34
Til lugʻat tarkibining rivoji ma’lum qonuniyatlarga asoslanadi. Lugʻat
tarkibida muayyan tarixiy davrlar oʻtishi bilan oʻziga xos ma’lum oʻzgarishlar
yuz berishi mumkin. Bunday oʻzgarishlar ba’zi ichki qonuniyat, tashqi kuchlar
ta’sirida, obyektiv ravishda yuz beradi. Rus xalqi ham oʻzining uzoq oʻtmishi
mobaynida turli xil davlatlar va millatlar bilan aloqada boʻlgan. Bu kabi
aloqalarning asosiy omili siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aloqalarda
namoyon boʻladi. Rus xalqining turkiy tilda soʻzlashadigan xalqlar bilan koʻp
asrlik munosabati, albatta, rus leksikoniga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Davrlar
oʻtib bu hodisa ilmiy izlanishlarning oʻrganish obyektiga aylanadi. Rus
xalqining leksik qatlamiga singib ketgan turkiy soʻzlar borasida Rossiya,
Qozogʻistonda bir qator ilmiy izlanishlar olib borilgan [8]. Jumladan, Goʻzal
Karimullina tomonidan XVIII-XX asrdagi izohli lugʻatlarda qoʻllanilgan turkiy
oʻzlashmalar fonetik, semantik, etimologik va mavzuviy jihatdan oʻrganildi [9].
Sergey Averkiyev tomonidan qardosh xalqlarimizdan rus leksikoniga oʻtgan
musiqa va cholgʻu asboblari tadqiq qilingan [10]. Shipova esa 2000 ta turkiy
soʻzdan iborat boʻlgan lugʻat yaratgan [11].
Tillarning oʻzaro ta’siri va tilning tarixiy rivojlanishida mavjud boʻlgan
soʻzlarning evolutsiyasini oʻrganish tilshunoslikning eng muhim, keng
qamrovli muammolaridan biri sanaladi. Tilshunoslik ilmida oʻzga tillardan
turkiy tillarga kirib kelgan soʻzlar borasida tadqiqot ishlari mavjud. Ammo,
aynan turk tilining rus tiliga ta’siri borasidagi ilmiy izlanishlarni Baxtiyor
Abdushukurov va Toʻlqin Togʻayevning maqolalarida koʻrishimiz mumkin [7].
Rus tiliga oʻzlashgan turkizmlarni oʻrganishimiz natijasida soʻzlarni
quyidagi mavzuviy guruhlarga boʻlib oldik.
Antroponimlar: Mustafin, Pirogov, Murzich, Tyufyakov, Baskakov,
Kochenivskiy, Arakov, Surin, Readov, Bektabegov, Dolomanov, Biryukov
Toponim: oʻrda, yurt, lachuga, tyurma, ambar, baxcha, cherdak
Teonimlar: namaz, muftiy, Ramazon, uroza, Kurban-iyd
Moliya va tijorat terminlari: dengi, tovar, tamgʻa, gazna, kabala
Harbiy leksika: yesaul, katorga, yanichar
35
Kiyim-kechak nomlari:
kaftan, shtan, shalvari, bashmak, charik, kabluk,
fata, fartuk, tulup, sarafan, kolpak, chaban/chobon
Oziq-ovqat va ichimlik nomlari: chagʻir, cheburek, qumis, chixir, plov,
yogurt, shurpa, churek, kurdyuk, shashlik, kolbasa, braga, boʻza, lapsha, kavardak
Fitonimlar:
a)
Poliz ekinlari: arbuz, karpuz, kabak, reven
b)
Mevalar: ayva, armut, uryuk, uzyum
c)
Daraxtlar nomi: kayragach, tut
d)
Oʻsimlik nomlari: tabalgi, karakul, baklajan
Zoonimlar: karagu, berkut, biryuk, karga. loshad, sobaka, tarakan
Uy-roʻzgʻor buyumlari: stakan bardak, utyuk, najdak, balda/baldu,
sunduk
Matolar nomi: alacha, atlas, byaz, tesma
Musiqa asboblari nomi: baraban, tanbur, kobza, nagara/nagra, litavr,
Do'stlaringiz bilan baham: