XI BOʻLIM. O‘QUV YILI OXIRIDA TAKRORLASH
(6 soat)
Ushbu soatlarda o‘quvchining yil davomida olgan o‘qib, eshitib tushunish, og‘zaki va yozma nutqqa oid bilim, ko‘nikma va malakalari sinovdan o‘tkaziladi. Sinov natijalari asosida qo‘shimcha ta’limiy ishlar amalga oshiriladi.
Nazorati ishi va tahlil
141
umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
MAVZUIY REJALASHTIRISH
|
|
|
|
Soatlar taqsimoti
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
№
|
Bo‘limlar nomi
|
Jami
|
Yangimavzuuchun
|
Nazoratishlari
|
Nazoratishlaritahlili
|
|
Mustahkamlash
|
Takrorlash
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1
|
Men, sen, u va ular
|
11
|
7
|
|
|
|
|
4
|
2
|
Tabiat ne’matlari
|
8
|
7
|
|
|
|
1
|
|
3
|
Sog‘ tanda – sog‘lom aql
|
10
|
8
|
1
|
1
|
|
|
|
4
|
Kasbim – faxrim
|
9
|
8
|
|
|
|
1
|
|
5
|
Yosh iqtisodchi
|
13
|
11
|
1
|
1
|
|
|
|
6
|
Fan va texnologiyalar
|
6
|
5
|
|
|
|
1
|
|
7
|
Til va dil
|
11
|
11
|
|
|
|
|
|
8
|
Tarix xazinalari
|
9
|
8
|
|
|
|
1
|
|
9
|
San’at va madaniyat
|
13
|
11
|
1
|
1
|
|
|
|
10
|
Huquqimiz – haqimiz
|
6
|
6
|
|
|
|
|
|
11
|
Oʻquv yili oxirida takrorlash
|
6
|
|
1
|
1
|
|
|
4
|
|
Jami:
|
102
|
82
|
4
|
4
|
|
4
|
8
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
IX SINF
I BO‘LIM. MEN, SEN, U VA ULAR
(5 soat)
Kelajakdagi Oʻzbekiston (vatan kelajagi, oldimizga qoʻyilgan rejalar) Vatan mavzusida berilgan ikki xil davrda yozilgan matnlarni qiyoslash,
ularda qo‘llanilgan til birliklarining ma’nosini sharhlar, til xususiyatlarini aniqlashga oid mashq va topshiriqlar.
So‘z birikmasi va boshqa sintaktik birliklarni farqlash, gapning turlari, gap bo‘laklari haqida o‘tilgan mavzularni takrorlash, ushbu til birliklarining tahlili bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.
Uyushiq bo‘lak, ajratilgan bo‘lak, undalma va kiritmalardan to‘g‘ri foydalanish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlarni bajarish orqali o‘tilgan mavzularni takrorlash.
Kelajakdagi orzu va maqsadlari bilan bog‘liq rejalarini taqdimot ko‘rinishida tayyorlash, uni himoya qilishda fikr va g‘oyalarini mavzudan chetga chiqmagan holda, ta’sirchan va ifodali tarzda yetkazish bilan bog‘liq mashqlar.
“Osmono‘par inshootlar” matnini o‘qish, axborotni anglash, inshootlar joylashgan hudud haqida tushuncha hosil qilish. O‘zbekistondagi mashhur
142
umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
inshootlar haqida bilgan ma’lumotlarini so‘zlash. Nutq ifodasida uyushiq bo‘lak, ajratilgan bo‘lak va kiritmalardan foydalanish.
Vatanimga xizmat qilaman (armiya, vatanparvarlik, yurt himoyasi) Harbiy soha bilan bog‘liq til birliklari, ularning talaffuzi va imlosi.
Berilgan matnlar tarkibidan shunday birliklarni ajratish, ular ma’nosini izohlash bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.
Bir mavzuda berilgan ikki ko‘rinishdagi matnlarni matn turlariga ko‘ra ajratish, matnni tashkil qilgan grammatik hamda matn tuzilishi va uning tarkibiy qismlarini bog‘lovchi vositalarning vazifasini tushunishga oid topshiriqlar.
Nutq uslubi – muayyan nutqiy vaziyatlarda qo‘llanadigan til shakli. Nutq uslublarining maqsadga ko‘ra nomlanishi. Adabiy tilning vazifaviy uslublari.
Vatan qanday himoya qilinadi mavzusida bahs-munozara tashkil qilish, bunda oʻzbek tilining qonun-qoidalariga amal qilgan holda ta’sirchan va ravon so‘zlay olish, ohang, ovoz past-balandligi, to‘xtam(pauza)dan o‘rinli foydalana olish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.
Askarga maktub yozish, bunda xat yozishning uslubiga, qoidalariga rioya qilish hamda unda xat mavzusiga mos keluvchi til birliklaridan foydalana olish.
Tavsiyanoma yozish.
Umrning mazmuni (yashashdan maqsad, jamiyatda oʻz oʻrnini topish) Jamiyatshunoslikka oid til birliklari, ularni berilgan matn tarkibidan aniqlay olish, ushbu atamalarning ma’nosini izohlash bilan bog‘liq mashq
va topshiriqlar.
Asos va qo‘shimchalar imlosi. Asosga qo‘shimchalar qo‘shilganda asosda hamda qo‘shimcha tarkibida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi bilan tanishish, ushbu qoidalardan yozma nutqda to‘g‘ri foydalanish. Ikki qismdan iborat atoqli otlar va qisqartma otlar imlosi.
Nutq jarayonida hech qanday o‘zgarishsiz o‘zganing gapidan aynan foydalanilgan gap (ko‘chirma gap).
Zamonamiz qahramonlari yoki jinoyatga qo‘l urgan tengdoshidan xayolan intervyu olish, bunda maqsadiga erishish uchun suhbat mavzusiga mos keluvchi savollarni tanlay olish, suhbat odobiga rioya qilish.
Tushuntirish xati yozish.
“Kuch adolatdadir” (adolat, qonun, ishonch – jamiyatning tayanch tushunchalari)
Qonunchilikda faol qo‘llanuvchi atamalar, ularning talaffuzi va imlosi. Berilgan matnlar ichidan qonunchilikka oid atamalarni ajrata olish, ular imlosi va talaffuzi ustida ishlash, ma’nolarini izohlash bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.
Gaplarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Kesimlik belgisiga ko‘ra gaplarning tuzilishi. Qo‘shma gap va sodda gap, ularning farqi, imlosi.
143
umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
Ergashgan qo‘shma gaplarning umumiy xususiyatlari. Qismlar o‘rtasidagi tobelik. So‘z birikmasi bilan o‘xshashlik. Izohlanayotgan gap, izohlayotgan gap. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar, ularning imlosi.
Ishonchli rasmiy saytlardan qonunchilik va unga rioya etilishiga oid axborot bilan tanishish hamda ushbu axborot matniga nisbatan o‘z munosabatlari aks etgan taqdimot tayyorlash hamda uni taqdim etish.
Kafolat xati yozish.
BO‘LIM. TABIAT NE’MATLARI
(4 soat)
Oʻzbekiston qoʻriqxonalari (tabiat qoʻriqxonalari haqida)
Tabiatni asrashga oid matnni tahlil qilish, unda qo‘llanilgan qo‘riqxonalar bilan bog‘liq til birliklarini aniqlash, ular talaffuzi, imlosi hamda ma’nolari bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar. Matndan birlamchi va ikkilamchi tafsilotlar va xatboshilarni aniqlash mashqlari.
Ajratib yoziladigan so‘zlar imlosi. Matnlar tarkibidan ajratib yoziladigan so‘zlarning imlosiga oid mashq va topshiriqlar.
Insho haqida ma’lumotga ega bo‘lish, uni yarata olish. Insho yozishning qoidalari, inshoning tarkibiy qismi.
Tabiatga oid bir xil mavzudagi ikki xil rasmni sharhlash, ushbu mavzu bilan bog‘liq ikki xil uslubda nutq tayyorlay olish va so‘zlash, mavzudan chetlashmagan holda fikr va g‘oyalarini taqdimot ko‘rinishida tayyorlay olishga oid mashq va topshiriqlar.
O‘zbekiston qizil kitobiga kiritilgan hayvon va o‘simliklar haqida ro‘yxat tayyorlash, bunda o‘zi tayyorlagan materiallarni tartiblash va umumlashtirish, fikrlar va argumentlarni daliliy tafsilotlar bilan asoslay olish.
Dalolatnoma yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |