151
ID-020-30-T023
Joʻshqin Tursunov
Oʻzbek filologiyasi fakulteti 1-kurs magistranti
Shahlo Qurbonova
Oʻzbek filologiyasi fakulteti 3-kurs talabasi
OʻZBEK TILINING IZOHLI LUGʻATLARIDA SINONIMLAR
TAVSIFI VA TALQINI
Annotatsiya. Oʻzbek tilining izohli lugʻatlarida sinonim va u bilan bogʻliq hodisalarni
atovchi terminlar har xil talqinga ega, mazkur izohlarning turlicha keltirilishi lugʻat
mualliflarining tadqiq ob’ektiga nisbatan oʻziga xos yondashuvini talab qiladi.
OʻTILlarida sinonimlarga “tovush tarkibi, talaffuz jihatdan boshqa-boshqa, ammo
ma’nosi bir, oʻxshash yoki juda yaqin soʻzlardan har biri” deya ta’rif beriladi. Shu oʻrinda
lugʻatda sinonim, sinonimlik, sinonimika, sinonimiya tushunchalariga qisqa izohlar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: