1. Mamatov A. Antonimiya asosida frazeologik shakllanish masalalari// “Tilva
2. Rahmatullayev Sh. Oʻzbek tilining frazeologik lugʻati. – Toshkent: “Qomuslar bosh
3. Rahmatullayev Sh. Oʻzbektiliningizohlifrazeologiklugʻati. – Toshkent: “Oʻqituvchi”,
106
ID-020-30-T017
Mohidil Abdullayeva
Oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish fakulteti 4-kurs talabasi
BOLALAR NUTQIDAGI NEOLOGIZMLAR
Annotatsiya. Ushbu maqolada oʻzbek bolalar nutqida uchraydigan neologizmlar
haqida soʻz boradi. Uning oʻziga xos xususiyatlari, grammatik qoidalar bilan muvofiq jihatlari,
shevaga xos tomonlari ham misollar orqali tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida bolalar
nutqidagi neologizmlarning nazariy asoslari ilmiy izohlanib, amaliy umumlashma sifatida
tadqiqot ishtirokchilarining nutqlari keltiriladi. Bolalar nutqiga xos neologizmlarda ham turli
grammatik shakllar mavjudligi borasida isbotlar keltiriladi. Xususan, bolalar nutqidagi
neologizmlar guruhlarga ajratiladi. Turli turkumlarga xos xususiyatlar neologizmlarda ham
aks etishi borasida misollar keltiriladi. Sifatlarda orttirma darajaning neologizmlarda
uchrovchi sifat turkumiga oid soʻzlarda ham uchrashiga oid dalillar mavjud. Maqola nazariy
asoslar va amaliy umumlashmaga ega.
Kalit soʻzlar: neologizm, ot, sifat, fe’l, orttirma daraja.
Annotation. This article is about neologisms, which created and used by uzbek
children. In this research we can give a lot of information about neologisms, which are in the
speech of kids, for example, their peculiarities, their connection with some grammer rules in
uzbek language, their dialectical aspect. In the following paragraphs clear argument will be
presented for all above characteristics. During the article all feedbacks will be illuminated
obviously with some theories. Neologisms, which created and used by uzbek children, is
projected to divide into groups. Especially, it is about characteristics of the adjective’s group.
Neologisms, which are in the speech of uzbek kids, have superlative degree as adjective has.
The article has theory and practical summary.
Key words: neologism, noun, adjective, verb, superlative degree.
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
107
Bola nutqidagi oʻziga xosliklardan biri ularning nutqiy jarayonda
neologizmlarning qoʻllanishidir. Neologizm oʻzi nima, degan savolga turli
adabiyotlar turlicha javob beradi: “Konsalting, audit, summit soʻzlari tilimizga
yangi kirib kelayotgan soʻzlardir. Ular yangi paydo boʻlgan soʻzlar, ya’ni
neologizmlar deb ataladi” [2,118]. Bolalar nutqida kechadigan neologizm
hodisasi, koʻpincha, tovush va harakatga taqlidlar natijasida yuzaga keladi. Bu
jarayon oʻzlashgan neologizmlardan farqli ravishda yaratuvchanlik tamoyiliga
asoslanadi. Bu soʻzlar katta yoshlilar uchun ham yangilik boʻla oladi. Ana shu
jihatni inobatga olgan holda nutqimizda “Bola tili” degan tushuncha mavjud.
Ushbu mavzu yuzasidan oʻzbek psixolingvistikasida bir qancha tadqiqot
ishlari amalga oshirilgan. Jumladan, M.Qurbonova oʻzining “Oʻzbek bolalar
nutqi leksikasining sotsiopsixolingvistik tadqiqi” nomli monografiyasining
“Bolalar nutqiga oid individual neologizmlarning yuzaga kelish sabablari”
boʻlimi, N.Sayidirahimova “Maktabgacha yoshdagi oʻzbek bolalar nutqining
lingvistik xususiyatlari” nomzodlik dessertatsiyasida izlanish olib borganlar.
Bola nutqida uchraydigan neologizmlarning yaratilishi u yashayotgan
ijtimoiy muhit bilan bevosita bogʻliq boʻlib, ular bilan ijtimoiy munosabatga
kirishish jarayonida hosil boʻladi. M.Qurbonova tomonidan amalga oshirilgan
tadqiqotda ta’kidlanishicha, neologizm mahsuldor boʻlmagan qolip asosida
hosil qilingan va muayyan nutqiy vaziyatda qoʻllangan soʻzlardir [3,74].
Do'stlaringiz bilan baham: