47
umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
Bolalarning sevimli bayramlari
Bayramlar mavzusi bilan bog‘liq rasmlarda ifodalangan voqealarni ogʻzaki tasvirlash, bayram nomlarining imlosini o‘rganish, mavzu bilan bog‘liq 2 yoki undan ortiq gapdan iborat kichik ijodiy matn yaratish.
Audiomatnni tinglash, matn yuzasidan berilgan savollarga javob bera olish, matn mazmuni asosida o‘z xulosasini aytishga oid mashqlar.
“Men bayramni qanday nishonlayman?” mavzusida fikr ifodalash va o‘z gʻoyasini ayta olish ustida ishlash. Fikrni dallilashda qo‘llaniladigan til birliklari, ularning nutq tuzishdagi ahamiyati bilan tanishish, kayfiyatni ifodalovchi so‘zlar va vositalarni aniqlash, ularni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llash mashqlari.
Mavzu bilan bog‘liq she’riy matnlar tahlili, she’rdagi ohangdoshlik va qofiyadosh so‘zlarni ajrata olish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar ustida ishlash.
Yaqin qarindoshlarni bayram bilan tabriklash uchun tabriknoma yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |