- REJA:
- 1. Til va nutq tushunchasi
- 2. Til va nutq o’rtasidagi bog’liqlik
- 3. Til va nutqni farqlash
Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni o`rganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni o`rganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq o`rnatish zarur. Shunga qaramay, tillar soni 6-7 ming orasida, deb hisoblanadi. Tabiiy til so`zlashuv yoki imo-ishora orqali tarqaladi, biroq har qanday til eshitish, ko`rish, sezish stimullari yordamida yozuv, braille yoki hushtak kabi ikkilamchi vositaga kodlanishi mumkin. Bu odam tili modallikdan mustaqil bo`lgani uchun ilojli. Keng ma`noda til atamasi ostida biror muloqot tizimining tayinli qoidalari majmuasi tushuniladi. - Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni o`rganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni o`rganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq o`rnatish zarur. Shunga qaramay, tillar soni 6-7 ming orasida, deb hisoblanadi. Tabiiy til so`zlashuv yoki imo-ishora orqali tarqaladi, biroq har qanday til eshitish, ko`rish, sezish stimullari yordamida yozuv, braille yoki hushtak kabi ikkilamchi vositaga kodlanishi mumkin. Bu odam tili modallikdan mustaqil bo`lgani uchun ilojli. Keng ma`noda til atamasi ostida biror muloqot tizimining tayinli qoidalari majmuasi tushuniladi.
- Barcha tillar semiozisga, yaqni belgilarni tegishli ma`nolarga bog`lash jarayoniga tayanadi. Og`zaki va imo-ishora tillari ramzlar ketma-ketligini so`z yoki morfema qilib shakllantiruvchi fonologik tizim hamda`so`z va morfemalar ketma-ketligidan ibora va gaplarni hosil qiluvchi sintaktik tizimni o`z ichiga oladi.
Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. N. deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yani so`zlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi. - Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. N. deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yani so`zlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi.
- Lingvistik nazariyada nutq tushunchasi muayyan til jamoasida qabul qilingan ifoda vositalari tizimi hisoblangan mavhum til tushunchasiga hamda ijtimoiy borliq (hayot)ning eng harakterli ko`rinishlaridan boʻlgan aniq, bir qadar umumiyroqtil tushunchasiga qaramaqarshi qoʻyiladi. Boshqa odamlar xulqatvori va faoliyatiga taʼsir koʻrsatish maqsadida ularga axborot, xabar yetkazishga xizmat qiladigan asl N . (tashqi nutq), yani ga-pirish, til belgilarining eshitish a`zolari tomonidan idrok qilinadigan (ovoz yozib oluvchi uskunalar yorda-mida qayd etiladigan va qayta takrorlanadigan) artikulyasiyasi tarzida yoki ushbu belgilarning yozuvda shartli aks etishi tarzida yuzaga chiqadi.
- Til va nutq bir – biri bilan uzviy aloqada bo`lib: til orqali nutqning tushunarli va samarali bo`lsa, nutq tilning vujudga kelishi uchun zaruriyat hisoblanadi. Til nutq asosida tashkil topadi va nutq orqali reallashadi. Til bir vaqtning o`zida ham asos, ham nutq mahsuli. Til aloqa uchun material bersa, nutq shu materialdan fikr shakllantirishdir. F.de Sossyur aytganidek, til bizga nutq tushunarli bo`lishi uchun zarur bo`lsa, nutq esa tilning taraqqiyoti, yashashi, shakllanishi uchun zarur. Tarixiy jihatdan nutq faktlar tildan oldin keladi.
- Har bir nutq faoliyatida til elementlari ishtirok etadi. Agar til sestem harakterga ega bo`lsa, nutq ham, tilo elementlari asosida namoyon bo`lgandan keyin, sestem harakterga ega bo`ladi.
- Demak, til individual nutq shaklida faoliyat ko`rsatadi. Til va nutq ham ijtimoiy, ham individual. Tildagi ijtimoiylik nutq orqali namoyon bo`ladi. Tildagi ijtimoiylik yashirin, ichki hodisa bo`lsa, nutqdagi ijtimoiylik tashqi, real hodisadir.
- Til mavhumdir, nutq esa aniqdir, ya`ni nutqni eshitamiz, akustik qabul qilamiz va ko`ramiz (matnda). Nutq doimo aniq bo`lib, muayyan o`rinda (joyda) va muayyan vaqtda yuz beradi. Nutq so`zlovchining, tinglovchining va predmetning – fikr yuritilayotgan predmetning mavjud bo`lishini talab qiladi.
- Demak, til individual nutq shaklida faoliyat ko`rsatadi.
- Til va nutq ham ijtimoiy, ham individual. Tildagi ijtimoiylik nutq orqali namoyon bo`ladi. Tildagi ijtimoiylik yashirin, ichki hodisa bo`lsa, nutqdagi ijtimoiylik tashqi, real hodisadir.
- Til mavhumdir, nutq esa aniqdir, ya`ni nutqni eshitamiz, akustik qabul qilamiz va ko`ramiz (matnda). Nutq doimo aniq bo`lib, muayyan o`rinda (joyda) va muayyan vaqtda yuz beradi. Nutq so`zlovchining, tinglovchining va predmetning – fikr yuritilayotgan predmetning mavjud bo`lishini talab qiladi.
- Sossyur til va nutq birliklariorasidagi o‘zaro bog‘lanishni paradigmatik va sintagmatik munosabatga ajratadi. Paradigmatik munosabat til birliklarining bir paradigmaga, masalan, so‘zlarning vertikal yo‘nalishda turlanish yoki tuslanish qatoriga birlashishi va bosh, asosiga ko‘ra farqlanishidir. Masalan, kitob, kitobni, kitobning, kitobda, kitobdan so‘zlarining ma’nosi bosh kelishik shakliga ko‘ra olinadi. Sintagmatik munosabatda esa til birliklarining o‘zaro semantik-sintaktik munosabatga kirishishi va gorizontal planda birikmalar hosil qilishi tushuniladi: kitobning qadri, kitobni o‘qish kabi.
- Paradigmatik munosabat til birliklarining nutqqacha bo‘lgan til hodisasi bo‘lsa, sintagmatik munosabat til birliklarining nutq jarayonidagi mantiqiy munosabatidir va u nutq hodisasi sifatida qaraladi.
- Xulosa qilib aytganda, XX asr tilshunoslik fanida keskin burilishlar sodir bo‘lgan davr bo‘ldi. Yuqorida qayd etilgan oqimlar, mashhur tilshunos olimlarning qarashlari va faoliyatlari tilshunoslik fanining keng miqyosda rivojlanishiga sababbo‘ldi. Albatta, bu o‘rinda ayniqsa tilning sistemaliligi, til va nutq dialektikasi, tilning ijtimoiyligi g‘oyalarini ilgari surgan Sossyur ta’limotining ahamiyati beqiyos. Sossyur ta’limoti tilshunoslikda nafaqat sotsiologik lingvistikaning yuzaga kelishida, balki bir qator lingvistik maktablar va struktural lingvistikaning vujudga kelishida ham muhim omillardan biri bo‘ldi.
Til so’zlashish vositasi, ya’ni nutq siatida namoyon bo’lgandagina ma’lum vazifani bajaradi. Nutq til materiali unsurlaridan tuziladi va nutq faoliyat natijasida yuzaga chiqadi. Demak til materiallari faoliyati uchun xizmat qiladi. Til bilan nutqni qiyoslash orqali ularning quyidagi o’ziga xususiyatlarini ajratish mumkin: - Til so’zlashish vositasi, ya’ni nutq siatida namoyon bo’lgandagina ma’lum vazifani bajaradi. Nutq til materiali unsurlaridan tuziladi va nutq faoliyat natijasida yuzaga chiqadi. Demak til materiallari faoliyati uchun xizmat qiladi. Til bilan nutqni qiyoslash orqali ularning quyidagi o’ziga xususiyatlarini ajratish mumkin:
- Til aloqa materiali bo’lsa, nutq aloqa shaklidir
- Tilni xalq, millat yaratadi, nutqni esa har bir shaxs yaratadi
- Tilning hayoti xalq, millatning hayotiga bog’liq holda uzoq bo’ladi, nutqning hayot esa qisqa, xususan, og’zaki nutq so’zlangan paytdagina mavjuddir. Ammo yozma nutq nisbatan uzoq davr saqlanishi mumkin.
- Til nisabatan turg’un, barqaroq bo’lsa, nutq har doim harakatda bo’lib,m o’zgaruvchan hodisa sanaladi.
- Tilning hajmi noaniq, nutqning hajmi esa aniq. U dialog, monolog, matn shaklida bo’lishi mumkin
- Dialog, monolog
- bo`lmaydi
- Dialog, monolog
- bo`la oladi
- E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |