misollardan koʻrinib turibdiki, baytlarda keltirilgan deyktik 

vositalar  garchi  ishora  qilingan  mazmunni  toʻgʻridan  toʻgʻri  ifodalamagan 

boʻlsa-da, ular mazmunini tushunishni qiyinlashtirmaydi, aksincha, oʻquvchini 

fikrlashga,  muayyan  xulosalar  chiqarishga  undaydi.  Keltirilgan  misollardan 

xulosa qilib aytish mumkinki, Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” dostonida 

qoʻllangan deyktik birliklar faqatgina ishoraga xoslanib qolmay, balki shoirning 

yashirin maqsadini namoyon qilishda ham muhim ahamiyat kasb etgan hamda 

asarning jozibadorligini ta’minlashga xizmat qilgan. 

 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish