bo‘lgandagi o‘quvchining ruhiy holati, his-tuyg‘ulari va xulosalari bilan
belgilanadi. Savol tuzishda faktlardan ko‘ra o‘quvchi yoki talabaning fikrlashiga
turtki beruvchi jihatlariga e’tibor berish maqsadga muvofiq bo‘ladi, albatta.
812
Agar savol va topshiriqlarda fakt so‘ralsa testga tayyorgarlikday bo‘lib
qolardi,nazarimda. Go‘yo ko‘r-ko‘rona ma’lumotlarni yodlash. Aslida adabiyot
ko‘ngilni charxlashi kerak. Bolani fikrlashga, ongini qo‘zg‘atishga, badiiy asarni
his qildirishga undaydigan savollar ishlab chiqish juda muhim sanaladi.
1.Nega Boyning qotili Tangriqul bo‘lgani bilan dramaga “Padarkush” deb
nom berilgan?
2. Jamiyatda bo‘layotgan bunday hodisalar, ya’ni qoloq ommani
tarbiyalash, ularga yangi fikr, g‘oyalarni yetkazishda drama qanday ahamiyatga
ega?
3. “Padarkush” dramasini o‘qish jarayonida Boyning o‘ldirilish sahnasi
nima uchun ko‘pchilik insonlarda Boyga nisbatan achinish hissi uyg‘otmaydi?
4. Sahnadagi voqealarni to‘g‘ri anglab yetgan tomoshabin Turkistonning
asosiy fojiasi nimadan iborat ekanligini qanday his qiladi? Sizningcha, ular
qalbida yoshlarni o‘qitish orqali yangi hayotga olib chiqish mumkinligini
tushunib yetadilarmi?
5. “Padarkush” dramasini o‘qib tugatganingizdan keyin qalbingizda
nimalar kechdi? Ko‘zlaringizni bir on yumib, yaxshilab o‘ylab so‘ngra bu
dramani bitta gap bilan qanday ta’riflagan bo‘lar edingiz?
Badiiy asarni tahlil qilish asarni boshdan oxirigacha syujetini hikoya
qilib berish degani emas. Badiiy asarni tushunish insondan katta tafakkurni
talab etadi. Buning uchun o‘quvchining bilim bazasini faollashtirish, uni
amaliyotga tadbiq etish zarur. O‘qituvchidan talab etiladigan narsa shuki,
badiiy asar yuzasidan tuziladigan savol va topshiriqlarga jiddiy yondoshish
kerak.Bu bolani badiiy asarga qiziqtirish, berilgan adabiyotdagi parchadan
tashqari asarning to‘liq shakli bilan tanishishga undashda ham muhim
hioblanadi. “Bolaning mustaqil fikrlashi har doim e’tiborda boʻlishi lozim”
(Qunduz Husanboyeva) [3. 15-bet] Bundan tashqari bu jarayonlar
o‘quvchilarning dunyoqarashiga ta’sir etadi va ularda matndagi voqealarni
oldindan ko‘ra bilish qobiliyatini rivojlantiradi.
813
Fikrimizcha, gʻarb adabiyot oʻqitish metodikasida ustuvor metodlardan
boʻlgan yuqoridagi uch usul u yoki bu shaklda bizda ham mavjud. Faqat
nomlashda va yondashuvda ayrim oʻziga xosliklar koʻzga tashlanadi. Biz
metodik mushtarak jihatlarni “Padarkush” dramasi tahlili orqali ochib berishga
intildik. Ta’kidlash joizki, taniqli olimlarimiz – Ulugʻbek Dolimov, Qozoqboy
Yoʻldoshev, Boqijon Toʻxliyev, Qunduz Husanboyeva, Safo Matjon, Margʻuba
Mirqosimova, Roza Niyozmetova, Zulxumor Mirzayeva kabi koʻplab metodist-
olimlarimiz biz tilga olgan muammolar boʻyicha koʻp mulohazalar bildirganlar.
Bizning kuzatishlarimiz bularning barining jamuljamidan chiqarilgan kichik bir
kamtarin xulosalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: