tezlik bilan kirib borayotgan hozirgi davrda adabiy tilning xalq tiliga,
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
157
dialektlarga ta’siri katta boʻladi. Allaqachon, turli sohalarga oid yangi
tushunchalarni, narsa-predmetlarni anglatuvchi soʻz-atamalar hozirgi oʻzbek
tilidan mustahkam oʻrin olmoqda. Bu ma’lum ma’noda xalq tilida mavjud
boʻlgan ba’zi til birliklarining unutilib ketishiga, ularning asta-sekin yoʻqola
borishiga sabab boʻlmoqda. Shunday leksik qatlamlardan biri, shubhasiz,
oʻzbek tilidagi taom nomlaridir. Tilshunoslikning leksik tizimida taom nomlari
alohida oʻrintutadi. Soʻnggi 20-30 yilda tilimizga oʻzlashgan koʻpsonli
leksemalar bu tarmoq lugʻat boyligini ham oshirdi. Bunga bugungi kunda faol
qoʻllanayotgan lavash, gamburger, chizburger, pissa, hotdog, langet, omulet kabi
oʻzlashmalarni misol keltirish mumkin. Ayni paytda asrlar davomida tilimiz
tarixida qoʻllanib kelgan, endilikda adabiy tild oirasida yoʻqolishga, unutilishga
yuz tutgan, ayrimlari xalq shevalaridagina qoʻllanib kelayotgan taom nomlari
bilan bogʻliqlek semalarni ham lingvistik, ham etnografik tomondan tadqiq
etish koʻp jihatdan ilmiy ahamiyatga ega.
Taom iste’mol qilish inson hayotining asosiy shart-sharoitlaridan
hisoblanadi va u xalq iqtisodiy farovonligining muhim koʻrsatkichlaridan biri
boʻlib, muayyanj amiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumibilan chambarchas
bogʻliq. Taom tayyorlash usuli hamma xalqlarda juda qadim zamonlardan kelib
chiqqan boʻlib, uning keyingi rivojlanishi, bir tomondan, mamlakatning
iqtisodiy va iqlim sharoitlari bilan, ikkinchi tomondan esa, jamiyat tarixi va
xalqning madaniy taraqqiyoti bilan belgilanadi. Xuddi ana shu jihatiga koʻra,
etnolingvistik qadriyat sifatida taom nomlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Ushbu maqolada lisherNavoiy asarlaridagi ayrim taom nomlari, xususan,
don mahsulotlaridan tayyorlangan yemaklar lugʻaviy-ma’noviy, tarixiy-
etimologik jihatdan tadqiq qilindi, bu taom nomlarining hozirgi oʻzbek tili va
boshqa turkiy tillaridagi ana shunday nomlarga qiyosan oʻrganildi.
Oʻzbek tilshunosligida taom nomlari bir qadar oʻrganilgan. Bunga u yoki
bu darajada aloqador nomzodlik dissertasiyalari himoya qilingan, monografiya
va maqolalar chope tilgan. Oʻzbek tilshunosligida pazandachilik leksikasini
158
N. Ikromova oʻrgangan. U asosan Toshkent shahri shevasidagi taom
nomlarini oʻz tadqiqotiga kiritgan[10].
Tadqiqotchi olim M. Xudayarovaning “Oʻzbek tilidagi taom
nomlarining ingvistik tahlili (Qoraqalpogʻiston hududi materiallari
asosida)
nomzodlik
dissertatsiyasida
Qoraqalpogʻiston
oʻzbek
shevalaridagi taom nomlarining leksik xususiyatlari oʻrganilgan [15].
Oʻzbek xalq shevalari oʻrganilgan ishlarida ham ayrim taom nomlari
haqida ma'lumotlar berilgan [20].
Professor H. Dadaboyevning oʻtgan yili chop etilgan “Devonu lugʻatit
turkning til xususiyatlari” nomli monografiyasida eski turkiy tilning fonetik,
leksik-semantik xususiyatlari tahlil qilingan [8. 66-75-betlar]. Lekin bu kabi
ishlarda eski oʻzbek tilida, xususan Navoiyasarlaridagi taom nomlari maxsus
tadqiq etilmagan. Vaholanki, Navoiy asarlari tilida hozirgi oʻzbek adabiy tilida
uchramaydigan yoki ma'no jihatdan farqlanadigan juda koʻp taom nomlari
uchraydi. Ularningl eksik-semantik xususiyatlarini oʻrganish oʻzbek tili tarixi,
leksikologiyasi va leksikografiyasi uchun ham muhim deb hisoblaymiz.
Tadqiqotimiz natijalariga koʻra Navoiy asarlari tilida ellikdan ortiq
taomnomlariu chraydi. Ularning qariyb 70 foizini oʻz qatlamga oid birliklar
tashkil qiladi. Ular orasida oʻnga yaqin don mahsulotlaridan tayyorlanadigan
taom nomlari qayd etilgan. Bu taomlarga guruch, bugʻdoy, joʻxori, tariq va
moshlardan tayyorlanadigan taom nomlarini kiritish mumkin.
Bugʻdoydan tayyorlanadigan taom nomlariga: bugʻro, qovurmoch, tariqdan
tayyorlanadigan taom nomi: sөkboch kabilarni koʻrsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: