Yozgi harakat — kuzgi barakat[4.247-bet]– yoz mahali barchaga
ma’lum boʻlganidek dehqonlar yerga oʻz mehrlarini berib shudgor qilishadi,
barcha meva-yu sabzavotlar, ekin-tekinlar yer bag‘riga unib oʻsish uchun
joylanadi. Kuzda esa bu harakatlar oʻz mevasini berishi ushbu maqolda
mujassamlashgan.
Yozda jarohat koʻrsang, Qishda rohat koʻrasan[4.247-bet]-yoz boʻyi
sabr-matonat va tinimsiz mehnat evaziga ekilgan ekin kuzda yetilib hosili yig‘ib
olinadi va qishga g‘amlab qoʻyiladi. Sababi qish davomida yer sathini ayoz
sovuqligi egallab hosil unmaydi. Yozda toʻkilgan ter evaziga qishda rohat qilish
nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |