Lingvistik hodisalar mohiyatini aniqlashda til egalarining borliqni idrok
etishi, olam haqidagi tasavvurlari va uni tilda aks ettirishi, lisoniy tafakkuri kabi
omillar yetakchilik qiladi. Inson tafakkurida tashqi olam mazmuniy obrazining
shakllanishidauning sezgi a`zolari muhim oʻrin tutadi. Tilshunos olim H.
Shamsiddinovning qayd etishicha, “Bu jarayonda koʻruv sezgisiga mansub
xotira tasavvurining ishtiroki eng faol hisoblanadi. Buning oʻz sabablari
mavjud. Birinchidan, inson borliq haqidagi informatsiyaning asosiy qismini
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
17
koʻruv sezgisi a’zosi-koʻz orqali oladi: narsa-hodisaning shakli, rangi, holati,
miqdori, harakati haqidagi ma’lumotlar koʻrish sezgisi orqali
shakllanadi.Ikkinchidan, koʻrish sezgisi orqali olinadigan informatsiya narsa-
hodisaning bevosita kontaktisiz muayyan masofa orqali ham shakllanishi
mumkin. Shu sababli ham nom berilishi kutilayotgan narsa-hodisaga nom
berishda koʻruv xotira tasavvurlari assotsiatsiyasining oʻrni beqiyos va
unumlidir” [8,19].
Koʻruv xotira tasavvurining faollashuvi, ayniqsa, bolalarda kuchli
namoyon boʻladi.Bola oʻzi uchun noma’lum boʻlgan predmetni dastlab koʻruv
tasavvuriga asoslangan holda uning rangi, shakli, harakati, holati orqali
nomlashga urinadi. Shu tariqa uning nutqida lingvistik assotsiatsiyaning oʻziga
xos koʻrinishlari namoyon boʻladi.
Ilmiy manbalarda ta’kidlanishicha, verbal assotsiatsiyalar koʻlami til
egasining leksik birliklar zahirasiga bogʻliq. Bolalar va kattalar, turli kasb
egalarida assotsiativ maydon koʻlami, uning tarkibi turlicha aks etadi.[6,25]
Assotsiativ maydon yadrosiga mansub yuqori chastotali birliklar 6 yoshli bola
lugʻat boyligidan oʻrin olib ulgurgan boʻladi. Bunday birliklar kundalik nutqiy
faoliyatda qoʻllanuvchi inson va uning tana a’zolari nomlari, qarindoshlik
munosabatlarini ifoda etuvchi nomlar, koinot jismlari, tabiat hodisalarini
anglatuvchi nomlar, ayrim rang bildiruvchi soʻzlar, harakat va holatni
anglatuvchi soʻzlar va boshqalardir [4,42-43].
Jahon tilshunosligida bolalarga xos nutqiy assotsiatsiyalar ayrim tillar
misolida oʻrganilgan. Bu yoʻnalishda yaratilgan qator tadqiqotlar va lugʻatlarda
bolalar nutqi ustida oʻtkazilgan assotsiativ tajriba natijalari ham oʻz ifodasini
topgan.[2,34], [7,81-84] Bolalardagi verbal assotsiatsiyalar tahlili orqali
ularning leksik zahirasi,olamni idrok etishi va tasavvuri oʻrganiladi. A.R.Luriya
bolalarda hosil boʻlgan assotsiativ reaksiyalarniquyidagi turlarga ajratadi:1)
stimul soʻzga mos boʻlmagan javob reaksiyalari(неадекватные реакции)
bunda stimul soʻz va javob reaksiyalari oʻrtasida semantik aloqa kuzatilmaydi;
2) stimul soʻzga mos javob reaksiyalari (адекватные реакции) bunda stimul
18
soʻz va javob reaksiyalari oʻrtasida semantik aloqa mavjud boʻladi; 3)asl
assotsiativ reaksiyalar, bunda stimul soʻz va u orqali hosil boʻlgan obraz
oʻrtasida ma’noviy aloqa aks etadi [5].
Tilshunos olim Y.I.Goroshenkoning ta’kidlashicha, A.R.Luriyaning
mazkur tasnifi tamoyillari asosida oʻtgan asrning 90-yillarida nutq
ontogeneziga oid daliliy misollarni oʻrganish jarayonida qator verbal
assotsiatsiyalar tasnifi yuzaga kelgan [3], Oʻzbek tilshunosligida assotsiativ
lingvistikaning fan sifatida shakllanishida tilshunos olima D.Lutfullayevaning
xizmatlari kattadir.Olimaning bu boradagi tadqiqotida assotsiativ
tilshunoslikka oid tayanch tushunchalar izohlangan, assotsiativ tahlil
usullarining tilni oʻrganishdagi ustuvorligi imiy asoslangan, tilshunoslikda
assotsiativ munosabat masalasining oʻrganilishi, oʻzbek tilida verbal
assotsiatsiyalarning hosil boʻlishi, assotsiativ birliklarning xususiyatlari,
tasnifi, assotsiativ tajriba metodining mohiyati, assotsiativ lugʻatlarning
tuzilishi xususida soʻz yuritilgan.[6,140] Mazkur monografik tadqiqotda qayd
etilgan nazariyalarning amaliy ifodasi “Oʻzbek tili assotsiativ lugʻati”da oʻz
ifodasini topgan. Mazkur lugʻat oʻzbek tilidagi milliy-madaniy birliklarning
leksik-semantik, assotsiativ ma’nosi, boshqa birliklar bilan semantik-mantiqiy
va assotsiativ bogʻlanishi asosida nutqda birga qoʻllanishi, madaniylik,
ijtimoiylik, genderologik, pragmatik, kognitiv xususiyatlari haqida ma`lumot
beradi.Lugʻat jahon tilshunosligida yaratilgan qator assotsiativ lugʻatlardan
farqli tarzda, bogʻli assotsiativ tajriba metodi asosida tuzilgan. Biroq oʻzbek
tilshunosligida bolalarga xos verbal assotsiatsiyalar hozirgi kunga qadar
maxsus tadqiqot obyekti boʻlmagan. Tadqiqotimiz mavzusi shu jihatdan
dolzarbdir.
Yuqorida ta’kidlanganidek, bolalar nutqining assotsiativ xususiyatlari
koʻrish sezgisi vositasida hosil qilingan oʻxshatishli qurilmalarda yaqqol aks
etadi. Ularning aksariyati muayyan belgi-xususiyatga koʻra oʻxshashlikka
asoslangan verbal assotsiatsiyalar hisoblanadi. Masalan: “Tuya”amaki
nihoyatda jiddiy qiyofada terakdek gavdasini goʻz tutib, hovlidagi odamlarga
19
murojaat qildi.(Oʻ.Hoshimov “Ikki eshik orasi”) Badiiy asarda bola tilidan
ifodalangan ushbu kontekstda oʻlchamga koʻra oʻxshashlikka asoslangan verbal
assotsiatsiya yuzaga kelgan. Bunda oʻxshatish asosi (baland) nutqda shaklan
ifodalanmagan boʻlsa-da, uning mazmuniy obrazi oʻxshatish etaloni (terak)
yordamida lisoniy xotirada oson tiklanadi. Quyidagi kontekstda shakily
oʻxshashlikka asoslangan nutqiy assotsiatsiya hosilboʻlgan:-Ammam xuddi
koptokka oʻxshaydi.Kichkina, dum-dumaloq… (Oʻ.Hoshimov.”Ikki eshik orasi”)
Keltirilgan misolda oʻzbek tili birliklarining presuppozitsion xususiyati ham
yorqin namoyon boʻladi. Bunda kontekst mazmunidan “Koptok dumaloq
boʻladi” tarzidagi yashrin axborotga ishora anglashiladi.
Bolalar nutqida narsa-predmetlarning rangiga koʻra oʻxshashlikka
asoslangan verbal assotsiatsiyalar ham lingvistik presuppozitsiyaga yoʻl
ochadi. Ammamning sigiri ham oʻziga oʻxshagan qop-qora (Oʻ.Hoshimov.”Ikki
eshik orasi”) misolidan “Ammam qop-qora” mazmunidagi presuppozitsiya
anglashiladi. Bu kabi misollardagi oʻxshatishli qurilmalar verbal assotsiatsiya
ifodachisi sifatida xizmat qilish bilan bir qatorda, matn mazmunini
murakkablashtiruvchi vosita vazifasini ham bajaradi.
Xullas, oʻzbek bolalarining lisoniy ongi va tafakkuri, psixologik tasavvuri
mahsuli sanalgan assotsiativ munosabatdagi leksik birliklar, ularning inson
xotirasida bir-birini yodga tushurishiga sabab boʻluvchi ichki va tashqi omillar,
assotsiativ birliklarning lingvistik, psixolingvistik, lingvokulturologik,
sotsiolingvistik, genderologik xususiyatlari ontolingvistika (bolalar nutqi
lingvistikasi) nuqtayi nazaridan ham oʻrganilishi va tahlil etilishi lozim. Bu
turdagi lugʻatning yaratilishi xorij tilshunosliklarida mustaqil ilmiy paradigma
sifatida shakllangan assotsiativ tilshunoslik gʻoyalarining ontolingvistikada
ham chuqurroq ildiz yoyishida muhim ahamiyat kasb etadi.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |