Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Keywords: Research, religion, sect , literary influence, literary inheritance. 

 

 



Alisher  Navoiy  ijodi  Sharq  adabiyotining  boy  adabiy  an’analari  zaminida 

maydonga keldi va oʻz navbatida keyingi davr adabiyoti rivojiga samarali ta’sir 

koʻrsata  oldi.  Ma’lumki,  Navoiy  nafaqat  oʻzbek  tilida,  balki  forsiy  tilda  ham 

salmoqli  meros  qoldirgan.  Uning  forsiy  merosi  XX  asrning  ikkinchi  yarmidan 

boshlab  ilmiy  tadqiqotlar  obyektiga  aylandi  hamda  mutaxassislar  tomonidan 

ijobiy  baholandi.  Shoir  asarlari  bugungi  kunda  qay  darajada  e’tirof  etilayotgan 

boʻlsa, oʻz davrida ham shu qadar mashhur boʻlgan.  Alisher Navoiy “Xamsat ul-

mutahayyirin”da yozishicha “Tuhfat ul-afkor” sulton Husayn Boyqaro tomonidan 

ijobiy  baholangan:  “Podshoh  chun  oʻqib  tahsin  qildilar”.  Shoirning  oʻzi 

ta’kidlaganidek “saltanat tariqatining nafyi voqe” boʻlgan[1. 273-bet.]. 

“Tuhfat  ul-afkor”ning  birinchi  bayti  shoir  zamondoshlari  tarafidan 

namunali  shohbayt  sifatida  e’tirof  qilingan.  Atoulloh  Husayniy  “Badoyi  us-s-



Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 


 

528 


sanoyi” asarida matbu’ she’r xususida toʻxtalib shunday yozadi: “Matbu’ deb andoq 

she’rg‘a  ayturlarkim,  ul  sog‘lom  tab’larg‘a  maqbul  vazng‘a,  tuzuk  qofiyag‘a 

asoslangan boʻlur,  alfozi  yoqimlig‘u  iste’molda  mashhur  boʻlur,  aning  ma’nosi 

maqbul boʻlur, kishilarning koʻnglig‘a tekkan boʻlmag‘ay; sanoyi’din nimaiki anda 

ishlatilgan boʻlsa,  yetuk tarzda boʻlg‘ay  va aning tufaylidin anglamig‘ayu husn-i 

adosig‘a  qusur  yetgan  boʻlmag‘ay”.  Ma’lum  boʻlmoqdaki,  shoir  qasidasi  nafaqat 

oʻtkir  ijtimoiy  muammolarni  (“saltanat  tariqatining  nafyi  voqe  boʻlgan”)  dadil 

koʻtarishi  bilan,  balki  badiiy  ifodasi  bilan  ham  zamondoshlarining  e’tirofiga 

sazovor boʻlgan[2. 64-bet]. 

Alisher  Navoiy  faqat  oʻzbek  emas,  balki  butun  turkiy  xalqlar  adabiyoti, 

jahon xalqlari adabiyoti tarixidagi eng noyob hodisalar silsilasiga mansub boʻlgan 

buyuk shaxsdir. U qoldirgan merosning soni va hajmigagina emas, balki ularning 

mazmun  va  yuksak  badiiyatiga  koʻra  ham  tengsiz  adibdir.  Navoiyning  kichik 

zamondoshi  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  buni  juda  muxtasar  tarzda  ifodalab 

bergan: “Alisherbek naziri yoʻq kishi erdi. Turkiy til bila to sheʼr aytibturlar, hech 

kim  oncha  koʻp  va  xoʻb  aytqon  emas.  Olti  masnaviy  kitob  nazm  qilibtur,  beshi 

“Xamsa” javobida, yana biri “Mantiq ut-tayr” vaznida “Lison ut-tayr” otliq. Toʻrt 

gʻazaliyot  devoni  tartib  qilibtur:  “Gʻaroyib  us-sigʻar”,  “Navodir  ush-shabob”, 

“Badoyi ul-vasat”, “Favoyid ul-kibar” otliq. Yaxshi ruboiyoti ham bor. Yana “Mezon 

ul-avzon”  otliq  aruz  bitibtur…  Forsiy  nazmda  “Foniy”  taxallus  qilibtur.  Yana 

musiqiyda  yaxshi  nimalar  bogʻlabtur.  Yaxshi  naqshlari  va  yaxshi  peshravlari 

bordur”[3. 225-bet]. 

Alisher  Navoiy  tilning  ijtimoiy  hodisa  ekanligiga  alohida  urgʻu  qaratadi. 

Oʻzbek tilidagi ifoda imkoniyatlarining boyligini namoyish qiladi. Har bir soʻzdagi 

maʼno nozikliklarini juda ishonchli tarzda, mantiqiy dalillar bilan koʻrsatib beradi. 

U arab, fors, hindiy tillari qatorida turkiy tilining ham eng qadimiy tillardan biri 

ekanligini  alohida  taʼkidlaydi.Fikrlarini  qiyoslash  usulidan  foydalangan  holda 

bayon etadi. Buning uchun u fors-tojik tilini jalb etadi. Biroq biror oʻrinda ham u 

xolislikdan  chekinmaydi.  Adib  turkiy  tildagi  yuzta  feʼlni  keltirib,  ularning 

maʼnosini anglatadigan soʻzlarning fors tilida mavjud emasligini koʻrsatadi. Yoki 




 

529 


soʻz 

maʼnolari 

orasidagi 

tafovutlarga 

alohida 

urgʻu 


beradi. 

Adabiyotshunosligimizda adabiy aloqa va ta’sir xususida soʻz ketganda koʻproq 

mushtarak  nuqtalarga  urg‘u  qaratilib,  muayyan  badiiy  asarni  namuna  sifatida 

taqdim etish ustunlik qiladi. Vaholanki, har ikki oʻxshash hodisa chog‘ishtirilganda 

faqat  yuzadagi  umumiy  holatlar  bilan  kifoyalanmay,  mohiyatni  koʻrsatuvchi 

xususiy jihatlar ham e’tiborga olinishi shart. Gap badiiy asardek individual ijod 

mahsuli haqida ketganda yuqoridagi holatlar inobatga olinishi lozim.  

 Ma’lumki,  Sharq  adabiyoti  tarixining  koʻp  asrlik  taraqqiyoti  davomida 

adabiy an’ana muhim oʻrin egallaydi. Shoirlar salaflari ijodiy merosiga murojaat 

qilar  ekanlar  avvalo,  oʻz  estetik  qarashlariga  mos,  koʻngillariga  yaqin, 

dunyoqarashlariga nisbatan uyg‘un kelgan asarlarni maqbul koʻrganlar. Yana bir 

tomoni, oʻrta asrlar estetikasi me’yoriy xarakterda boʻlib, mavzular koʻlami hamda 

janrlar  tabiati  avvaldan  belgilangan  qoidalar  asosida  voqe  boʻlgan va bu holat 

oʻsha  davr  kishilarining  mental  dunyoqarashi  bilan  izohlanadi.  Biroq  bu  Sharq 

adabiyoti namunalari orginallikdan xoli, adabiy an’analar doirasida qolib ketgan 

degan mulohazaga sabab boʻlmasligi kerak. Chunki, har bir shoir koʻhna mavzuga 

murojaat qilar ekan uni ma’lum darajada boʻlsa ham zamonasi bilan bog‘lashga 

harakat  qiladi.  Bundan  tashqari,  shoir  mavzuni  estetik  didi,  adabiy  muhitning 

yetakchi tendensiyalaridan kelib chiqib yoritishga urunadi hamda muayyan bir 

g‘oyani ilgari suradi. 

Alisher  Navoiy  oʻzi  va  salaflari  –  Nizomiy,  Dehlaviy,  Hofiz,  Iroqiy  va 

boshqalar yaratgan mustaqil badiiy tafakkur tarzini “mazoz tariqi" deb nomladi va 

unda Haqasrori “majoz suvratinda" aks etishini ta’kidlagan. Bu borliqni oʻziga xos 

idrok etish tarzi Naqshbandiyaning: “Dil ba yoru dast ba kor"qoidasiga muvofiq 

boʻlib unda ibrat, ilm, irfon va amal bir nuqtada birlashar hamda yangi dunyoga 

koʻz  ochardi.  Tavhid  ta’limoti  va  e’tiqodini  idrok  etishning  eng  yuqori  bosqichi 

boʻlgan  bu  dunyoqarashtizimi  “Xamsa"  va  “Lison  ut-tayr”  asarlarida,  shoir 

lirikasida  badiiy  in’ikosini  topgan.  Navoiy  oʻz  ijodi  bilan  oʻzbek  adabiyotining 

soʻnggi  rivojini  belgilabgina  qolmay,  Movarounnahr  va  Xurosonning  butun 

ma’naviy  madaniyati  taraqqiyotiga  juda  katta  ta’sir  koʻrsatdi.  Uning  asarlari, 




 

530 


she’riyati  qayta-qayta  koʻchirilib  xalq  orasida  keng  tarqalib,  shoirlar  uchun 

maktab vazifasini oʻtadi, madrasalarda keng oʻrganildi.  

Navoiyning turkiycha “Xamsa”sining yaratilishi XV asrda Xuroson eli uchun 

favqulotda  shodumonlik  va  saodat  sifatida  qabul  qilindi.  Davrning  ikki  qutbi  – 

ma’naviyat  piri  Jomiy  va  buyuk  sulton  Husayn  Boyqaroning  hayrati  va  yuksak 

e’tirofi ushbu haqiqatga dalildir.  Alisher Navoiy G‘arbda chig‘atoy adabiyotining 

buyuk  vakili  deb  qaraladi,    Sharqda  “nizomi  millati  va  din"  (din  va  millatning 

nizomi) unvoni bilan ulug‘lanadi[4. 28-bet ]. 

Istiqlol  davrida  ulug‘  shoirimiz  shaxsiga,  merosiga  e’tirofning  nechog‘li 

baland  ekaniga  barchamiz  guvohmiz.  Ayniqsa,  mustaqillik  yillarida 

navoiyshunoslikda  erishilgan  yutuqlar,  bu  sohaning  istiqlol  davrida  yangi 

bosqichga koʻtarilgani ulug‘ shoir ijodining har bir muxlisi uchun qadrli, albatta. 

Ulug‘  bobokalonimiz  shaxsi,  ijodiga  koʻrsatilayotgan  tengsiz  hurmat,  e’tirof  

hammamizning koʻnglimizni faxr-iftixor tuyg‘ulari bilan toʻldiradi. Shu bilan birga,  

hozirgi paytda hazrat Alisher Navoiy ijodiyotini tadqiq, talqin va targ‘ib qilishda 

olimlar, tadqiqotchilar oldida qanday muhim dolzarb turibdi degan masala ham 

koʻpchilikni qiziqtirishi tabiiy.  Ijodiyoti bamisli ummondek cheksiz bu muhtaram 

zotning  shaxsini,  har  bir  asarini,  ijtimoiy-siyosiy faoliyatini oʻrganish,  hozircha 

nazardan  chetda  qolib  kelayotgan  jihatlarga  e’tibor  qaratish  navoiyshunoslar 

oldida turgan g‘oyat muhim vazifalardandir. Bugungi davr, mustaqillik sharofati 

bilan erishilgan ilmiy, ijodiy erkinlik navoiyshunoslik oldiga ham yangi talablarni, 

vazifalarni qoʻymoqda. Ana shu vazifalardan kelib chiqsak, navoiyshunos kadrlar 

tayyorlashga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Yosh tadqiqotchilar mumtoz adabiyot 

asarlari qoʻlyozmalarini bemalol oʻqiy olishi kerak. Bu ishlarni jonlantirish uchun 

hozir  yaxshi  harakatlar  qilinyapti.  Chunonchi,  navoiyshunoslik  va  mumtoz 

adabiyotimizning  turli  mavzulari  boʻyicha  oliy  oʻquv  yurtlarida  maxsus  kurslar 

oʻqitilyapti, ularning amaliy, nazariy masalalari yuzasidan saboqlar berilyapti.  

Alisher Navoiy – ulug‘ alloma. Uning dunyoqarashi asosini faqat soʻfiyona 

g‘oyalar  emas,  balki  dunyoviylik    ham  tashkil  etadi.  U  –  buyuk tarbiyachi, 

murabbiy. Uning g‘oyalari inson va jamiyat tarbiyasiga qaratilgan. U donishmand 




 

531 


faylasuf hamdir. Soʻz navoiyshunoslik haqida ketadimi yoki mumtoz adabiyotning 

boshqa  jabhalari  xususidami,  bundan  qat’i  nazar,  masalaning  mohiyati  matnni 

anglash,  matnni  idrok  etish,  matn  talqini  va  tahlili  masalalariga  borib 

taqalaveradi.  Navoiyshunoslik erishgan yutuqlarni e’tirof etgan holda, ta’kidlash 

kerakki,  bu  borada  hali  yechimini  kutayotgan  ilmiy  muammolar  ham  oz  emas. 

Jumladan, ulug‘ shoir ijodining choʻqqisi boʻlgan “Xamsa”ning yangicha talqinlari 

yaratilishi zarur. Bizningcha, “Xamsa”ning kaliti bu – “Hayrat ul-abror”. Keyingi 

toʻrt  doston  mohiyatini  tadqiq  etish  uchun  “Hayrat  ul-abror”  toʻlaqonli  ilmiy 

inkishof  etilishi,  boshqa  dostonlar  tadqiqida  ham  undan  foydalanilishi  zarur. 

Faqat  bugina  emas.  Ma’lumki,  bizda  kalom  ilmi  haddi  a’losida  rivojlangan.  Bu 

boradagi  moturidiya  maktabi  qarashlari  badiiy  adabiyotda,  jumladan,  hazrat 

Navoiy ijodida ham oʻziga xos tarzda aks etgan. Fiqh ilmi yuksak darajada taraqqiy 

topgan.  Fiqhiy  masalalar  badiiy  talqin  etilgan  mumtoz  asarlar  ham  talaygina. 

Binobarin,  Alisher  Navoiy  ijodida  kalom  va  fiqh  talqini  masalasi  bir  qancha 

tadqiqotlarga mavzu boʻla oladi. 

Bugun biz Navoiy asarlarining yigirma jildlik nashriga egamiz. Bu nashrning 

yutuqlariyu kamchiliklari haqida yetarli darajada yozildi. Ularga qoʻshilgan holda, 

qayd  etish  joizki,  ulug‘  mutafakkir  asarlarining  ellik,  ehtimolki  oltmish  jildlik 

nashrlariga  ehtiyoj  bor.  Bu  nashrlar  mukammal  ilmiy  izohlar,  sharhlar  bilan 

ta’minlangan boʻlishi zarur. Ularda Alisher Navoiy asarlarining bir-biridan farqli, 

zarur  boʻlsa,  hatto  bir-birini  inkor  etadigan  turlicha  talqinlari  berilsin.  Uning 

zamonaviy  oʻzbek tilidagi tabdili ilova qilinsin. Vaholanki, bunday tajriba bizda 

boʻlgan. Akademik G‘afur G‘ulomning tabdili bilan nashr etilgan Navoiy asarlari 

buning  isboti.  Bu  nashrlar  kamida  uch  xil –  shaxs  ismlari,  geografik  nomlar  va 

etnik atamalar koʻrsatkichlari bilan ta’minlanishi lozim. Ana shunda bir (ehtimol 

bir  necha)  jildda,  muayyan  asar  talqiniga  oid  barcha  yutuqlar  jamlanadi.  Uni 

mutolaa qilgan oʻquvchida bularni takrorlamagan yana oʻzgacha qarashlar ham 

tug‘ilishi mumkin boʻladi. Bu esa, shubhasiz, navoiyshunoslikning rivojiga xizmat 

qiladi.  Navoiy  ijodini  oʻrganish,  targ‘ib-tashviq  etish,  eng  avvalo  koʻngil va 

muhabbat,  iste’dod  va  mushohada  malakasi.  Hayotdan  uzilgan,  voqealikka 




 

532 


nihoyatda keng nigoh bilan qarolmagan kishi Navoiy asarlarining qadr-qimmatini 

juda arzonlashtirib yuboradi. Navoiyni oʻqiganda, uning har bir kalimasi, obrazi, 

har  bir  misrasida  hammaga  ham  nasib  boʻlmaydigan  anglash  hayajoni,  nafosat 

zavqi ifodalanganini, albatta hisobga olmoq lozim. Toki she’r tili – tafakkur tili, 

goʻzal ma’naviyat tili  ekanligi bilinsin. Ma’no, mantiq, mushohada madaniyatini 

tinimsiz ravishda Navoiydan oʻrganish zarur.

  

 

 




Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish