Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet531/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   527   528   529   530   531   532   533   534   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Kalit so‘zlar: Xorijiy til, ikkinchi til, o‘qitish metodikasi, tarixi, hozirgi holati. 

 

Yer  yuzida  tillarning  yo‘qolib  ketishi,  yoki  aksincha  takomillashib 



taraqqiy etishi o‘sha til egalarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy holati 

bilan  bevosita  va  bilvosita  bog‘liqdir.  Muayyan  xalq  elat  yoki  davlat  sifatida 

jahon shohsupasida balandroq ko‘tarilib, mavqeyi, obro-e’tibori, nufuzi ortib 

borar ekan, o‘sha xalqning ona tili ham jamiyat va davlatga homahang tarzda 

har  tomonlama  muhim  ahamiyat  kasb  etib  boraveradi.  Xususan,  mustaqil 

O‘zbekistonning  dunyo  hamjamiyati  oldidagi  nufuzi  yildan-yilga ortib 



Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 


 

889 


boravergani sayin, biz bilan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hamkorlik 

qilish istagini bilduruvchilar miqdor va makon jihatidan ko‘payib bormoqda. 

Bu esa o‘z navbatida jahon miqyosida o‘zbek tiliga bo‘lgan eʼtiborda ham yaqqol 

ko‘zga tashlanmoqda.  

 O‘zbek  tilini  xorijiy  yoki  ikkinchi  til  sifatida  o‘rganish  harakatlari  bir 

necha yillardan buyon u yoki bu shaklda yuzaga kelib, takomillashib bormoqda. 

Bu  jarayonlarga  xalqimiz  boshidan  kechirgan  tarixiy  jarayonlar,  siyosiy  va 

iqtisodiy omillar o‘z ta’sirini o‘tkazib kelgan va bu haligacha davom etmoqda. 

O‘zbek  tilini  ikkinchi  yoki  xorijiy  til  sifatida  o‘qitish  o‘zining  navbatdagi 

bosqichiga  o‘tgan  asrning  o‘rtalarida  ko‘tarilgan  desak  yanglishmagan 

bo‘lamiz.  Mavjud  manbaalarni  tahlil  qilsak,  o‘tgan  asrning  60-yillarida 

Amerikaliklar tomonidan o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘rganish uchun darslik 

va o‘quv qo‘llanmalari yaratilgan. Bu darslik va qo‘llanmalarni tuzishda o‘zbek 

tili  mutaxassislari  ishtiroki  yuqori  bo’lmaganligi  bois,  ularda  xato  va 

kamchiliklar seziladi. Lekin o‘sha yillarda o‘zbek tilshunoslari tomonidan bu 

borada  deyarli  hech  narsa  qilinmagan  edi.  O‘tgan  asr  o‘rtalaridan  yangi  asr 

boshlarigacha  bo‘lgan  vaqt  oralig‘ida  o‘zbek  tilini  ikkinchi  yoki  xorijiy  til 

sifatida o‘qitish uchun bir qancha darslik va qo‘llanmalar xorijlik va mahalliy 

mutaxassislar  tomonidan  ishlab  chiqildi  va  amaliyotda  foydalanildi.  O‘tgan 

yillar  mobaynida  dunyoning  turli  davlatlarida  mamlakatshunoslik,  til  va 

tadqiqot  markazlari  faoliyati  yo‘lga  qo‘yildi.  Bu  markazlarda  va  bir  nechta 

xorijiy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili bilan bog‘liq tadqiqot va izlanishlar olib 

borish va uni xorijiy til sifatida o‘qitish faoliyati yo‘lga qo‘yildi.  

XXI  asr  boshlariga  kelib  bu  jarayonlar  o‘zining  yangi  bosqichiga 

ko‘tarildi.  Oradan  salkam  chorak  asr  vaqt o‘tdi  va  bugungi  kunga  kelib  chet 

elliklar  tomonidan  o‘zbek  tilini  o‘rganishga bo‘lgan intilish,  qiziqish  toboro 

ortib bormoqda. Hozirgi kunda bir qator davlatlar, xususan, Koreya, Yaponiya, 

Hindiston,  AQSH,  Buyuk  Britaniya,  Xitoyda  mamlakatshunoslik  doirasida 

O‘zbekistonni o‘rganishga e’tibor qaratgan ilmiy tadqiqot markazlari mavjud. 

O‘zbek tili Amerika Qo‘shma SHtatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, 




 

890 


SHvetsiya,  Rossiya,  Ukraina,  Xitoy,  Yaponiya,  Janubiy  Koreya,  Hindiston, 

Turkiya,  Afg‘oniston,  Ozarbayjon,  Tojikiston,  Qozog‘iston,  Turkmaniston, 

Qirg‘iziston  kabi  davlatlarning  oltmishga  yaqin  universiteti  va  yuzdan  ortiq 

maktablarida o‘rganilmoqda. Hozirgi kunga kelib o‘zbek tili va madaniyatini 

o‘rgatuvchi,  tadqiq  etuvchi  oliy  ta’lim  muassasalari,  markazlar  va 

assotsiatsiyalar soni 60 dan ortiq. Xususan, Amerikaning 8 ta shtatida Arizona, 

Indiana, Texas, Michigan, Ogayo, Nyu-York, Yaponiyaning 8 ta universitetida, 

Koreyaning  Busan,  Kyokl  universitetlarida,  Germaniyaning  4  ta  oliy  ta’lim 

muassasasida, Xitoyda, Hindistonda, Turkiyada 18 ta, Qozog‘istonda va boshqa 

qardosh xalqlarda xorijiy til sifatida o‘qitilishi o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishni 

yanada  orttirmoqda.  O‘zbek  tili  va  adabiyoti  bo‘yicha  ilmiy  izlanishlar  olib 

borish  ishtagidagi  xorijlik  olim  va  tadqiqotchilar  soni  yil  sayin 

ko‘paymoqda.O‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitish masalalari uzoq yillardan 

buyon  tadqiqotchilarning  diqqat  markazida  bo‘lganligiga  qaramay,  bu 

boradagi muammolar hali o‘z yechimini topgani yo‘q [2, 51-bet]. 

Bugungi  shiddat  bilan  ketayotgan  globallashuv  davrida  o‘zbek  tilini 

ikkinchi yoki xorijiy til sifatida o‘qitish bo‘yicha mavjud talab va ehtiyojlarni 

hisobga olgan holda zamon va ilm fan talablariga javob beruvchi tizimli ishlarni 

amalga oshirish tilshunoslarimiz va soha mutasaddilari oldida turgan dolzarb 

vazifa sanaladi.    

Yaqin kelajakda bajarilishi kun tartibida turgan vazifalarga o‘zbek tilini 

xorijiy til sifatida o‘qitishning A1 A2, B1 B2 darajadagi izchillik asosida tuzilgan 

dasturlarini  hamda  tizimli  dastur  asosida  qardosh  tillar  va  noqardosh  til 

egalariga  til  o‘rgatish  darsligini  ishlab  chiqish,  shuningdek,  til  o‘rgatishga 

yordamchi vositalar bo‘lib xizmat qiladigan elektron resurslar, o‘zbek tilining 

milliy korpusi va universal grammatikasini yaratish hamda o‘zbek tilini xorijiy 

til sifatida o‘qitish metodikasini ishlab chiqish kabilarni kiritishimiz mumkin. 

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, o‘zbek tili bilimini baholash tizimini yaratish va 

daraja  sertifikati  berishni  joriy  etish,  mustaqil  ta’lim  tizimini  shakllantirish, 

xorijiy  til  sifatida  o‘qitish  bo‘yicha  maxsus  metodika  asosida,  o‘zbek  tilini 




 

891 


xorijiy  til  sifatida  onlayn  darslar  va  platform  yaratish  hamda  o‘zbek 

madaniyatini targ‘ib etuvchi videoroliklarni yaratish va ularni keng miqyosda 

targ‘ib etish kabilar yuqoridagi maqsad va vazifalarning izchil mantiqiy davomi 

hisoblanadi.  

Yuqorida sanab o‘tilgan ishlarning ba’zilarini bajarish uchun qo‘l urilgan. 

Lekin ular nihoyasiga yetmay qolgan yoki qoniqarsiz holatda. Masalan: o‘zbek 

tilini  masofaviy  tarzda  o‘rganish  yoki  mustaqil  o‘qish  uchun  pulli  va  tekin 

onlayn sayt lar ishlab chiqilgan. Ammo ularning aksariyati talab va takliflardan 

kelib  chiqib  rus,  ingliz  va  boshqa  millat  vakillari  tomonidan  yaratilgan. 

Masalan: 

teachyourselfuzbek.com

  sayti  muallifi  amerikalik  xavaskor  til 

o‘rganuvchi  Brain  Greko  bo‘lib,  u  saytda  joylashtirgan  elektron  resurslar 

talabga  javob  bermaydi  va  xorijlik  til  o‘rganuvchida  noto‘g‘ri  tushuncha, 

tasavvur  va  chalkashliklarni  keltirib  chiqaradi.  Bu  saytning  talabga  javob 

bermasligiga sabab esa o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitish uchun muvofiq 

keluvchi  resurslarning  mavjud  emasligi  hamda  sayt  muallifining  o‘zbek  tili 

mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlamaganligidir. Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek 

tilini xorijiy til sifatida o‘qitish borasida yuzaga kelgan ehtiyoj “bo‘shlig‘” ini 

xorijliklarning  o‘zi  to‘ldirishga  harakat  qilyapti.  Tabiiyki,  ular  o‘zbek  tilining 

real  muhitini  his  qila  olmaganligi  bois  chalkashlik  va  xatolarga  yo‘l 

qo‘yishmoqda. Ana shu holatlarga chek qo‘yish uchun o‘zbek tili posponlari va 

mutaxassislari  yuqorida  sanab  o‘tilgan  ustuvor  vazifalarni  birdamlik va 

tirishqoqlik bilan amalga oshirishi davr talabiga aylanmoqda.

  


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   527   528   529   530   531   532   533   534   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish