Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

 

 

Koʻchimlar deyilganda “adabiy asarning badiiy qimmatini, ifodaliligini, 

ekspressivlikni kuchaytirish uchun bir narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga 

koʻchirish yoki soʻzlarning umuman koʻchma ma’noda ishlatilishi” [Yoʻldoshev 

M.  Badiiy  matn  va  uning  lingvopoetik  tahlili  asoslari.  –  T.,  2007]  nazarda 

tutiladi. Soʻz ma’nosining koʻchish jarayonlari turli koʻrinishlarda voqe boʻladi, 

bu  jarayonlar  va  ularning  natijalari  sifatida  yuzaga  keladigan  hodisalar,  bu 

hodisalaming  turlari,  oʻziga  xos  xususiyatlari  kabi  masalalar  oʻzbek 

tilshunosligida  ancha  batafsil  oʻrganilgan.  Koʻchimlar  deyarli  koʻpchilik 

adabiyotlarda  “troplar”  atamasi  ostida  oʻrganilgan.  “Badiiy  matnning  lisoniy 



Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 


 

131 


tahlili” qoʻllanmasida koʻchimlar quyidagicha tasnif qilingan: “ Soʻz ma’nosining 

miqdoriy  koʻchishiga  asoslangan  troplar:  a)  giperbola;  b)  meyozis.  2.  Soʻz 

ma’nosining sifatiy koʻchishiga asoslangan troplar: a) metafora; b) metonimiya; 

d) ironiya”. Qolgan tasviriy vositalar mazkur koʻchimlarning koʻrinishi sifatida 

beriladi:  “simvol,  jonlantirish,  epitet,  apastrofa  -  metaforaning;  perifraza, 

sinekdoxa,  allegoriya,  epitet  -  metonimiyaning;  antifraza,  sarkazm  - 

ironiyaning;  litota  -  meyozisning  koʻrinishlaridir”  [Yoʻldoshev  M.  Badiiy 

matnning lisoniy tahlili. – T., 2010]. 

Koʻchma  ma’no  hosil  qilishning  eng  keng  tarqalgan  usullaridan  biri  – 

metaforadir.  Metafora-  narsa-buyum,  voqea  va  hodisalar  oʻrtasidagi  oʻzaro 

oʻxshashlikka 

asoslangan 

ma’no 

koʻchishi 



boʻlib, 

mumtoz 


adabiyotshunosligimizda  “istiora”  deb  yuritilgan.  Metaforaning  ikki  turini 

farqlash lozim: lingvistik metafora va xususiy-muallif metaforalari. Lingvistik 

metaforalar  til  taraqqiyoti  bilan bogʻliq  hodisa  hisoblanadi.  Bunday 

metaforalar  asosan,  atash,  nomlash  vazifasini  bajarganligi  uchun  ularda 

uslubiy boʻyoq,  ekspressivlik,  binobarin,  ular  ifodalagan  nutq  predmetiga 

nisbatan  subyektiv  munosabat  aks  etmaydi.  Faqatgina  ma’lum  bir  soʻzning 

ma’no  doirasi  kengayadi  hamda  yangi  tushunchalarni  atash  uchun  xizmat 

qiladi. Masalan: odamning oyogʻi - stolning oyogʻi, odamning koʻzi uzukning 



koʻzi,  kо‘ylakning  etagi  -  togʻning  etagi  kabi.  Marhabo  Karimovaning  qoʻshiq 

boʻlib barchamizning dillarimizdan joy egallagan “Onamni koʻrgani boraman” 

she’ridagi ushbu parchada ham lingvistik metaforani koʻrishimiz mumkin: 

“Hammadan goʻzalsiz” deb atay, 

Soʻligan ruhini yashnatay, 

Kuldirib-kuldirib yayratay, 

Onamni koʻrgani boraman ( Saylanma T.,2015, 180-b). 

Xususiy-muallif  metaforalari  esa  yozuvchining  estetik  maqsadi,  ya’ni 

borliqni  subyektiv  munosabatini  qoʻshib  ifodalagan  holda  nomlashi  asosida 

yuzaga  keladi.  Ular  uslubiy  jihatdan  boʻyoqdorlikka  va  voqelikni  obrazli 

tasvirlash  xususiyatiga  ega  boʻladi.  Shuning  uchun  ham  badiiy  matnda 



 

132 


qahramonning his-tuygʻularini ta’sirchan, yorqin boʻyoqlarda, aniq va ixcham 

ifodalashga xizmat qiladi. Xususiy muallif metaforalarida hamisha konnotativ 

ma’no  mavjud  boʻladi.  Metafora  orqali  ma’no  koʻchishida  konnotativ  ma’no 

yorqinroq aks etadi. Masalan, ot, eshak, qoʻy, it, boʻri, tulki, yoʻlbars, boyoʻgʻli, 

musicha,  burgut,  lochin,  qaldirgʻoch,  bulbul  kabi  hayvon  va  qushlarning 

nomlari boʻlgan  leksemalar  mavjudki,  bu  soʻzlar  oʻz  ma’nosidan  tashqari, 

koʻchma  ma’noda  juda  keng  qoʻllanadi.  Marhabo  Karimova  ijodida  xususiy 

metaforalarni juda koʻplab uchratishimiz mumkin. Quyida ba’zilarini keltirib 

oʻtamiz: 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish